1-amaliy mashg‘uloti mavzu: hujayra va to‘qima kulturasini olish usullarini o‘zlashtirish. Biologiya va biotexnologiya laboratoriyalarida foydalaniladigan yuqori samaradorlikka EGA bo`lgan qurulmalar bilan ishlashni o`rganish
Download 262.81 Kb.
|
biologiya amaliy 1 k S — копия(1) (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushuntirish.
- Ishning borishi.
1-AMALIY MASHG‘ULOTI MAVZU: HUJAYRA VA TO‘QIMA KULTURASINI OLISH USULLARINI O‘ZLASHTIRISH. BIOLOGIYA VA BIOTEXNOLOGIYA LABORATORIYALARIDA FOYDALANILADIGAN YUQORI SAMARADORLIKKA EGA BO`LGAN QURULMALAR BILAN ISHLASHNI O`RGANISH. Tamakining o‘zak parenximasidan kallusli to‘qima olish va o‘stirish. Material va asbob uskunalar. Gullash davridagi yetuk tamaki o‘simligi, distillangan suvli kimyoviy stakan, paxta, 96% li etil spirti, 0,1% li sulema yoki diotsid eritmasi, steril suvli 4 ta stakan, steril doka xaltachalar, steril skalpel, Petri likobchasi, Murasige va Skuge steril oziqa muhitli kolbalar. Tushuntirish. Kallus bu dedifferensiyalangan hujayralardan iborat shakllanmagan massa. Kallusning hosil bo‘lishi va o‘sishi auksin hamda sitokinin guruhlariga mansub bo‘lgan fitogormonlar tomonidan nazorat qilinadi. Ixtisoslashgan to‘qimaning differensiatsiyalangan hujayralari auksin ta'sirida dedifferensirov-kani yengadi, sitokininlar ta'sirida esa faol bo‘linishga o‘tib, kallusli to‘qima hosil qiladi. Ikki pallali o‘simliklar kalluslari, fitogormon tutuvchi turli sun'iy oziqa muhitlarida turli organlar eksplantlarida: aseptik o‘suvchi urug‘larda, poya va ildiz bo‘laklarida, izolyasiyalangan parenxima bo‘laklarida, tuganak to‘qimalarda, izolyasiyalangan poya murtagida, bargda oson hosil bo‘ladi. Tamaki poyasi o‘zagidan kallusli to‘qima olish uslubi Skuga va Butenko laboratoriyalarida ishlab chiqilgan. Ishning borishi. Tamakining gullash vaqtida poyasining yaxshi rivojlangan, yog‘ochlanmagan o‘zagidan (2-3 bo‘g‘in oralig‘idan) bir qismi kesib olinadi. Ular 5 sm uzunlikdagi bo‘laklarga bo‘linib, avval sovunli suvda so‘ng vodoprovod va distillangan suvda yuviladi. Yuvilgan bo‘laklar distillangan suvli stakanga solinib, suvning yuziga suzib chiqmasligi uchun ustiga paxta yopiladi (poyaning yuvilgan qismi doimo vertikal holatda turishi kerak). So‘ngra ular oziqa muhitga o‘tkazish uchun laminarga olinadi. Sterillash uchun tamaki poyalari 96% li etanol bilan aritiladi, doka xaltachalarda 0,1% li sulemaning suvli eritmasiga 10-15 daqiqaga yoki diotsid eritmasiga 25 daqiqa solinadi. So‘ng 5 marta 5 daqiqadan distillangan suvda yuviladi. Poyaning o‘rta qismidan o‘zak to‘qimasi olinib steril Petri likobchasiga solinadi. Steril skalpel bilan atrofdagi to‘qimalar olib tashlanadi. Tozalangan o‘zak floema va kambiy qismlardan holi bo‘lishi kerak. Silindr shaklidagi o‘zak Petri likobchalariga skalpel bilan 2-3 mm li bo‘laklarga bo‘linadi va 100 ml li kolbalarga solingan Murasige-Skuga agarli oziqa muhiti yuzasiga joylashtiriladi. Kallus to‘qimalarining rivojlanishi uchun kolbalar 260 S li termostatga joylanadi. Uch haftadan so‘ng tajriba natijalari kuzatiladi va chizib olinadi. Download 262.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling