Lanishga qarshi nosteroid va steroid tuzilishidagi dori vositalari klinik farmakologiyasi
Download 316.21 Kb. Pdf ko'rish
|
8 - Nazariy materiyal
Nosteroid Yallig‘lanishga qarshi dorilarning birinchi guruhiga salitsilat kislota hosilasi, N-fenilantranil, indolsirka, fenilalkan kislotalari hamda pirazalon va anilin unumlari kiradi. Bular o‘tkir va surunkali Yallig‘lanishlarni susaytiradi. Ularning bunday ta’siri soat yoki kun sayin rivojlanib boradi. Bu guruhga kiruvchilar og‘riqni qoldirish va haroratni pasaytirish xususiYatiga ham ega. Mikroorganizmlar, viruslar, limfokinlar ta’sirida fagotsitlar, monotsitlarda, retikulotsitlarda haroratni kuchaytiruvchi moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar MNSda PG larni (ko‘proq issiqlikni boshqarishga aloqasi bo‘lgan PGE) ko‘paytiradi. PGlar gipotalamus hujayra membranalarida sAMF miqdorini ko‘paytirib yuboradi, bu o‘z navbatida kalsiy ionlarining orqa miYa suyuqligidagi miqdori oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, issiqlik ishlab chiqaruvchi markaz hujayralari qo‘zg‘aluvchanligini oshirishi natijasida issiqlik ishlab chiqarilishi hamda qon tomirlar markazining faolligi ortadi. Natijada periferik qon tomirlar torayib, issiqlikning organizmdan chiqarilishi kamayishi natijasida tana harorati ko‘tariladi. Nosteroid tuzilishiga ega bo‘lgan dorilar orqa miYa suyuqligida PGlar miqdorini, ularning gipotalamus neyronlariga qo‘zg‘atuvchi ta’sirini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida issiqlik hosil bo‘lishini kamaytiradi va mayda qon tomirlarni kengaytirib, issiqlikning tanadan chiqib ketishini tezlashtiradi. Bu mexanizm ayniqsa 5-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tana haroratini pasaytirishda katta ahamiYatga ega. Haroratning foydali tomoni shuki (antitelalar hosil bo‘lishi va interferon faolligini oshiradi), u leykotsitlar faolligini va ularning fagotsitar xususiYatlarini, AKTG, GK sintezini kuchaytiradi, jigarning toksinlarni zararsizlantirish vazifasini oshiradi. Uning zararli tomoni shuki, u mikrotsirkulYasiYani va buyrakda qon aylanishini buzadi, katabolik jarayonlarni kuchaytirishi hisobiga miYaning kislorod bilan ta’minlanishi buziladi, miYa to‘qimalari shishini natijasida bolalar shaytonlab qolishlari mumkin. Nosteroid dorilarni harorat ko‘tarilishi shaytonlashga sabab bo‘lganda, zotiljam, meningit rivojlangan paytlardagina tavsiYa etish mumkin. Download 316.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling