Lanishga qarshi nosteroid va steroid tuzilishidagi dori vositalari klinik farmakologiyasi


Download 316.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana05.04.2023
Hajmi316.21 Kb.
#1276294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8 - Nazariy materiyal

Anilin unumlarida (fenatsetin, paratsetamol) isitmani pasaytirish va 
og‘riqni qoldirish xususiYati ko‘proq bo‘ladi. Bulardan paratsetamol kam zaharli 
bo‘lganligi tufayli pediatriYa amaliyotida ko‘proq ishlatiladi. 
Farmakokinetikasi. Paratsetamolning biologik o‘zlashtirilish miqdori 63-
89 foizgacha bo‘lishi mumkin. U qon zardobi oqsillari bilan 20-50 foizgacha 
bog‘lanadi. T
50
kattalarda va bolalarda 1-4 soat atrofida bo‘ladi. Kattalarda qabul 
qilingan davolash miqdorining 90-100 foizi siydik bilan glyukuronidlar, sulfatlar, 
sistein bilan bog‘langan holda, gidroksillangan, diatsetillangan qoldiqlar 
ko‘rinishida chiqib ketadi. Qolgan harorat pasaytiruvchilardan farqli o‘laroq 
paratsetamol trombaksan (TA
2
) sintezini buzmaganligi sababli qon oqish xavfini 
tug‘dirmaydi hamda bronx muskullarini toraytirmaydi (bronxospazm). Ayniqsa, bu 
yuqori nafas yo‘llarida allergiYasi bor bemorlar uchun katta ahamiYatga ega.
O‘zaro ta’siri. Paratsetamol diabetta qarshi dorilarni oqsildan siqib 
chiqarishi mumkin, antidiuretik gormon ta’sirini kuchaytiradi. 
Salbiy ta’siri. Ba’zi bemorlarda teri qichishi, oq qon tanachalari kamayishi, 
chaqaloqlik davrida metgemoglobin hosil bo‘lishi mumkin. 


Indometatsin (metindol, indotsid). Farmakokinetikasi. Me’da-ichak 
yo‘lidan 100 foizgacha so‘riladi. SHamcha holida yuborilganda biologik 
o‘zlashtirishi 80 foizga teng, 97-99 foizi qon oqsillari bilan birgalikda, 
o‘smirlarda va katta yoshdagi odamlarda T
50
10-90 soat atrofida, chaqaloqlarda 
esa bir necha kundan 10 sutkagacha so‘rilishi mumkin. Bir marta berilgan 
miqdorining ko‘proq qismi siydik, o‘t suyuqligi va axlat orqali chiqariladi. 10-20 
foizgacha indometatsin o‘zgarmagan holda siydik orqali chiqib ketadi. YUborilgan 
miqdorning 50 foizi jigarda metil guruhini yo‘qotadi, 10 foizgacha qismi esa 
glyukuronidlar hosil qiladi. 
Ishlatilishi. Indometatsinning kattalar uchun davolash miqdori 75-100 mg 
atrofida, kamdan-kam hollarda 125—150mg ga teng. Indometatsin Yallig‘lanish 
bilan kechadigan kasalliklarda (aptpozlap, spondiloartrozlar, podagra, faol 
revmokarditda, revmatik poliartritlarda, tez-tez qaytalanib turadigan revmatizmda, 
allergik miokarditlar) qo‘llanilib, uni prednizolon bilan kombinatsiYasi Yaxshi 
foyda beradi. 

Download 316.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling