Shimoliy kon boshqarmasi Portlatish ishlarini tashkil etish va nkmk korxonalarida ularni qo’llash to’g’risida nizom


Download 66.72 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi66.72 Kb.
#1597539
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KL Положение об организации взрывных работ и применении их в подразделении


Shimoliy kon boshqarmasi

Portlatish ishlarini tashkil etish va
NKMK korxonalarida ularni qo’llash to’g’risida
NIZOM

“Tasdiqlangan” “Tasdiqlayman”


1-sonli BKUQ raisi ShKB bosh muhandisi
____________ S.I. Golman ___________ V.I. Fil
«____»_______________yil «____»______________yil


Portlatish ishlarini tashkil etish va
NKMK korxonalarida ularni qo’llash to’g’risida
NIZOM
Konchilik ishlari bo’yicha
Bosh muhandis o’rinbosari: O.N. Malgin.
Texnika xavfsizligi bo’yicha
bosh muxandis o’rinbosari: V.I.Saistkiy.
Qizilqum RGTI
davlat inspektori: V.I. Anduщenko.
Konchilik bo’limi boshlig’i: N.P.Sladkov.

Qabul qilingan qisqartmalar.


PIYaXQ-portlatish ishlarida yagona xavfsizlik qoidalari.
QRKTI-Qizilqum rayon kon texnika inspekstiyasi.
BPI-burg’alash portlatish ishlari
PI-portlatish ishlari.
PM-portlovchi materiallar.
PM-portlovchi moddalar.
KB-kon boshqarmasi.
Kirish
Mazkur Nizom –portlatish ishlarini tashkil qilish va ularni boshqarish to’g’risidagi, oldin korxonalarda amalda bo’lgan xuddi shunday hujjatning qayta ishlangan varianti bo’lib hisoblanadi. Nizomni qayta ishlash zarurati 1992-yilda yangi (kiritilgan) PIYaXQ da kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalarni hisobga olish bilan bog’liq. Nizom shuningdek, kombinatning amaldagi qoidalari, yuriqnomalari va PI xavfsiz bajarish masalalari bo’yicha, PM saqlayotganda ularni saqlanishnini ta’minlash, ularni jo’natayotganda, ulardan foydalanayotganda va hisobga olayotganda ularni saqlanishini ta’minlash bo’yicha boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tuzilgan.
Mazkur Nizom talablari ochiq va erosti konchilik ishlarida portlatish ishlarini amalga oshirish, geologoqidiruv ishlari, qurilish maydonlari va boshqa ob’eklarda ishlarni bajarish bilan bog’liq barcha shaxslar uchun majburiydir.
Nizom Portlatish ishlarida boshqaruv tartibini va NKMKdagi korxonalarda shu ishlarni bajarishni nazorat qilish tartibini belgilaydi (o’rnatadi), shuningdek mansabdor shaxslarning asosiy vazifalari ( majburiyatlari)ni va PMni saqlash, hisobga olish va foydalanish tartibini buzganliklari uchun ularning javobgarligi ( ma’suliyati)ni aniqlab beradi.
1. PM foydalanishning umumiy tartibi.
1.1. NKMK korxonalarida PI foydali qazilmalarni ochiq va erostidan qazib olish usuli olayotganda, hamda PI bir necha maxsus turlarini bajarayotganda qo’llaniladi.
1.2. Portlatish ishlari ochiq konchilik ishlaridagi PI maxsuslashtirilgan uchastkalari tomonidan bajariladi, hamda erosti va geologoqidiruv ishlari uchastkalarida ishlovchi portlatuvchilar tomonidan ishlar amalga oshiriladi.
Portlatuvchilarga yordam sifatida yordamchilarni tayinlashga ruxsat beriladi. Ular yuriqlangan bo’lishlari, portlatuvchining bevosita boshqaruvi va nazorati ostida bo’lishlari, inistitrlash (zararsizlantirish) vositalari va patron-boeviklar bilan munosabatda bo’lishlari bilan bog’liq bo’lmagan ishlarni bajarishlari mumkin.
1.3. Portlatish ishlarini olib boruvchi barcha korxrnalar ana shunday faoliyat turini yuritishga maxsus ruxsatnomalarni olishlari kerak. Ruxsat olish tartibi PIYaXQning 1-ilovasi bilan aniqlangan.
Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalar quyidagi ruxsatnoma (listenziya)lar bo’lishi kerak.
1.3.1. Portlovchi materiallarni olishga.
1.3.2. Portlatish ishlarini bajarish huquqiga.
1.3.4. PI olib boruvchi korxonalarda joylashgan punktlarda eng oddiy mayda-mayda zarrachalarni va tarkibida suvi bo’lgan portlovchi moddalarni tayyorlash huquqiga.
1.3.5. Portlovchi materiallarni tashishga.
1.3.6. Portlatuvchi mutaxasisligi bo’yicha o’quv kombinatlarining kurslarida ta’lim olish huquqiga ruxsat olishlari kerak.
1.4. Portlatuvchi materiallar shu maqsadlar uchun mo’ljallangan binolar va joylarda saqlanishi va bu joylar PIYaXQ belgilangan talablarga javob berishi kerak.
1.5. Portlovchi materiallarni yuklash va tushirish ishlari loyihaga muvofiq maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarda bajarilishi kerak. Yuklash-tushirish maydoni PIYaXQdagi 5-ilovaning barcha talablariga javob berishi kerak.
1.6. Barcha Portlovchi materiallar saqlash va foydalanish uchun yaroqliligini aniqlash maqsadida sinovdan o’tkaziladi:tayyorlagan zavodlardan omborxonalarga keltirilganda, sifatli ekaniga ikkilanishlar paydo bo’lganida yoki kafolat muddati tugayotganida. Kiritish (kirish) nazoratini o’tkazish hajmi va tartibi korxona tomonidan ishlab chiqilgan maxsus yuriqnoma bilan aniqlanadi. Agarda portlovchi materiallar bevosita tayyorlangan zavoddan sertifikatlari bor bo’lganda va soz idishlarda ishlatish uchun omborxonalarda bor bo’lsa, bunday holatlarda ularni qabul qilayotganda sinab ko’rish shart emas.
1.7. Portlatish ishlarini har bir korxonada bo’lishi kerak:
1.7.1. Burg’alash-roptlatish ishlarini bajarishning yagona loyihasi bo’lib, aniq sharoitlarda bajarilayotgan ommaviy portlatishlarning loyihasini ishlab chiqish uchun asosiy xujjat hisoblanadi.
1.7.2. NKMKning, ochiq konchilik ishlarida portlatishlarni xavfsiz o’tkazish bo’yicha yuriqnoma bo’lishi kerak.
1.7.3. Zaruriy sig’imga ega bo’lgan Portlovchi materiallarni saqlash uchun omborxonalari bo’lishi kerak. Barcha omborxonalarning umumiy sig’imi korxonaning Portlovchi materiallarga bo’lgan kvartaldagi ehtiyojidan kam bo’lmasligi kerak. Korxona tomonidan oyida 100t.dan ortiq foydalanilganda Portlovchi materiallari bilan yuklashg’tushirish ishlarining mexanizastiyasini ko’za tutish kerak.
Omborxonalar to’silishi kerak va kengligi 50 metrdan kam bo’lmagan holda ta’qiqlangan zonasi bo’lishi kerak. Ta’qiqlanagan zona chegaralari va undan foydalanish tatibi ichki ishlar organlari va davlvt yong’in nazorat organlari ishtirokida aniqlanadi. Ta’qiqlangan zona chegaralarida to’siqlar va ogohlantiruvchi belgilar o’rnatiladi.
1.7.4. Yaroqsiz holga kelgan Portlovchi materiallarni sinab ko’rish va yo’qotib yuborish uchun laboratoriyalari va poligonlari bo’lishi kerak.
1.7.5. portlovchi materiallarni yuklash-tushirish jarayonlari uchun temir yo’llarda yoki PM omborxonalarida jihozlangan maydon yoki tupik (boshi berk ko’cha)ka ega bo’lishi kerak.
Portlovchi materiallarni qabul qilish, kreditlash, chiqarib yuborish tatibi korxona bo’yicha buyruq bilan aniqlanadi.
Portlovchi materiallar bilan muntazam ishlash uchun muljallangan joylarda to’siqlar bo’lishi , telefon aloqasi, zaruriy yong’inni o’chirish vositalari va armaturali va portlashga xavfsiz chiroqlari bor bo’lgan elektr yoritish vositalari bo’lishi kerak. Shunday yoritish vositalari bo’lmaganda Portlovchi materiallarni yuklash, tushirish va qayta ishlari faqat sutkaning yorug’ vaqtida (kunduzi) amalga oshirilishi kerak.
Ularni yuklash tushirish jarayonlarini amalga oshirish joylarini tanlash tarkibida korxona vakillari, stanstiya boshlig’i (harbiy komendant), sanetar xizmat va o’t o’chirish qismlari vakillari, transport milistiya xodimlari tarkibiga kiruvchi komissiya tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
1.7.6. PMlarni omborxonalarga etkazilishi uchun va ish joylariga etkazish uchun maxsus transport vositalari bo’lishi kerak.
1.7.7. Portlatish ishlarini olib borish uchun xodim- bajaruvchilar va ko’rsatilgan funksiyalarni bajarish uchun tegishli huquqi bor bo’lishi kerak.
1.7.8. Quduqlarni mexanizastiya yo’li bilan zaryadlash uchun vositalari bo’lishi kerak.
1.8. Har bir korxonada har yili portlatish ishlarini bajarayotganda texnika xavfsizligi holatini tahlili qilish ishlari bajarilishi kerak va uning asosida, “Muayyan sharoitlarda Portlovchi materiallarni saqlanishini ta’minlash va ishlarning xavfsizligini oshirishga qaratilgan portlatish ishlarini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar” ishlab chiqiladi.
1.9. Ikki yilda bir marotabadan kam bo’lmagan holda Qizilqum rayon konchilik texnikasi inspekstiyasi ishtirokida kombinatning maxsus tashkil etilgan komissiyasi bilan Portlatish ishlarining holati obdon tekshirilishi kerak. Tekshiruv paytida tekshirishga barcha PM omborxonalari, avtotransport, mexanizastiya vositalari, loyiha-texnik va hisobga olish hujjatlari, korxonadagi PI texnikasi va texnologiyasi, shuningdek PIning xavfsizligi va samaradorligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’rganiladi.
1.10. Korxonalarda PI xavfsizligini ta’minlash ishlariga bosh muhandisga, kombinat raxbari yoki Kon Boshqarmasi buysunadigan turli xizmat turlari jalb qilinadi.(ta’minot bo’limi, bosh mehanik va energetika xizmati, texnika xavfsizligi xizmati, Mehnat va haq to’lash bo’limi (OTiZ)va rejalashtirish bo’limi yoki PTO yoki konchilik bo’limi). Ko’rsatilgan xizmatlarning xodimlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi ularning kombinat bo’yicha, kon bo’yicha yuriqnomasida o’z aksini topishi kerak.



Download 66.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling