Andijon davlat universiteti magistratura bo`limi


Download 0.86 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#236390
Bog'liq
magistr mus ish



ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI







MAGISTRATURA BO`LIMI

MUSTAQIL ISH

Mutaxasislik 5А140501 – Kimyo (yo`nalishlar bo`yicha)



Tadqiqotning fizik-kimyoviy usullari fanidan

Mavzu: “Element aniqlashining fizik-kimyoviy usullari”

Bajardi: I- kurs magistranti N.Olimova

Tekshirdi: Sh. Abdullayev



Andijon 2021

Reja:

1. Fizik-kimyoviy tahlil usullarining asoslari

2. Fizikaviy tadqiqot usullari va turlari.

3. Elektromagnit to‘lqinlar spektri.

4. Elektromagnit spektr sohalari.










Fizikaviy tadqiqot usullari va turlari

Fizikaviy usullar asosan quyidagi masalalarni hal etishda ishlatiladi:

- reaksiya mahsulotlari va reaksion aralashmaning tarkibini sifat va miqdoriy analiz qilish;

-tajribada olingan moddalarning molekulyar tuzilishining to‘g‘riligi haqida xulosa qilish;

- molekulalarning geometrik parametrlarini miqdoriy baholash va molekulada atomlarning fazoviy joylanishini aniqlash;

- molekulaning dinamik xossalarini tekshirish, atomlarning xarakatchanligini o‘rganish va bunga to‘siq bo‘ladigan holatlarni bilish;

- molekuladagi atomlarning va atom guruxlarining o‘zaro ta’sirlanishlarini baholash;

-reaksiyalar kinetikasi va mexanizmini, hamda oraliq moddalarning tuzilishini o‘rganish.

Fizikaviy usullarning nazariy asoslari va ishlatish imkoniyatlarini e’tiborga olib quyidagi turkumlarga bo‘lish mumkin: optik spektroskopiya, radiospektroskopiya, difraksiyali usullar va ionizatsiyali usullar.

Optik spektroskopiya - UB, IK spektroskopiyalari, atom-absorbsiyali (yutilish) spektroskopiya, optik burilish dispersiyasi (OBD) va aylanma dixroizm (AD); radiospektroskopiya - YaMR va EPR; ionizatsiyali usullarga - mass spektrometriya.



Elektromagnit to‘lqinlar spektri.
To‘lqin tezligi (S), uzunligi va chastotasi orasidagi o‘zaro bog‘lanish quyidagi formula bilan ifodalanadi.

Yorug‘lik va elektromagnit to‘lqinlar uchun S o‘zgarmas kattalik (Sq300000 km/sek.). (1) tenglamaning chap tomoni o‘zgarmasligi hisobga olinsa, to’lqin uzunligi bilan chastotasi o‘rtasidagi bog‘lanish kelib chiqadi. Bu tenglamaga muvofiq to‘lqin uzunligi va chastotasi teskari mutanosiblikda bo‘lib, to'lqin uzunligi oshsa chastotasi kamayadi.



Elektromagnit spektrning fizikaviy usullari qo‘llanadigan sohalarni quyidagicha izohlash mumkin:



Elektromagnit spektr sohalari.

Radioto‘lqinlarning o‘zi uchta guruxga ajraladi. YaMR da ishlatiladigan, to‘lqin uzunligi 5 m bo‘lgan radioto‘lqinlar chastotasi quyidagicha bo‘ladi:



yoki 60000000 gers, ya’ni 60 megagers.

Elektromagnit spektrdagi har qanday nur muayyan energiyaga ega bo‘ladi, ya’ni har qanday nur o‘zida ma’lum miqdorda energiya tashiydi. Bu energiya nur chastotasiga bog‘liq bo‘lib, uning miqdori Plank formulasi asosida hisoblanadi:

h - Plank doimiysi bo‘lib, 6,625 * 10-34 dj.gs-1 ga teng.


Modda tomonidan elektromagnit to‘lqinlarning tanlab yutilishini o‘lchashga asoslangan fizikaviy usullar - spektroskopik usullar deb nomlanadi.

Nurlanish jarayonidagi bir xil chastotali to‘lqinlar - monoxromatik nurlar bo‘ladi, ya’ni bunday nurning energiyasi bir xildagi h ga teng bo‘ladi. Monoxromatik nurlanishning yutilishi quyidagi tenglama bo‘yicha bo‘ladi:



Jo va J - tushayotgan va eritmadan o‘tgan nurning intensivliklari

n - yorug‘lik yo‘lidagi moddaning mollar miqdori.

k - yutilish intensivligining nisbiy miqdori.

Agar monoxromatik nur A moddadan o‘tsa, uning intensivligi kuchsizlanishini I0\I orqali o‘lchash mumkin, n-ning miqdori aniq bo‘lganda, K ning miqdorini topish mumkin. Boshqa modda olinganda nurning kuchsizlanishi ham boshqacha bo‘lib, K ning miqdori ham o‘zgaradi. Agar yutilish jarayoni kuzatilmasa K=0 bo‘ladi.

Modda eritmasining yutilish intensivligini o‘lchash uchun eritma tiniq bo‘lishi kerak. Eritmadagi n-ning miqdori eritmaning konsentratsiyasiga va eritma joylashgan idishcha qatlamining qalinligiga to‘g‘ri proporsional hisoblanadi. Amaliyotda ko‘p hollarda K ning o‘rniga , natural logarifm o‘rniga o‘nli logarifm ishlatiladi.



Eritmaga tushayotgan va undan o‘tayotgan nur intensivliklari bilan eritma konsentratsiyasi va uning qatlami qalinligi orasidagi qonuniyatni ifodalaydigan tenglama Lambert-Ber qonuni deb yuritiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Юнусов Т.К., Зайнутдинов У.П.. Утниязов Қ.. Салихов 111.И. "Кимёда физикавий усуллар". Тошкент. «Университет», 2007.

2. Бёккер 10. "Спектроскопия”. Пер. с немсц. \1. "Техносфера", 2009, 528



3. www.kutubxona.adu.uz

4.www.ziyonet.uz
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling