Steril kartoshka o‘simligi poyasidan kallus olish va o‘stirish.
Material va asbob uskunalar. Probirkada steril kartoshka o‘simligi, steril pinset, skalpel, matrascha yoki Petri likobchasi, spirtovka, stakanda spirt, kartoshka kallusini olish va o‘stirish uchun steril oziqa muhitli (9 jadval) kolba yoki probirka, parafilm varag‘i, qaychi va gugurt.
Tushuntirish. Fitogormonlar tutuvchi oziqa muhitga o‘tkazilgan kartoshka poyasi parenxima to‘qimalari zararlangandan so‘ng, hujayralar dedifferensiyaga uchraydi va bo‘linishga o‘tib nodifferensiyalangan to‘qima, ya'ni kallus hosil qiladi. Kallusni o‘simlikning turli organlaridan, xususan kartoshkaning poya to‘qimalaridan, bargidan, tuganagidan, ildizidan, changdonidan olish mumkin. Quyida steril kartoshka o‘simligi poyasidan kallus olishni ko‘rib chiqamiz
Ishning borishi. Laminar ichki yuzasi spirt bilan aritiladi. Steril o‘simlik solingan probirkani spirt bilan aritib, spirtovka alangasida sterillanadi. Probirkadagi steril o‘simlikni steril pinset bilan steril matraschaga olamiz, o‘ng qo‘lda skalpel, chap qo‘lda pinset bo‘lishi kerak. Pinset yordamida o‘simlikni ushlab turib, skalpel bilan poya qismlarining bo‘g‘in oralig‘idan 5-10 mm uzunlukda kesamiz. Kallus hosil bo‘lishi uchun poya eksplantlarining bir necha joyidan sklpel bilan shlib chiqamiz. Oziqa muhitini agari eriguncha qizdiramiz va 37-400 S gacha sovutamiz. Kolba og‘zini ochib, spirtovka alangasida qizdirib olamiz, oziqa muhitini Petri likobchalariga solamiz. Har bir likobchaga taxminan 15-30 ml oziqa muhiti solinadi va 10-15 daqiqa qotiriladi. Bitta Petri likobchasiga 10-20 tacha tirnalgan poya eksplantlari agarli muhit yuzasiga pinset bilan salgina botirib joylanadi, Petri likobchasi qapqog‘i bilan yopilib, ikki qavat parafilm bilan qoplanadi va harorati 22-250 S, namligi 70% bo‘lgan yorug‘liksiz klimatik kameraga joylanadi. Uch haftadan
Biologiya va biotexnologiya laboratoriyalarida foydalaniladigan yuqori samaradorlikka ega bo`lgan qurulmalar bilan ishlashni o`rganish.
Termostatlar (1,2-rasmlar) berilgan doimiy haroratda ozuqa muhitida mikroorganizmlarni o'stirish uchun mo'ljallangan. Laboratoriyada alohida guruh mikroorganizmlarni rivojlantirish uchun talab etiladigan turli haroratli bir nechta termostat: mezofillar uchun — 28—30°C, termofillar uchun —43-55°C , patogen mikrorganizmlar uchun -37°C li termostatlar o'rnatiladi. Termostatlar har xil shaklda, o'lchamda va tuzilishda bo'ladi. Ular unchalik katta bo'lmagan shkaf ko'rinishidan bir nechta bo'limlardan tashkil topgan politermostat yoki alohida termostat xonasi- gacha bo'lishi mumkin.
50-rasm. Quruq havoli elektr termostat: 1—tashqi eshik; 2—korpus; 3—ichki eshik: 4—termostatni elektr tarmog'iga ulaydigan tumbalar; 5—haroratni aniq o'rnatish uchun potensiometr; 6—haroratni taxminiy o'rnatish uchun potensiometr; 7—boshqarish bloki; 8—tokchalar; 9—isituvchi element.
Do'stlaringiz bilan baham: |