Shimoliy kon boshqarmasi Portlatish ishlarini tashkil etish va nkmk korxonalarida ularni qo’llash to’g’risida nizom


Portlatish ishlari (PI) uchun xodimlar


Download 66.72 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi66.72 Kb.
#1597539
1   2   3   4   5
Bog'liq
KL Положение об организации взрывных работ и применении их в подразделении

3. Portlatish ishlari (PI) uchun xodimlar

3.1. PI boshqarish ishlariga quyidagi mutaxasisliklar bo’yicha kon-texnik bo’yicha tugatgan oliy ma’lumoti bor bo’lgan shaxslarga ruxsat beriladi:


-“foydali qazilmalarni konini ochiq yoki erosti usulda qazish texnologiyasi va kompleks mexanizastiya” yo’nalaishi Kon muhandisi malakasi bilan:
-“sachraydigan (sochiluvchan) konlarni qazish texnologiyasi va kompleks mexanizastiyasi” yo’nalishi kon muhandisi malakasini berish bilan:
-“erosti inshoatlari va shaxtalarning qurilishi” (tuzilishi) yo’nalishi kon muhandisi malakasini berish bilan :
-“kon ishlab chiqarishda (qazishda) jismoniy jarayonlar” yo’nalishi kon muhandisi-portlatuvchi malakasi berilgan shaxslarga ruxsat beriladi. Erosti konlarida portlatish ishlari uchaska boshlig’i lavozimiga erosti sharoitlarida ish staji bir yildan kam bo’lmagan kon muhandislari yoki erosti sharoitlarda ikki yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega kon texnikalari tayinlanishlari mumkin.
3.2. NKMKda portlatish ishlarini boshqarish:
3.2.1. Kombinatda-bosh muhandis zimmasiga, konchilik ishlari bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari zimmasiga, konchilik bo’limi boshlig’iga, konchilik bo’limi boshlig’ining o’rinbosari zimmasiga( bosh mutaxasisga, PI bo’yicha muhandisga) yuklatiladi.
3.2.2. Kon boshqarmalarida-bosh muhandis, konchilik ishlari bo’yicha bosh muhandis o’rinbosariga, PTO boshlig’iga, BPR bo’yicha bosh mutaxasis zimmasiga va “ Konchilik, portlatish va burg’alash ishlarini boshqarishga ruxsat berish tartibi to’g’risida ko’rsatmalar” talablariga muvofiq boshqa MTX zimmasiga yuklatiladi.
3.2.3. Kon boshqarmasining bo’linmalarida (karerlarda, shaxtalarda)- konchilik yoki burg’alash-portlatish ishlari bosh muhandisining yoki uning o’rinbosari zimmasiga, konchilik uchastkalari boshlig’i zimmasiga, PI uchastka boshlig’i zimmasiga yuklatiladi.
3.3. Muhandis-texnik xodimlar (MTX) NKMKda PI ishlarini boshqaruvchi lavozimiga tayinlanayotgan paytda va keyinchalik uch yilda bir martadan kam bo’lmagan holda portlatish ishlarida yagona xavfsizlik qoidalari (PIYaXQ), ularning xizmat vazifalariga kiruvchi portlatish ishining xavfsizligi bo’yicha yuriqnomalar va me’yorlarni bilishlari bo’yicha attestastiyadan belgilangan tartibda o’tadilar.
3.4. Portlatuvchi moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash, korxonalarda Portlovchi materiallarni saqlash va ko’chirish (tashish) ishlari bilan bog’liq PIni olib borishga, jumladan shu kabi ishlarga raxbarlik qilishga tegishli buyruqlar bilan tayinlangan shaxslarga ruxsat beriladi.
3.5. Portlatuvchilarni tayyorlash dasturi bo’yicha o’qish uchun nomzodlar sifatida tanlangan shaxslar o’ta yuqori intizomga, o’zini kamtar tuta oladigan, oldingi ish joyidan ijobiy tavsifnomaga ega, tibbiy tomonda qarshi ko’rsatmalar bo’lmagan shaxslar bo’lishi kerak.
3.6. Portlovchi materiallar omborxona mudirligi, ularni tarqatuvchi va laborantlar lavozimiga nomzodlarni tanlash 3,5 p talabalarini hisobga olib amalga oshirilishi kerak.
3.7. Bevosita PI bajaruvchi, barcha shaxslarda “portlatuvchi yagona kitobchasi” bo’lishi kerak, mexanizastiyalashgan zaryadlash bilan shug’ullanadiganlar esa zaryadlash .....da ishlash huquqi berilganligi to’g’risida guvohnomalari bo’lishi kerak.
3.8. Portlovchi materiallar bilan bevosita munosabatda bo’ladigan ishchilar uchun (portlatuvchilar, PM tashuvchilar, tarqatuvchilar va PM omborxonalari laborantlari) ishning xavfsiz usullari bo’yicha yuriqnomalar ishlab chiqilishi kerak, ularda:

3.8.1. Lavozim vazifalari.


3.8.2. Xodimning aniq mutaxasisligiga tegishli PIYaXFning asosiy nizomlari (bandlari).
3.8.3. Mazkur yuriqnoma xodim mehnatining spestifik sharoitlari.
3.8.4. Ishlatiladigan PMlar turlarining qisqacha tavsifnomasi, tegishli asboblar, mexanizmlarning qisqacha tavsifnomasi va ularga murojaat etganga xavfsizlik choralari.
3.8.5. Konchilik ishlari texnologiyasining qisqacha tasviri.
3.8.6. Aniq mutaxasislik bo’yicha xodimning ish vazifasi doirasiga kiruvchi talablar tuzilganligi uchun javobgarlik kabi talablarni o’z ichiga olishi kerak.
3.9. barcha portlatuvchilar bilan har chorakda bir martadan kam bo’lmagan tarzda ishning xavfsiz usullari va metodlari bo’yicha takroriy( qayta) yuriqlov o’tkazilishi kerak.

Download 66.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling