Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet1/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha


Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari
Reja:
1.Xirurgiya fani haqida tushuncha.
2.Xirurgiyaning rivojlanish tarixi.
3.Xirurgik davolash xususiyatlari.
4.Xirurgik muassasalarining tuzilishi. Jarroxlik ishini tashkil kilish. Xirurgik asboblarni nomlari, guruhlari, vazifasi va qo‘llanilishi.
5.Oilaviy poliklinika, shikastlanish punkti, qishloq vrachlik punktlarida aholiga xirurgik yordam ko‘rsatilishida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari asosida ish yuritish.
6.Xirurgik infeksiyaning organizmga tushish va tarqalish yo‘llari. Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish chora tadbirlari. Aseptika. Sterilizasiya. Antiseptika. Asosiy antiseptik vositalar, ularni ta’siri va xirurgiyada qo‘llanilishi.
7.Xirurgik stasionar, xirurgik bo‘lim, operasion blok tuzilishi bilan tanishish. Tibbiy hujjatlar. Xirurgik asboblarni o‘rganish va xirurgga uzatish tartibi.


Ma’zmuni
Xirurgiya va reanimaciya kasalliklar tog’risida tu’shuncha

Xirurgiya” so’zi - Qolda bajarish, hunar,mohirlik ma’nosini bildiradi. “Xirurgiya” so’zini bunday tor ma’noda tushunish bu fannin’ mazmuniga mos kelmaydi va xirurglarning chiqqan suyaklarni o’rniga solish, jarohatlarni tozalab dori qo’yish va qon olish kabi muolajalar bilan shug’ullangan davriga xos bo’lib, faqat tarixiy ahamiyatga ega.


Xirurgiya (yun. cheir — qoʻl va ergon — harakat, ish), jarrohlik — tibbiyotning bir sohasi. Xirurgik operatsiyalarni talab etadigan kasalliklarni oʻrganadi hamda operatsiya qilish usullarini ishlab chiqadi. Qadimdan odamlar oʻz-oʻziga yoki bir-birlariga yordam berib, jarohatdan oqayotgan qonni toʻxtatish uchun jarohatni bosib turish, yaralarga kul sepish kabi oddiy usullardan foydalanganlar. Qad. qazilmalarda bosh suyak chanogʻi trepanatsiyasi, oyoq amputatsiyasidan keyingi izlar topilgan. Xirurgiya dastlab fan va madaniyati rivojlangan davlatlar (Misr, Hindiston, Yunoniston, Xitoy, Vizantiya) da shakllangan. Milodan avval ham kasalliklarni davolashda qon chiqarish, qovuqsan toshlarni tushirish operatsiyalari oʻtkazilganligi qayd etilgan. Gippokrat (mil. av. 460—377 yillar) jarohatlarni birlamchi va ikkilamchi bitishini kuzatgan, turli bogʻlovlarni qoʻyish texnikasini ishlab chiqqan, operatsiyani oʻtkazishda tozalikka rioya qilish maqsadida qaynatilgan yomgʻir suvidan foydalangan. U ishlab chiqqan plevra boʻshligʻini drenajlashda qoʻllaniladigan qovurgʻa rezeksiyasi operatsiyasi hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Qadimiy Rimda Sels (Antillus) baʼzi aʼzolar anatomiyasini, yalligʻlanishning belgilarini va operatsiya vaqtida qon toʻxtatish uchun tomirlarni bogʻlash, oqma yaralarni davolash usullarini, Galen esa jarohatlarni tikishda ipaqdan foydalanishni, jarroxlik operatsiyalarini oʻtkazishda aʼzolarning anatomiyasi va funksiyasini hisobga olish zarurligini taklif etgan.
Abu Ali ibn Sino (980—1037) "Tib qonunlari" asarida xirurgik kasalliklarni davolashda qoʻllanilgan usullarni bayon etgan; u operatsiya vaqtida narkoz sifatida bemorga opiy, mandragor ishlatgan, shuningdek, buyrakdan tosh olish, oʻsmalarni aniqlash va oʻsmani sogʻlom toʻqimagacha olib tashlash va boshqa operatsiyalar texnikasini yaxshi bilgan.
A. Levenguk (1632—1723) tomonidan mikroskop, V.K. Rentgen tomonidan rentgen nurining kashf etilishi kasalliklarni aniklashda (diagnostika) muhim rol oʻynadi. 1731 yilda Parijda Xirurglar Akademiyasiga asos solindi. Shundan soʻng Xirurgiya fan sifatida taraqqiy eta boshladi.
Umuman Xirurgiya 3 bosqichda rivojlandi: 1) qadimiy zamonlardan antiseptika davrigacha (1860); 2) antiseptika davri (1860—1890); 3) aseptika davri — hozirgacha davom etmoqda.
XIX-asrning 2-yarmida narkoz, antiseptika, aseptikaning joriy etilishi Xirurgiya taraqqiyotida ijobiy yutukdarga olib keldi (Shunga ko’ra meʼda, ichaklar, oʻpka va boshqa ichki aʼzolarda yirik operatsiyalar muvaffakiyatli oʻtkazila boshlandi.
XIX—XX-asrda turli mamlakatlarning xirurglari oʻtkazgan keng eksperimental tadqiqotlar eng murakkab operatsiyalarni: meʼdani, ichak yoki oʻpkaning bir qismini olib tashlash, tomirlar va nervlarni tikish, shuningdek, singan suyaklar, jarohatlar, kuyishni davolashning operatsiya usullari va texnikasini ishlab chiqish imkonini berdi. Xirurgiyaning tarmoklari koʻpayib, travmatologiya, ortopediya, urologiya, neyroxirurgiya, bolalar xirurgiyasi kabi mustaqil ilmiyamaliy sohalar vujudga keldi.
Hozirgi zamon Xirurgiya fani kimyo, fizika, molekulyar biologiya kabi sohalardagi yutuqlar natijasida rivojlanib bormoqda. Shunga koʻra yurak klapanlari va tomirlarni protezlash, aʼzolar hamda toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish, sunʼiy boʻgʻimlar yaratish, sunʼiy yurak vujudga keltirishga doir ishlar amalga oshirildi. Miokard infarktini operatsiya yoʻli bilan davolash, mikroxirurgiya (mas, butunlay uzilgan barmoqni tiklash yoki yurakning mayda tomirlarida yangi qon oqimini vujudga keltirish), lazerlar, maxsus kameralarda yuqori kislorod bosimi, yaʼni giperbarik oksigenatsiya qoʻllash, yarador va kuyganlarga davo kilishda mikrobsiz sharoitlar yaratish, sunʼiy va qoʻshimcha qon aylanishi va boshqa Xirurgiyada yangi yoʻnalishlar boʻlib qoldi.
Oʻzbekistonda Xirurgiyasining shakllanishi 1920 yillarda Turkiston universitetining tibbiyot fakultetiti qoshida xirurgiya kafedrasi tashkil etilishi bilan bogʻliq. Keyinchalik Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro tibbiyot instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutlarida, Butunittifoq klinik va eksperimental xirurgiya ilmiy tekshirish institutining Toshkent filiali (1977 y. hozirgi V. Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan Xirurgiya markazi) da Xirurgiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshladi. Mazkur ilm maskanlarida vrachlar tayyorlash va turli xirurgik muammolar ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Oʻzbekistonda Xirurgiyaning rivojlanishida S.A. Maʼsumov, Oʻ. O. Oripov, V.V. Voxidov, M. Ashrafova, P.M. Nurmuhamedov, Sh.I. Karimov, D.S. Gʻulomov, F.G. Nazirov, S. M. Aʼzamxoʻjayev, S.A. Dolimov, L.D. Vasilenko, A.M. Gʻofurov, K.X. Tohirov va boshqalarning xizmatlari katta.
Hozirgi ilm-fan va texnikaning rivojlanishi, yangi tadqiqot va davolash usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish (endoskopiya, ultratovush, kompyuter tomografiyasi, yadromagnit rezonansli tomografiya, laparoskopiya, lazer nurlari va boshqalar) Xirurgiyani yanada rivojlanishiga olib keldi. 1998 y. Toshkentda shoshilinch tibbiy yordam markazi hamda viloyatlarda uning filial va subfiliallari tashkil etiddi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling