Shimoliy kon boshqarmasi Portlatish ishlarini tashkil etish va nkmk korxonalarida ularni qo’llash to’g’risida nizom
Portlatish ishlarini boshqarish tuzilmasi
Download 66.72 Kb.
|
KL Положение об организации взрывных работ и применении их в подразделении
2. Portlatish ishlarini boshqarish tuzilmasi
2.1. NKMK portlatish ishlarining umumiy boshqaruvi bosh muhandis yoki konchilik ishlari bo’yicha uning o’rinbosari zimmasiga yuklatiladi. Umumiy boshqaruv o’z ichiga oladi: 2.1.1. PI holatini, saqlash tatibi, uni junatish, PNdan foydalanish va hisob olishni nazorat qilish. 2.1.2. PI texnologiyasidagi masshtab (katta) o’zgarishlarni bajarishda xavfsizlikni va samaradorlikni oshirish maqsadida zaruriy katta o’zgarishlarni kiritish. 2.1.3. PIda boshqarish tuzilmasi va qo’llaniladigan PM ning assortimentlariga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritish(zaruriy hollarda). 2.1.4. PI bilan bog’liq bo’lgan xodimlarning lavozim vazifalarini bajarish bilan mosligini nazorat qilish. 2.1.5. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish. 2.2. PI holatini nazorat qilish uchun, buyruqlarni bajarish va boshqa ko’rsatmalarni bajarilishini nazorat qilish uchun NKLB korxonalarida (konchilik bo’limi muhandislari orasidan) javoblar shaxs tayinlanishi kerak. 2.3. Kombinatda GI boshqarish va ularning bajarilishini nazorat qilish “Boshqaruv tuzilmalari” (1,2-ilova)ga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 2.4. Kon boshqarmalarida GI umumiy boshqaruvi kon boshqarmasining bosh muhandisi , u bo’lmagan holatlarda konchilik ishlari bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari zimmasiga yuklatiladi. Umumiy boshqaruv bunday hollarda o’z ichiga oladi: 2.4.1. PI xavsiz olib borishini tashkil etish. 2.4.2. Ularni saqlash, jo’natish, foydalanish,PM hisobga olish ularni sinab ko’rish va yo’qotish tartibini nazorat qilish. 2.4.3. PI va portlatish usullarini tanlash va (zarur bshlganda) uni ommaviylashtirish. 2.4.4. PM ni ularni ehtiyojlariga va buyurtmaga muvofiq o’z vaqtida etkazib berilishini nazorat qilish. 2.4.5. PI bajarish uchun texnik hujjatlarni nazorat qilish. 2.5. Portlatish ishlarini takomillashtirish moslamalarini echishda tezkorlikni oshirish uchun, shuningdek PI, ularning saqlanishi qo’llanishi, hisobga olinishi va jo’natilishi uchun idoraviy nazoratini yaxshilash uchun-kon boshqarmalarida bosh mutaxasislar tayinlanishlari kerak. 2.6. Korxonaning (karer, shaxta)ning bosh muhandisi PI boshqaruvni amalga oshiradi. Uning zimmasiga PI xavfsiz olib borilishi, saqlanishi, hisobga olinishi, ularni qo’llanilishi va jo’natilishining shaxsan javobgarligi yuklanadi. 2.7. Portlatish ishlarini texnik boshqaruvi va xavfsiz sharoitlarda ish joylarida bu ishlarni bajarishni tashkil etish uchun shaxsan jvaobgarlik konchilik yoki burg’alash portlatish ishlari bo’yicha bosh muhandis o’rinbosarlari, portlatish ishlari uchastka boshliqlari, konchilik uchastkalari boshliqlari, ularning o’rinbosarlari va konchilik ustalari zimmasiga yuklatiladi. Texnik boshqaruv ommaviy portlatishlarga tayyorgarlik ko’rish va uni bajarish bilan bog’liq barcha ishlar majmuasini bajarish bilan boshqaruvni ko’zda tutadi, bunda bu ish portlovchi materiallarni saqlash, hisobga olish, jo’natish va sarf qilishni nazorat qilish ishlarini o’z ichiga oladi. Download 66.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling