Shimoliy kon boshqarmasi Portlatish ishlarini tashkil etish va nkmk korxonalarida ularni qo’llash to’g’risida nizom


PI bilan bog’liq shaxslarning vazifalari, PI xavfsiz


Download 66.72 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi66.72 Kb.
#1597539
1   2   3   4   5
Bog'liq
KL Положение об организации взрывных работ и применении их в подразделении

4. PI bilan bog’liq shaxslarning vazifalari, PI xavfsiz
bajarish uchun ularning javobgarligi(ma’sulligi)va
PM saqlanishi uchun javobgarligi

PI boshqarishni amalga oshiruvchi xodimning lavozim yuriqnomasiga va bevosita PM bilan bog’liq shaxslar uchun ishning xavfsiz usullari bo’yicha yuriqnomalarga –mazkur bo’limda sanab o’tilgan vazifalar kiritilishi kerak.


4.1. NKMK direktori.
4.1.1. PI bilan bog’liq kombinatning xodimlari mazkur Nizomning bajarilishini nazorat qilish.
4.1.2. qo’l ostida bo’lgan bo’linmalarni talab qilinadigan sig’imga ega PM omborxonalarini kerakli soni, mashinalar va mexanizmlar bilan, PI ishchilari uchun asboblar va uskuna (Qurilmalar) bilan, Portlovchi materiallarni sinab ko’rish laboratoriyalar va poligonlar bilan ta’minlanishi.
4.1.3. Portlovchi materiallarni saqlash, foydalanish, hisobga olish va jo’natish qoidalarni o’z vaqtida javobgarlikka tortish.
4.1.4. Portlatish ishi sohasida ilmiy-texnik progress (rivojlanish)ning tezlashishiga ta’sir ko’rsatadi.
4.1.5. BPI bajarishning progressiv metod va usullarini targ’ib qilish va ularni tatbiq etish bo’yicha uslubiy yordam berishi kerak.
4.2. NKMKning bosh muhandisi va uning konchilik ishlari bo’yicha o’rinbosari.
4.2.1. Kombinat bo’linmalarida PIning texnologiyasida texnik politikani va istiqbolini aniqlash, bunda ishni PI ning sifatini oshirishga, ularning mexanizastiyasi, ish xavfsizligining ortishi va PI trudaemkosti pasayishiga yunaltirilish kerak.
4.2.2. Portlatish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish sharoitlarida ilmiy-tadbiqot va sinab ko’rish ishlarini o’tkazilishini tadbiq etish.
4.2.3. Ilmiy-tadbiqot va sinab ko’rish ishlarining natijalarini tahlil qilish va ular asosida portlatish ishlarini takomillashtirish bo’yicha fan va texnika yutuqlari to’g’risida takliflar tayyorlashni tashkil qilish.
4.2.4. PI xavsiz olib borish va BPI yangi texnologiyalari masalalari bo’yicha smenar va konferinstiyalar tashkil etish.
4.2.5. Bshlinmalar va omborxonalar bo’yicha Portlovchi materiallarning talab qilinadigan miqdoriga buyurtma berish va uni to’g’ri taqsimlanishini to’g’riligini nazorat qilish, bunda oxirgilarining me’yoridan ortiq yuklanishiga yul qo’ymaslik kerak.
4.2.6. Omborxonalarda PM saqlash, ishlatish va ularni hisobga olish ustidan qat’iy nazoratga rioya qilinishini taminlash va ularni qat’iy qo’riqlanishini ta’minlash.
4.2.7. PIYaXQ va mazkur nizomda belgilanganligiga ko’ra PI boshqarish uchun shaxslarga ruxsat berish tartibiga rioya qilish.
4.2.8. Portlovchi materiallarni saqlash, ularni ishlatish, hisobga olish qoidalarini buzganlarni o’z vaqtida javobgarlikka tortish.
4.2.9. Xavfsizlik qoidalari buzilganligi asboblarini tahlil qilish va tezkorlik bilan ularni bartaraf qilish choralarini ko’rish.
4.2.10. PI boshqarish uchun xodimning texnik o’quvini muntazam tashkil etish va portlatuvchilar malakasini oshirish maqsadida ular uchun ilg’or tajriba maktablarini tashkil etish.
4.2.11. QRKTI ning ko’rsatmalarini bajarishni tezkorlik bilan amalga oshirish.
4.3. KB direktori, kon (shaxta,karer) boshlig’i.
4.3.1. PI taaluqli korxonada amaldagi hujjatlarni qo’l ostidagi xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
4.3.2. Korxonani PI bajarish uchun xodimlar bilan va talab etiladigan sig’imga ega PM omborxonalarning kerak soni bilan taminlanishi ( tarqatish kameralari va uchastka saqlash punktlari ham kiradi).
4.3.3. Tarkibiy bo’linmalarni PM, mashinalar, mexanizmlar, asboblar va PI uchun moslamalar bilan ta’minlashi.
4.3.4. Qo’l ostida bo’lgan PM omborxonalarini, poligonlar va PMni sinab ko’rish uchun laboratoriyalar bilan, shuningdek o’rnatilgan tartibga muvofiq harbiylashgan qo’riqchilar bilan ta’minlanishi lozim.
4.3.5. O’z vaqtida komissiya tuzish va PM yo’qolganlik holatlari bo’yicha tergov olib borishni tashkil etish: har bir holat to’g’risida kombinat raxbariyatiga xabar berishi, QRKTI va ichki ishlar mahalliy organlari va prokuroturaga xabar beriladi.
4.3.6. PI boshqarish, PMni ishlab chiqarish va saqlash uchun xodimlarni ishga qabul qilishning urnatilgan tartibiga rioya qilish.
4.3.7. PMni saqlash, ishlatish, hisobga olish va jo’natish tartibini buzganlarni o’z vaqtida javobgarlikka tortish kerak.
4.4. KB, (shaxta, karer) bosh muhandisi.
4.4.1. Mazkur Nizom bilan o’rnatilgan PI boshqarish uchun shaxslarga ruxsat berish tartibiga, shuningdek PIni bajarish va PIYaXQga muvofiq PMni saqlashga rioya qilish kerak.
4.4.2. Korxonani kerakli sig’imga ega PM omborxonalarning kerakli soni bilan va PM omborxonaning belgilangan sig’imidan oshirmasdan saqlanishini ta’minlash.
4.4.3. Har oyda omborxonalardagi PMni saqlanish, qabul qilish, tarqatish va hisobga olish tartibini tekshirishni tashkil qilish.
4.4.4. O’rnatilgan tartibga muvofiq PM omborxonalarini harbiylashgan qo’riqchilar bilan ta’minlash.
4.4.5. Omborxonada PM yuklash, tushirish va jo’natish tartibini va qo’riqlashni ta’minlash va PIYaXQ talablariga muvofiq ish joyi tartibi va uni qo’riqlashni tashkil etish.
4.4.6. Omborxonada PM hisobga olish to’g’ri yo’lga qo’yilganligini tashkil etish.
4.4.7. PMni saqlash, jo’natish, foydalanish va hisobga olish tartibini buzganlarni o’z vaqtida javobgarlikka tortish.
4.4.8. PIYaXQga muvofiq va korxonada amaldagi boshqa texnik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq ommaviy portlatish ishlarini bajarishni ta’minlash.
4.4.9. Omborxonalarga keltirilgan PM sinab ko’rishni to’g’ri tashkil etilganini nazorat qilish, shuningdek PI bajarishga va PM olishga buyurtmalarning to’g’riligiga va asoslanganligini nazorat qilish.
4.4.10. Standartlari (texnik sharoitlari) va Davlat kon nazoratning ruxsati bo’lmagan PMni qo’llashiga ruxsat berilmaydi.
4.4.11. PIni bajarishga pasportlarni ishlab chiqish uchun tajriba-ekspremental portlatishlarni tashkil qilish.
4.4.12. Tuzilgan BPI pasporti (proekti)ning to’g’riligi uchun javobgarlikni o’z zimmalariga oladilar.
4.4.13. Xavfsiz PI tashkil qilishni ta’minlash va PI ni bajarayotgan vaqtda jarohat (shikast) olish sabablarini muntazam tahlil qilib borish.
4.4.14. Korxonada PI uchun xodimning texnik o’quvini tashkil etish.
4.4.15. NKMK boshqarmasining defektiv ko’rsatmalari va PI taaluqli QRKTI ko’rsatmalarini tezkor bajarishlari kerak.
4.5. Konchilik bo’limi boshlig’i, ishlab-chiqarish texnik bo’limi boshlig’i, kombinat (kon boshqarmasi)ning BPI bo’yicha bosh mutaxasisi (muhandis) .
4.5.1. Tezkor nazoratni amalga oshirish:
-konchilik ishlari rejasi, PIYaXQ talablari bilan, loyihalari, nazorat qiluvchi organlarning ko’rsatmalari va yo’l yuriqlariga muvofiq kombinatning bo’linmalarida PIni xavfsiz bajarilishini nazorat qiladi.
-PIni bajarish vaqtida ilg’or metodlar, texnika va texnologiyani o’z vaqtida tatbiq etilishini nazorat qilish.
4.5.2. Kombinatning (Kon Boshqarmasining) PMga bo’lgan ehtiyoji to’g’risida buyurtmalar tuzish.
4.5.3. Portlovchi materiallarni jo’natish tartibi bo’yicha va ular bilan muloqotda bo’lganda komissiya tekshirishlarida ishtirok etish.
4.5.4. Baxtsiz hodisalar asboblarini, o’g’irlik va PM yo’qolish holatlari asboblarini taxlil qilish va shu taxlil asosida ularning sabablarini bartaraf qilish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
4.5.5. Portlatish ishlari sohasidagi yangiliklar ko’rib chiqilganda va tatbiq qilinishida ishtirok etish.
4.5.6. Portlatish ishlari bo’yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.
4.5.7. bo’linmalarni PI uchun hisobga olish, hisobot berish va texnik hujjatlar blanka (varaqa)lari bilan ta’minlash.
4.5.8. Ilmiy-tadviqot ishlarini o’tkazishni nazorat qilish va o’z vaqtida ularni tezlashtirish yoki yaxshilash bo’yicha raxbariyatga takliflarini taqdim etish.
4.5.9. PI uchun xodimning texnik o’quvini tashkil etishda, ulardan imtihon qabul qilishda ishtirok etish va kombinat (kon boshqarmasi)ga buysunadigan bo’linmalarining boshqaruvida ishtirok etish.
4.6. PI uchastka boshlig’i, uning o’rinbosarlari.
4.6.1. PI bajarish uchun texnik hujjatlarini o’z vaqtida ishlab chiqilishini ta’minlash va portlatish ishlarida mashg’ul bo’lgan xodimni u bilan tanishtirish.
4.6.2. Portlatuvchilarni sozlangan asboblar, mashinalar, PM tashish uchun sumkalar yoki idishlar bilan( PMni tashish uchun), mexanizmlar va boshqa texnologik jihozlar bilan ta’minlash.
4.6.3. PI uchun kadrlarni to’g’ri tanlanganligini nazorat qilish va shunday ishlarni bajarishga faqat shunga huquqi bor shaxslarga ruxsat beriladi.
4.6.4. Unga buysungan xodimlardan PM saqlash, hisobga olish, sarf qilish, jo’natish tartibiga aniq rioch qilishni, shuningdek ularni bartaraf qilish qoidalarini talab qiladi.
4.6.5. Tezkor holatda va korxonada amalda bo’lgan PI vaqtida PM to’liq bo’lmagan detonastiyasi va ishlamay qolishini bartaraf etish bo’yicha qoidalar va yuriqnomalar bilan choralar qabul qilish kerak va shundan keyin (ishlatilgan brakni mustasno qilish maqsadida) keyingi ommaviy portlatishlarni hisobga olib tegishli korrektivlarni kiritish kerak.
4.6.6. PIYaXQga muvofiq PI xavfsiz bajarishni kuzatib borish va PI bo’yicha korxonada amalda bo’lgan boshqa hujjatlarni kuzatib borish kerak.
4.6.7. loyiha hujjatlarini PIni yuritishning faktik sharoitlarga muvofiqligini nazorat qilish. O’z vaqtida BPI pasportlari va proektlarini korrektirovkasi bo’yicha choralar qabul qilishi kerak.
4.6.8. PMni sarflanganligi to’g’risida portlatuvchilarning hisobotlarni o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilishi va qolgan PM larning qoldiqlarini portlatuvchilar tomonidan omborxonalarga topshirilishini , shuningdek PM sarflanishi to’g’risidagi ma’lumotlarning to’g’riligini nazorat qilishi kerak.
4.6.9. Omborxonalarni portlovchi moddalar bilan o’z vaqtida to’ldirilishini va ularni to’liq xilma-xillari borligini nazorat qilishi kerak.
4.6.10. Portlovchi materiallar , portlatish jihozlari va asboblari bilan xavfsiz va to’g’ri munosabatda bo’lish bo’yicha boshliqlari, kon ustalari va portlatuvchilar bilan yuriqlovlarni o’tkazish.
4.6.11. Jarohat (shikast) olish, PM yo’qolishi holatlari sabablarini taxlil qilish va shu taxlil asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish kerak.
4.7. Konchilik uchastkasi boshlig’i.
4.7.1. Uchastkaning barcha ishchilarni o’z vaqtida xavfsizlik qoidalari bilan va PI ga tayyorgarlik ko’rish va uni bajarish bo’yicha har bir harakat ketma-ketligi bilan tanishtirish.
4.7.2. Amaldagi qoidalarga muvofiq tezkor va aniq lavozim vazifalarini bajarishi va bundan tashqari PI o’tkazilishining aniq maxsus buyrug’i va tartibi bilan aniqlanadigan har bir ommaviy portlatish ishlarini bajaradi.
4.7.3. PIda mashg’ul bulgan xodim bilan yuriqlovlar o’tkazish bunda :
-portlatishdan keyin tog’ uyum(jins)larini yig’ishtirishda xavfsizlik choralari bo’yicha.
-Portlovchi moddalar otkaz qilinganda yoki yo’qolgan PM aniqlanganda harakatlanish tartibi.
-PIni bajarayotganda tovushli signallar tayinlanishi to’g’risida va bu vaqtda konchilik uchastkasi xodimining tegishli harakatlari to’g’risida yuriqlov o’tkazishi lozim.
4.7.4. “Otboy” signalidan keyin mashinalar, mexanizmlar AEP va boshqalarni obdon ko’zdan kechirish va bundan tashqari hammasi , uchastka xududida joylashgan va portlatish vaqtida zarar ko’rishi mumkin bo’lgan barcha narsalarni kuzdan kechirish. Zararlanishlar aniqlanganda darhol portlatish ishlarining ma’sul raxbariga xabar berish va zararlanishlarni bartaraf etish bo’yicha tezkor choralarni qabul qilish lozim.
4.7.5. Unga buysunadigan xodimdan BPI passporti, proekti texnologiyalariga aniq muvofiqligini, PMni saqlash, hisobga olish, sarf qilish va jo’natish tartibiga rioya qilishlarini talab qiladi.
4.7.6.PI bajarishga faqat shu ishlarni bajarishga huquqi bor bo’lgan shaxslarga ruxsat berish.
4.7.7. PMning sarflanganligi to’g’risida portlatuvchilarning hisobotlarini o’z vaqtida nazorat qilish va PMning qoldiqlarini omborxonalarga topshirish, shuningdek mazkur smenada ishlagan portlatuvchilar va MTX tomonidan PM sarflanganligi to’g’risida ma’lumotlarning to’g’riligini nazorat qilishi kerak.
4.8. Portlatuvchi materiallar omborxonasi mudirasi.
4.8.1. Portlovchi materiallarni saqlash, joylashtirish, qabul qilish.
4.8.2. Omborxonaga keltirilgan materiallarni joylashtirish ishlarini kechiktirmay ta’minlash va transport dokumentlari (hujjatlari) asosida ularni kirim qilish.
4.8.3. Portlovchi materiallarni sarflanganligi uchun sho’ vaqtida hisobot beradigan portlatuvchilarga faqat PM beriladi, ular PM qolganini ham topshiradilar.
4.8.4. PM saqlanadigan omborxonalarni , PM sinash uchun laboratoriya va pashgonlarni , shuningdek jala (sel)da himoyalanish vositalarini, turli xil yordamchi asboblar, jihozlar va mexanizmlarning sozlangan holatini saqlab turish kerak.
4.8.6. Omborxonada Portlovchi materiallarning buzilishi, etmay qolish yoki ortiqcha chiqishiga yo’l qo’ymaslik: PNga kirim-chiqim hujjatlarini to’g’ri rasmiylashtirish, muxrni omborxona kalitlari va plombalaydigan kuraklarni ishonchli saqlash, ularning yo’qolishiga yo’l qo’ymaslik yoki boshqa shaxslarga ularni ( tarqatuvchilardan tashqari) berishga ruxsat berilmaydi.
4.9. Pm omborxonasi tarqatuvchisi va omborchi.
4.9.1. Pm omborxonasi hujjatlarini o’z vaqtida rasmiylashtirish va ularning saqlanishiga qarab borish.
4.9.2. PM omborxonasi, anjomlarlarni va buyumlarni sozlangan holatda saqlab turish. Binolarni bo’sh idishlar bilan to’sib tashlashga yo’l qo’yilmaydi. Omborxona binosining tozaligi va uning namligini kuzatib (qarab) berish.
4.9.3. PM ni saqlash joylariga katerlarga va sklad xonalariga joylashtirish qoidalariga qat’iy rioya qilinishi kerak.
4.9.4. PM ni omborxonaga qabul qilmaslik kerak, agarda:
-naryad nakladnoy rasmiylashtirilgan bo’lsa:
-PM keltirilgan miqdori omborxona sig’imiga ko’ra ko’p bo’lsa:
-omborxonaga keltirilgan faktdagisi bilan naryad-nakladnoyda ko’rsatilgan soni va sortida farq katta bo’lsa.
4.9.5. Materiallarni omborxonadan bermaslik kerak, agarda:
-agarda ularni olishga hujjatlar noto’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lsa:
-naryad-putevkada yozilgan PM miqdori BPI pasport yoki proektiga muvofiq hisob-kitobga mos kelmasa:
-PM oluvchi o’z vaqtida sarflangan PM to’g’risida hisobot bermagan yoki ularning qoldiqlarini omborxonaga topshirmagan bo’lsa.
4.9.6. Smena tugatish bilan omborxona mudiri va PI uchastkasi boshlig’iga PM olganligi uchun Hisobot bermagan portlatuvchilar to’g’risida xabar berishi kerak.
4.9.7.Portlatuvchi mashinalarning , nazorat o’lchov asboblari va boshqalarning nosozligi to’g’risida omborxona mudiri va PI uchastka boshlig’ini o’z vaqtida xabardor etib borish.
4.9.8.Smenani qabul qilayotganda omborxonadagi PM borligini aniqlash va hisobga olish kitobida bayon qilingan ma’lumotlarning natijalari bilan solishtirish.
PMning turli miqdorda etishmasligi yoki ortiqchasi bo’lgan holatlarda bu to’g’risida PM omborxonasi mudiriga, yoki (agar u bo’lmasa) Pi uchastka boshlig’iga, karer (shaxta) raxbariyatiga darhol xabar berishi lozim.
4.9.9.Yong’inga qarshi va o’tkazib yuborish tatibiga, shuningdek PM omborxonasini qo’riqlashni o’rnatilgan tartibga rioya qilish kerak.
4.9.10.Portlatuvchilarga faqat markalangan va qarshiligi bo’yicha ajratib olingan elektrodetanatorlarni ( detanatorlarni) berish va albatta PM bilan bir vaqtda-o’lchov asboblari, portlatuvchi mashinka, qisqichlar va PM ni ko’chirish uchun sumkalar (kassetalar)ni berish.
4.9.11.PMni tarqatuvchi (omborchi) yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni bajarmagani uchun javobgarlikka tortiladi.
4.10.PM etkazuvchi.
4.10.1.PMni va idishlarni ular olingan joydan to belgilangan joygacha jo’natayotganda, shuningdek PMni yuklayotganda va tushirayotganda ularning saqlanishini ta’minlash kerak.
4.10.2.PMni jo’natayotganda xavfsizlik qoidalari talablariga qat’iy rioya qilish kerak.
4.11.Portlatuvchi.
4.11.1.Ishlash joyiga keltirilgan PMni doimiy nazoratini ta’minlash kerak.
4.11.2.PMni yo’qolish holatlari va ularni ko’zda tutilgan joyda saqlash, shuningdek o’zboshimchalik bilan PMlarni yo’qotish holatlariga yo’l qo’ymaslik kerak.
4.11.3.PM faqat o’zining to’g’ri vazifasiga ko’ra foydalanish. Olingan PMlarning sarf qilinganligi to’g’risida o’z vaqtida hisobot berish va ishlatilmagan qoldiqlarni omborxonaga topshirish, anryad-putevkada faqat PMni aniq sarf qilinganligini ko’rsatish.
4.11.4.Portlatish ishlarini faqat burg’alash-portlatish ishlarining loyihasiga qat’iy muvofiqlikda ishlarni bajarish kerak.
4.11.5.Portlatish ishlari boshlig’iga aniqlangan PM yaroqsizligi to’g’risida kechiktirmasdan xabar berishi, ularning etishmasligi yoki uning yo’qolganligi to’g’risida, shuningdek portlamay qolgan zaryadlarning borligi to’g’risida xabar berish, shunday holatlar to’g’risida ishlamay qolishlar to’g’risida shunday jurnalga qayd qilish, o’z vaqtida ishlamay qolgan zaryadlarni bartaraf etish kerak. Ishlamay qolishlarni bartaraf etishning imkoni bo’lmasa, ishlamay qolgan zaryadlarga begona shaxslarning kelishini ogohlantiruvchi tegishli qurilmalarni o’rnatishi va darhol nazoratchilarni portlamay qolgan zaryadlarining soni va turgan joyi to’g’risida xabar berishi lozim.
4.11.6.Portlatish ishlarini faqat qo’riqlash postlari bor bo’lgandagina va Portlatish ishlari joyida PIYaXQning boshqa barcha talablariga rioya qilib amalga oshirish lozim.
4.11.7.Portlatish ishlari amalga oshirilgan va u joyni shamollatgandan so’ng o’sha joyni obdon ko’zdan kechirish va o’z vaqtida ko’zdan kechirish lozim, keyingi ishlar uchun portlash joyiga odamlarni qo’yib yuborishga oldindan ruxsat bermaslik (texnik nazorat shaxsi bilan hamkorlikda) kerak.
4.11.8.PMni omborxonadan ish joyigacha va teskari yo’nalishda ularni jo’natish ishlari korxonada o’rnatilgan qoidalarni buzishga yo’l qo’ymaslik kerak.
4.11.9.Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni bajarmaganligi va PIYaXQ talablariga rioya qilmaganligi uchun portlatuvchi javobgarlikka tortiladi.
4.12.Smena boshlig’i, kon ustasi.
4.12.1.Qazish joyini PIga tayyorligini xavfsizlik Qoidalari talablariga to’liq muvofiqligini ia’minlash va portlatishiga ruxsat berish.
4.12.2. Portlatish ishlarini bajarishga faqat shunday ishlarni bajarishga huquqi bor shaxslarga ruxsat beriladi.
4.12.3. Portlatish ishlari boshlangunga qadar qo’riqlash postlarini ko’rib chiqish, portlatish ishlari amalga oshirilgan joyni portlatishdan va shamollatishdan keyin ko’zdan kechirish kerak.
4.12.4.Portlamay qolgan zaryadlarni bartaraf etish ishlarida ishtirok etish va faqat ishchilarni qazish joyiga portlatish va shamollatishdan keyin kirishga ruxsat beriladi.
4.12.5.Portlatuvchilar tomonidan PM sarf qilinishining to’g’riligini nazorat qilish.
4.12.6.BPI proekt yoki pasportga muvofiq xavfsiz bajarilishini nazorat qilishi kerak.
5.PI xodimining o’z lavozim vazifalarini va TX qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik.
5.1.PI mansabdor shaxslari va xodimlari o’z vazifalarini , shuningdek ishning xavfsiz usullari va mehnat muhofazasi bo’yicha yuriqnomalarga muvofiq ishlab chiqilgan va PIYaXQ talablarini buzganligi uchun qonunchilikda o’rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
5.2.Xavfsizlik qoidalari va mehnat muhofazasi talablarini buysunadagan xodimlarni majburlovchi ko’rsatma va buyruqlarni mansabdor shaxslarning berishi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan to’xtatilgan, o’z boshimchalik bilan ishlarni boshlab yuborish shuningdek ularning ishtirokida yo’l qo’yilgan kamchiliklar ( buzilishlar)ni bartaraf qilish bo’yicha choralar qabul qilinmasa, bularning hammasi Portlovchi materiallarni o’rnatilgan tartibda saqlash, jo’natish, foydalanish yoki hisobga olishning qo’pol holatda buzilishi hisoblanadi.
5.3.Yo’l qo’yilgan kamchiliklarning xarakteri va uning oqibatlaridan qat’iy nazar 4,2-4,11 bandlarda ko’rsatilgan barcha shaxslar intizomiy , ma’muriy yoki sud tartibida kadir qilgan kamchiliklardan qat’iy nazar, amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

1-ilova



NKMKda PI boshqarish tartibi va ularning bajarish uchun nazorat


Boshqaruv
--------------------- Ishni xavfsiz olib borilishini nazorat qilish




Download 66.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling