Navoiy kon metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasi Pod’ez yo’li ishchisi uchun mehnat muhofazasi bo’yicha


Download 25.61 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi25.61 Kb.
#1622392
  1   2   3
Bog'liq
KL-Инструкция 13-20 по ОТ для станционного рабочего подъездного пути


Navoiy kon metallurgiya kombinati
Shimoliy kon boshqarmasi

Pod’ez yo’li ishchisi uchun mehnat muhofazasi bo’yicha
13-20-sonli


YO’RIQNOMA

“Tasdiqlangan” “Tasdiqlayman”


1-sonli BKUQ raisi ShKB bosh muhandisi
____________ S.I. Golman ___________ V.I. Fil
«____»_______________yil «____»______________yil


Pod’ez yo’li ishchisi uchun mehnat muhofazasi bo’yicha
13-20-sonli
YO’RIQNOMA
1.Xavfsizlikning umumiy talablari
1.1.Poed’ezd yo’li stanstiya ishchisi kasbiga 18 yoshga to’lganlar, tibbiy ko’rikdan o’tgan va kasbi bo’yicha ishlarni bajarishga yaroqli deb topilganlar, tasdiqlangan dastur bo’yicha o’qishdan o’tganlar, ishlarni amalga oshirish uchun o’rnatilgan tartibda guvohnoma olganlar, ish joyida kirish va birlamchi instruktajdan o’tganlar, stajirovkadan o’tganlar, imtihon topshirgan va mustaqil ishlashga ruxsat etilgan shaxslar tayinlanadi.
1.2.Stanstiya ishchisi davriy bilim sinovidan har 12 oyda kamida bir marta o’tish lozim.
1.3.Stanstiya ishchisi quyidagilarga majbur:
1.3.1.Ichki mehnat-tartibi qoidalarini bajarishga;
1.3.2.Ushbu yo’riqnoma talablarini bajarishga;
1.3.3.Ishlaganda sohaviy me’yorlar ruxsat etilagn va beriladigan maxsus kiyimdan, yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanishga:
-12 oyga ip-gazlama matodan kostyum;
-12 oyga charm botinkalar yoki etiklar;
-6 oyga signal nimchasi;
-qo’lqoplar (kombinirovannыe) 3 oyga.
1.3.4.Ishlarni xavfsiz bajarish usullari va yo’llari bilim sinovidan o’tganligi haqidagi guvohnomani o’zi olib yurishga;
1.3.5.Shaxsiy gigiena qoidalarini bilishga va rioya qilishga, ish joyida va ishgacha, ish vaqtida spirtli ichimliklar ichmaslikga;
1.3.6.Baxtsiz hodisalarda jabrlanuvchiga shifokorgacha yordam ko’rsatishni bilish, agar ishchini hayotiga va sog’ligiga xavf solmaydigan bo’lsa, voqea joyida vaziyatni saqlashga;
1.3.7.Yakka tartibdagi himoya vositalaridan to’g’ri foydalanishga va ularni tashqariga olib chiqmaslikka;
1.3.8.Bajarilayotgan ishga aloqasi bo’lmagan shaxslarni ish joyga kirishga ruxsat etmaslik.

1.4.Stanstiya ishchisi quyidagilarni bilishi kerak:


1.4.1.Bajarilayotgan ishlar uchun xarakterli (taalluqli) bo’lgan, ishlab chiqarishda ehtimoli bo’lgan xavfli va zararli omillarni: vagonlar tushayotgan yukdan jarohat olish ehtimoli, yonidagi yo’ldan xarakatlanayotgan tartib (sostav)dan jarohat olish;
1.42.Kuchlanish ostida tushib qolgan shaxsni elektr toki ta’siridan xalos etishni va unga birinchi yordam ko’rsatish usullarini;
1.4.3.O’t o’chirish vositalaridan (o’t o’chirgichlardan, ichki o’t o’chirish jo’mragidan va shunga o’xshashlardan) foydalanishni bilish, yong’in sodir bo’lganda o’t cho’irish qismini 41-00, 01 telefoni orqali chaqirish va yong’inni bartaraf etishda ishtirok etish;
1.4.4.Ushbu kasb uchun kerak bo’lgan hajmda texnikadan foydalanish qoidalarini, harakatlanish va signalizastiya bo’yicha yo’riqnomalarni bilishi;
1.4.5.TRA stanstiyasida stanstiya ishchisiga taalluqli bo’lgan ishlarni bilishi;
1.4.6.Temir yo’l ishchilari intizomi haqida ustav (qonunni) bilishi;
1.4.7.Poezdlar xarakatini tashkil etish bo’yicha yo’riqnomalarni va korxona pode’zd yo’llarida monyovr ishlarini bilishi;
1.4.8.Korxonani ichki tartib qoidalarini, yong’inga qarshi xavfsizlik va sanoat sanitariyasi talablarini bilishi.
1.5.Ishlarni amalga oshirganda stanstiya ishchisi harakatlanganda kiyim halaqit bermasligi uchun maxsus kiyimni kiygan bo’lishi lozim.
1.6.Temir yo’llarida bo’lgan vaqtda xavfsizlik choralaariga rioya qilishi shart:
1.6.1.Temir yo’llar bo’ylab faqat yo’lning chekkasidan yok yo’llar orasini o’rtasidan o’tish (yurish), bunda lokomotiv yoki tartibni manyovrli harakatlanishiga e’tibor berish zarur;
1.6.2.Harakatlanadigan tarkibdagi, binodan yo’lga chiqayotganda harakatlanayotgan tartib yo’qligiga qo’shimcha ravishda ishonch xosil qilish lozim;
1.6.3.TRA stanstiyalariga binoan yo’lni to’g’ri burchak ostida belgilangan joydan kesib o’tish kerak.
1.6.4.Relsda turish, vagon tagidan o’tish, dam olish maqsadida vagonga o’tirish vagonni avto tutqichi (sstenka) orqali vagonlar orasidan sakrab o’tish mumkin emas.
1.7.Adliya Vazirligida 07.01.2000 yildagi 870-raqam bilan qayd etilgan
-O’zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to’g’risidagi Qonunni;
-xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunini;
-“Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalarini ishlab chiqish to’g’risida Nizom”ning talablarini bilishi shart.
1.8.Ushbu yo’riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi. Bunda aybdorlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling