“Оrgаnik mоddаlаrni tuzilishni аniqlаsh uchun fizikаviy usullаri” mavzusida


Download 490.91 Kb.
bet1/2
Sana08.02.2023
Hajmi490.91 Kb.
#1168736
  1   2
Bog'liq
organika 1


F
ARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI

“Оrgаnik mоddаlаrni tuzilishni аniqlаsh uchun fizikаviy usullаri” mavzusida

MUSTAQIL ISH



Tekshirdi: TULYASHEVA M. A.

Bajardi: Murodova D.F


Оrgаnik mоddаlаrni tuzilishni аniqlаsh uchun fizikаviy usullаri.



Moddalarning tuzilishi va reakstion qobiliyatini o’rganishda fizikaviy tadqiqot usullari juda qimmatli muhim ma’lumotlarni beradi. Molekulaning tuzilishi, stereokimyosi va fizikaviy kattaliklarini aniqlashda fizikaviy tadqiqot usullari kompleks ravishda ishlatiladi va bu usullar bir-birini to’ldiradi. Kimyoviy element va birikmalarning reaksion qobiliyati va ularning miqdoriy xarakteristikasiga kvant kimyosining keyingi bosqich rivoji imkoniyat yaratdi. Hozirgi zamon kimyo fani aniq ilmiy yo’nalish bo’lib, o’zining muammolarini fizikaviy-matematik apparat yordamida yechadi. Kimyo fani nazariy asosining yaratilishi uning amaliy imkoniyatini rivojlantirdi va kimyo yutuqlarini ilmiy bashorat qilishga olib keldi.
Organik moddalarning tuzilishi va reaksiyaga kirishish qobiliyatini sintez qilingan maxsulot tarkibini o’rganishda fizik kimvoiy tadqiqot usullari eng muhim ma’lumotlarni beradi. Molekulaning tuzilishi, fazoviy holati, fizikaviy doimiyliklari va boshqa ko’rsatkichlarni aniқlashda fizikaviy tadqiqot usullarining bir qancha turlari ishlatiladi. Ayrim usullar keng tarqalmagan bo’lib, lekin ulardan olinadigan natija kimyo fani uchun ahamiyatlidir. Masalan, gaz elektronografiyasi va mikroto’lqin li spektroskopiya usullari shular jumlasidandir. Kimyoviy tadqiqotlarda keng tarqalgan va amaliy jihatdan ahamiyatga ega bo’lgan usullardan optik (ultrabinafsha, infrakizil), radiospektroskopiya (yadro magnit rezonans, elektron paramagnit rezonans) va mass-spektrometriya hisoblanadi. Molekulaning tuzilishi, fazoviy tadqiqot usullarini ikki qismga bo’lish mumkin. Birinchi qismga optik va radioskopik usullar, ikkinchi qismga esa molekulaning geometrik tuzilishini va fazoviy holatini aniqlovchi usullar kiradi. Bu usullar moddalarning optik xossalaridan foydalanishga asoslangan. Bu usul keyingi vaqtlarda, ayniqsa, nisbatan past temperaturada boradigan jarayonlarda keng qo’llanilmoqda. Bular orasida eng ko’p qo’llaniladigan spektrofotometrik usuldir. Spektrofotometrik usulda SF-4, SF-4A, SF-16, SF-26M, SF-40 kabi asboblardan foydalaniladi. Bu usulda tarqalayotgan, yutilayotgan, cheklanayotgan (qaytgan) va yoyilayotgan nur (modda tomonidan berilgan yoki unga berilgan nurning) intensivligining to’lqin uzunligi bilan o’zgarishi tekshiriladi va nurning qaysi to’lqin uzunligida eng ko’p (maksimal) yutilishi aniqlanadi. So’ng tajribalar shu to’lqin uzunligida olib boriladi. Mazkur monografiyada infraқizil spektroskopiyadan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan bo’lib, iқtidorli talabalar, magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun foydali bo’ladi deb hisoblaymiz. Monografiyani yaxshilash borasidagi fikrlarni mualliflar mamnuniyat bilan қabul қiladilar.

Download 490.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling