Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Jarrohlik bloki va bog’lash xonalarida shifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasi


Download 249.89 Kb.
bet6/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Jarrohlik bloki va bog’lash xonalarida shifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasi
- Jarrohlik bloki jarrohlik bo’limining boshqa xonalaridan tambur bilan ajratib qo’yiladi. Jarrohlik bloki eshigi doim yopilgan holda turadi.
-Jarrohlik bloki amaldagi normativ hujjatga muvofiq statsionar bakteritsid nurlantiruvchi lampa va ventilyatsiya tizimi bilan jihozlanadi.
-“Toza” va “yiringli” jarrohlik uchun jarrohlik amaliyoti xonalari qat’iy ajratib qo’yiladi. Ushbu talabni bajarish uchun sharoitlar bo’lmagan taqdirda yiringli jarayonlar bo’yicha jarrohlik maxsus ajratilgan kunlarda olib boriladi, so’ng jarrohlik bloki va barcha asbob-anjomlar yaxshilab dezinfeksiya qilinadi.
-Jarrohlar, jarrohlik hamshiralari va jarrohlikda qatnashuvchi barcha shaxslar jarrohlik amallaridan oldidan gigienik dush qabul qiladilar, toza jarrohlik ichki kiyim (pijama, tapochka, qalpoqcha, xalat) kiyadilar. Jarrohlik blokiga kirish oldidan xalatni yechadilar va baxila kiyadilar hamda niqob taqadilar, jarrohlik oldi xonasiga o’tadilar, bu yerda qo’llarga ishlov beradilar hamda steril xalat, qo’lqoplar va niqob kiyadilar.
-Jarrohlik blokida ishlatiladigan jarrohlik xalatlari havo o’tkazadigan va namlik o’tishiga chidamli bo’lishi kerak.
-Jarrohlik paytida qo’lqoplar butligi buzilgan taqdirda ularni darhol almashtirish, qo’llarga teri antiseptigi bilan ishlov berish zarur.
-Jarrohlik paytida “favqulodda holat” (jarrohlik brigadasi a’zolarining qo’llari teri qoplami butligi buzilishi) yuzaga kelgan taqdirda, zudlik bilan OIV-infeksiyasi shoshilinch profilaktikasi bo’yicha tadbirlar o’tkazilishi kerak.
-Qo’lqoplar butunligi buzilish xavfi yuqori bo’lgan jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun 2 juft qo’lqoplar yoki chidamli qo’lqoplar taqish kerak.
-Boshqa bo’limlardan xodimlarning jarrohlik bloki “qizil chizig’i”dan o’tib kirishi ta’qiqlanadi. Zarur holatlarda boshqa bo’limlar xodimlari jarrohlik blokiga sanitariya tozalash barcha talablariga rioya etgan holda sanitariya o’tish joyi orqali kirishi kerak.
-Jarrohlik xonasiga, ayniqsa jarrohlik boshlanganidan so’ng kirishi ruxsat etilgan xodimlar soni eng kam darajaga yetkazilishi kerak. Tibbiyot xodimlarining jarrohlik blokida ko’cha poyabzalida bo’lishlari qat’iyan ta’qiqlanadi.
-Jarrohlik xonasiga bemorlarni kiritish-chiqarish uchun mo’ljallangan aravachani boshqa maqsadlarda ishlatish ta’qiqlanadi. Jarrohlik xonasida aravacha uchun bemorlarni tashishda foydalanishga qulay bo’lgan joy tanlanadi. Har bir bemordan keyin aravachaga dezinfeksiyalovchi eritmada ivitilgan latta bilan ishlov beriladi.
-Jarrohlik blokiga kiritiladigan va chiqariladigan barcha asbob-uskunalar, qurilmalar va boshqa buyumlarga (O2, SO2 balonlari, kardiograflar) jarrohlik blokiga kirish oldidan dezinfeksiyalovchi eritmada ivitilgan latta bilan ishlov beriladi.
-Jarrohlik amaliyoti blokida jarrohlik aralashuv vaqtida ishlatilmaydigan buyumlarning saqlanishi ta’qiqlanadi.
-Bitta jarrohlik amaliyoti xonasida bir paytning o’zida ikkita va undan ortiq jarrohlikning o’tkazilishi ta’qiqlanadi.
-Ish stoli asbob-anjomlari har bir jarrohlik amaliyotidan so’ng keyingi jarrohlik uchun yangidan to’shaladi.
-Har bir jarrohlik amaliyoti uchun alohida alohida quti (ukladka), shu jumladan, asbob-anjomlarning standart to’plami va alohida o’rab joylangan asbob-uskunalar steril stollarning muqobili hisoblanadi.
-Katta jarrohlik stolini amalda faqat shoshilinch jarrohlik statsionarlarlarida (bo’limlarida) ruxsat etiladi.
-Bir marta ishlatiladigan asbob-anjomlarni ko’p marta ishlatish qat’iyan ta’qiqlanadi.
- SHifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasi uchun antibiotiklarni jarrohlikga qadar (hech bo’lmaganda jarrohlik vaqtida) yuborish kerak; SHII profilaktikasi uchun tavsiya etiladigan preparatlarning aksariyati uchun yarim chiqarish davrini hisobga olgan holda – jarrohlik amaliyotiga qadar 2 soatdan erta bo’lmagan holda, ya’ni jarrohlik amallar boshlanishidan 15-20 daqiqa oldin yuborish kerak.
- Antibiotikni anesteziya boshlanishi bilan bir paytda yuborish maqsadga muvofiqdir.
-Samarali profilaktika uchun aksariyat hollarda antibiotikning bitta dozasi yetarlidir. Qo’shimcha dozalar qo’p (jarrohlik amallari vaqtida 1000 mldan ortiq) qon yo’qotishda, hamda uzoq (3 soatdan ortiq) muddatli jarrohlikda yarim chiqarish muddati qisqa antibiotiklar qo’llanilgan holatlarda o’zini oqlaydi.
-Jarrohlik ixtisosidagi davolash-profilaktika muassasalarida steril shaklda chiqariladigan tikuv materiali ishlatilishi afzalroqdir. MSBda sterillangan tikuv materiali ishlatilishiga ruxsat beriladi.
-Tibbiy asbob-anjomlarni (tikish materiali, tikish ignalari, peridural va epiduralaneste­ziya uchun to’plamlar va sh.k.lar) spirtda saqlash qat’iyan ta’qiqlanadi. Ishda zavodda tayyorlangan steril o’ramlardagi yoki MSBda sterillangan tikish materialini ishlatish zarur.
-Jarrohlik blokini mukammal (general)tozalov ishlari jarrohlik tugallanganidan so’ng 3-ilovaga muvofiq haftasiga kamida bir marta olib boriladi. Jarrohlik amaliyoti oralig’ida dezinfektantlar qo’llanilgan holda tozalov ishlari olib boriladi, jarrohlik amaliyoti oralig’idagi vaqt tozalov ishlarini olib borish uchun, jarrohlik xonasi hamda xodimlarni tayyorlanishi uchun yetarli bo’lishi kerak.
-Jarrohlik amaliyoti davomida ishlatilgan asbob-anjomlar maxsus ajratilgan idishda to’planadi.(sanpin 0342-17)
XIX asrning 40 - yillarida N. I. Pirogov jarohatni davolashda karbol kislota, lyapis, spirt, yod nastoykasi ishlatgan va jarohat infeksiyasiga qarshi kurashish ko'p marta takidlagan. D. Lister operasiyadan keyingi infeksiyani sababchisi tashqi muhitdan tushayotgan mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan bog'lam orqali tushadi degan xulosaga kelgan. Strelizasiya usullarini ishlab chiqishda bakteriologiyaning ahamiyati katta bo'ldi. Aseptika va antiseptika vrachlarda katla qiziqish uyg'otdi. Xirurgiya sohasida bu usullarni nemis xirurglari Trendelenburg. Bergman, Shimmelbush, Esmarx va Neyberg rivojlantirdilar.
Paster va Koxning izlanishlari aseptikani yaratdi. Ya'ni amaliyotda ximiyaviy antiseptika fizikaviy aseptika bilan almashtirildi. Bu qaynatish yuqori harorat va bug' bilan amalga oshirildi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling