Lanishga qarshi nosteroid va steroid tuzilishidagi dori vositalari klinik farmakologiyasi


Download 316.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana05.04.2023
Hajmi316.21 Kb.
#1276294
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8 - Nazariy materiyal



YALLIG‘LANISHGA QARSHI NOSTEROID VA STEROID 
TUZILISHIDAGI DORI VOSITALARI KLINIK FARMAKOLOGIYASI 
 
Nosteroid tuzilishdagi Yallig‘lanishga qarshi dorilarga Yallig‘lanishga 
qarshi, og‘riqni qoldirish, tana haroratini pasaytirish va organizmning 
sensibilizatsiYa qobiliYatini susaytirish ta’sirlar xosdir. Ularning bu ta’siri asosida 
araxidon kislotasidan prostaglandinlar hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi 
siklooksigenaza va prostaglandinsintetaza fermentlari majmuasi faoliYatini 
susaytirish qobiliYati yotadi. Ma’lumki, fosfolipaza A hujayra qobig‘idagi 
fosfolipidlar-araxidon kislotadan siklooksigenaza siklida undan prostaglandinlar 
(PG), lipooksigenaza siklida esa leykotrienlar (LT) hamda sekin reaksiYa 
kirishuvchi anafilaksiYa moddalari hosil bo‘lishiga olib keladi.
Bu jarayonlar mobaynida kuchli oksidlovchi ta’sirga ega bo‘lgan erkin kislorod 
radikallarining hosil bo‘lishi Yallig‘lanishning kuchayishiga sabab bo‘ladi. SHuni 
esda tutish kerakki, turli kimyoviy guruhlarga mansub nosteroid tuzilishga ega 
bo‘lgan dorilar har xil PG lar hosil bo‘lishini turli darajada susaytiradi hamda 
ularning bu ta’siri barcha a’zolarda kuzatiladi. Bu dorilarning va aloxida guruhga 
kiruvchi dorilarning umumiy ta’sir kuchi bir-biridan farq qilganligi sababli ularni 
bemorlarga tavsiYa etishda ham farq bo‘ladi. 
Nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan Yallig‘lanishga qarshi dorilar 
Yallig‘lanishni susaytiradi, mayda qon tomirlarini kengaytiradi, lizosoma 
membranalari o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, Yallig‘lanish uchog‘ining energiYa 
bilan ta’minlanishi buzilishi (ATF hosil bo‘lishi kamayishi) natijasida 
Yallig‘lanish mediatorlari (gistamin, serotonin, kininlar, immun xususiYatli 
moddalar, ayniqsa prostaglandinlar hosil bo‘lishi buzilishi, to‘qimalar tuzilishini 
buzadigan reagentlar), kislorod radikali va boshqalar Yallig‘lanishda ishtirok 
etuvchi moddalar tuzilishining o‘zgarishi bilan ularning sitostatik ta’siri tabiiy 
omillar xususiYatini oshiradi. 
SHu sababli bu dorilar kelib chiqish sababidan qat’iy nazar har qanday 
Yallig‘lanishni kamaytiradi. Masalan, steroid gormonlar, salitsilat kislota 
hosilalari, indometatsin qon tomirlar o‘tkazuvchanligini, Yallig‘lanish uchog‘ining 
energiYa bilan ta’minlanishini susaytiradi, ba’zi dorilar (masalan, kolxitsin, oltin 
preparatlar) esa faqat ma’lum turdagi Yallig‘lanishgagina qarshi ta’sir qiladi. 

Download 316.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling