Pulpaning yallig'lanishi (pulpit) quyidagi sabablarga bog'liq: 1) og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlar va toksinlarining pulpaga o'tishi


Download 490.41 Kb.
bet2/9
Sana30.01.2023
Hajmi490.41 Kb.
#1141815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
patan 9

PERIODONTIT
Periodontshp — periodontning yallig'lanishi — o'zining kelib chiqishi jihatidan infeksion (tish ichidagi va tishdan tashqaridagi periodontit), travmatik va medikamentoz periodontitga bo'linadi. Klinik o'tishiga qarab, o'tkir va surunkali periodontitlar, jarayonning qayerda boshlanganiga qarab, uchki, marginal va diffuz periodontitlar tafovut qilinadi.
O'tkir periodontit yallig'lanish reaksiyasining tabiatiga qarab serozva yiringli periodontitga bo'linadi. Seroz periodontit periodont to'qimasida yallig'lanishga aloqador giperemiya, shish paydo bo'lishi bilan ta'riflanadi; perivaskulyar infiltratlar bitta-yarimta polinuklearlar aralashgan limfogistiotsitar hujayra elementlaridan iborat bo'ladi; leykotsitlardan iborat kichikroq infiltratsiya topiladi. Yiringli periodontit periodontdagi neytrofillardan iborat infiltratsiyaning kuchayib borishi, shish kelishi, giperemiya bo'lishi bilan ajralib turadi. Suyak usti pardasi qalin tortib, o'rnidan ko'chib qoladi. Ko'mikka qon to'lib, unda yiringlagan joylar paydo bo'ladi, tish o'rnidagi suyak to'qimasi so'rilib, keyinchalik tolali biriktiruvchi to'qima hujayralari bilan almashinadi. O'tkir uchki periodontit tishning uchki tomonida, o'tkir marginal periodontit esa tish bilan milk o'rtasida boshlanadi.
Surunkali periodontit. Surunkali periodontitning har xil turlari tafovut qilinadi: fibroz (o'choqli va diffuz), granulyatsion (yiringli, apikal) va granulyomalar hamda kistalar hosil bo'lishi bilan o'tadigan granulyomatoz (apikal) periodontit.
Surunkali fibroz periodontitda subepitelial asosda dag'al fibroz to'qima o'sib boradi, shu to'qimaning tutamlari orasida plazmatik hujayrali infiltratlar asosan perivaskulyar tarzda joylashgan bo'ladi. Sement so'rilib ketgan hollar ham uchraydi.
Surunkali granulyatsion periodontit tishning uchki tomonidagi to'qima yemirilib, kapillar tomirlarga boy granulyatsion to'qima o'sib borishi, plazmatik, epitelial hujayralar, gistiotsitlardan iborat infiltratsiya paydo bo'lishi bilan ta'riflanadi; leykotsitlar kamroq uchraydi. Alveolyar o'simtaning suyak to'qimasi so'rilib ketgan bo'lishi ham mumkin.
Surunkali granulyomatoz periodontitda tish ildizining uchki tomonida granulyomalar paydo bo'ladi, apikal granulyomalar deb ataladigan shu granulyomalar orasida oddiy, murakkab (epitelial) va kistogranulyomalar tafovut qilinadi.
Oddiy granulyoma kulrang-pushti tusli va tishning uchiga mahkam yopishib ketgan tuguncha ko'rinishida bo'ladi. Mikroskopik preparatlarda odatdagi granulyatsion to'qima ko'zga tashlanadi, shu granulyatsion to'qimaning chetki tomonida zich kapsula ko'rinishidagi fibroz to'kima joylashgan bo'ladi; ko'piksimon hujayralar ham uchrashi mumkin. Granulyomadagi yallig'lanish jarayoni qo'zigan mahallarda granulyatsion to'qima hujayralari orasida talaygina leykotsitlar paydo bo'ladi. Granulyoma yiringlab ketishi ham mumkin. Alveolyar o'simtaning granulyoma turgan joydagi suyak to'qimasi rezorbsiyaga uchraydi, rentgenologik tekshirishda bu yaxshi bilinib turadi.
Murakkab (epitelial) granulyoma, odatda, oddiy granulyoma bilan bir xil ko'rinishda bo'ladi va u ham og'rigan tishning uchida mahkam yopishib turadi. Farqi shundaki, ko'p qavatli yassi epiteliy granulyatsion to'qimani turli yo'nalishlarda teshib o'tadi. Ba'zi tadqiqotchilar bu yerda epiteliy, murtak holidagi epitelial o'simtalarning o'sib ketishi natijasida paydo bo'ladi deb hisoblaydi. Boshqalar esa, epiteliy milkning shilliq pardasi tomonidan o'sib kelishi mumkin, deb ko'rsatadi. Rentgenologik tekshirishda alveolyar o'simtaning apikal granulyoma turgan joyidagi suyak to'qimasi yemirilib ketganligi topiladi.
Kistogranulyoma murakkab granulyomadan paydo bo'ladi. Epitelial tortmalarda vakuolli, yog'li distrofiya boshlanib, kovaklar paydo bo'ladi. Bu kovaklar ancha katta bo'lib ketishi va ildiz yoni yoki radikulyar kistalar paydo bo'lishi mumkin. Kovakda xolesterin kristallari bo'ladigan tiniq yoki loyqa suyuqlik to'planib boradi. Mikroskopiktekshirishda kistaningdevori hujayra-tolali biriktiruvchi to'qimadan iboratligi, ichki yuzasi ko'p qavatli yassi epiteliy bilan, ba'zi joylarda leykotsitlarga boy granulyatsion to'qima bilan qoplanganligi ko'zga tashlanadi.
Surunkali periodontitda tshining uchki tomonida ortiqcha miqdorda sement paydo bo'lishi, ya'ni gipersementoz boshlanishi mumkin. Gipersementoz uchki tomondagi teshikni butunlay bekitib qo'yishi mumkin.
Surunkali marginal periodontitda periodontning chetki tomoni zararlanib, unda kattagina diffuz va o'choqli yallig'lanish infiltratlari paydo bo'ladi, shuningdek tishlar orasida joylashgan suyak to'qimasi rezorbsiyaga uchraydi.
Periodontitning klinik manzarasi har xil bo'lib, yallig'lanish jarayonining olgan joyi va turiga bog'liq. O'tkir seroz periodontit o'z-o'zidan simillovchi og'riqlar paydo bo'lishi bilan ta'riflanadi, kasallangan tishga bosilganida bu og'riqlar kuchayadi. O'tkir yiringli periodontitda bunday og'riqlar zurayib boradi va uchlik nerv shoxlarining yo'nalishi bo'ylab tarqaladigan bo'ladi. Tish qimirlab turadi, milk va oraliq burmasida giperemiya va shish bo'ladi. Regionar limfa bezlari kattalashib, bezillab turadi. Yiringli periodontit asorat berib, periostitga, jag' osteomiyelita, yuz-jag' sohasi flegmonasi va abssesslari, odontogen gaymorit, mediastinitga ham aylanib ketishi mumkin. Periodontitning surunkali xillari simptomlarsiz o'tishi mumkin-u, lekin tishga bosilganida okriq sezilib turadi. Granulyatsiyalanadigan surunkali periodontitda tish ildizining uchki soxasida vaqti-vaqti bilan yiring chiqib turadigan va o'sib ketgan granulyatsion to'qimadan teshik ochiladi. Surunkali periodontitning granulyomatoz xilida milk paypaslab ko'riladigan bo'lsa, tish alveolasi suyak devorining ko'tarilib, sal og'rib turganini aniqlash mumkin.
 

Download 490.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling