O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi 82-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida


Download 205.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.10.2023
Hajmi205.38 Kb.
#1693684
  1   2   3
Bog'liq
258-10-0-Q 23



e-qaror.gov.uz
258-10-0-Q/23
1
2023 - yil 9 - iyun
258-10-0-Q/23
Toshkent viloyati hokimiligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 1-iyundagi 82-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli
ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorattizimini yo‘lga
qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 82-sonli Farmoni ijrosini
ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida”gi qonunning 6, 25-moddasiga asosan, qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi 82-sonli
Farmoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Yuqoridagi Farmon bilan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi
(keyingi o‘rinlarda - Agentlik), shuningdek, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson”
ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan
faoliyat yo‘nalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
2023-yil 15-iyundan boshlab Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
tizimidan:
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;


e-qaror.gov.uz
258-10-0-Q/23
2
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi
hamda uning hududiy markazlari;
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning
hududiy bo‘limlari;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya
markazi;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Muruvvat” va “Saxovat”
internat-uylari;
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati;
keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun
sanatoriylar;
2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan
ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari;
2024-yil 1-avgustdan boshlab:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, ko‘p tarmoqli
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-
tarbiya muassasalari;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan
shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari;
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ichki ishlar vazirligi tizimidan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan
shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi Agentlik
tuzilmasiga o‘tkazilganligi;
Ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish maqsadida 2023-yil 1-
iyuldan boshlab Agentlikning tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar
markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhi tashkil etilishi hamda ularning asosiy vazifalari



Download 205.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling