Mavzu: dunyoning ilmiy manzarasi va evolyutsiyasi
Download 0.9 Mb.
|
MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiborinGiz uchun raxmat
MAVZU:DUNYONING ILMIY MANZARASI VA EVOLYUTSIYASIREJA: 1.“Dunyoning ilmiy manzarasi” tushunchasi. 2.“Dunyoning klassik ilmiy va noklassik ilmiy manzarasi”. 3.“Dunyoning postonoklassik manzarasi”. 4.“Dunyoning sinergetik manzarasi’’.Dunyoning dastlabki manzarasi mifologik xarakterda bo‘lib, olamning tuzilishi, asosan, afsona va rivoyatlar, asotirlarda ifodalangan tushunchalar, g‘oya va tamoyillarda o‘z aksini topgan. Ular nihoyatda sodda va oddiy tasavvurlarga asoslangan, asta-sekin takomillashib, o‘zgarib borgan. Dunyoning mifologik manzarasi davr bilan birga uning diniy manzarasi ham shakllangan. Dinning ilk shakllaridanoq olamning tuzilishi ilohiy kuchlarga, xudolarga bog‘lab talqin qilingan, dunyoning ibtido va intihosi ham u bilan bog‘langan. Jahon dinlarida dunyoning yaralishi, amal qilishi, olam va uning manzarasini tashkil qiladigan narsalarning nisbati kabi masalalarga alohida o‘rin berilgan. “Dunyoning ilmiy manzarasi” tushunchasiga xos xususiyatlar to‘g‘risida turli soha mutaxassislari turlicha fikr yuritadilar. Masalan, tabiatshunoslar masalaga fizika va astronomiya nuqtai nazaridan yondashadilar, olamning xilma-xil modellarini, matematik, geometrik yoki trigonometrik formulalarini yaratadilar. Bunda olam yashashining asosiy shakllari bo‘lgan makon, maydon, zamon kabilarga alohida e’tibor beriladi. Olamning bu sohada e’tirof qilinadigan har qanday shakldagi manzarasida energiyaning saqlanishi, entropiyaning doimiyligi va boshqa fizik qonunlar uchun asos bo‘ladigan ustuvor tamoyillar o‘z o‘rni, ahamiyatini saqlab qoladi. Bunday yondashuv qanchalik teran va ilmiy bo‘lmasin, olam to‘grisidagi, asosan tabiatshunoslik yutuqlarini aks ettirgani tufayli, ko‘proq bir tomonlama qarashlarni ifodalaydi.«Dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi o‘zining genezisiga, rivojlanish bosqichlariga ega. Birinchi bosqich «dunyoning klassik ilmiy manzarasi», ikkinchi bosqich “noklassik manzarasi”, uchinchisini esa «postnoklassik manzarasi» kabi nomlar bilan ataydilar. Galiley va nyuton fizikasi erishgan yutuqlar asosidagi taraqqiyotning bir chiziqli, o‘tmishdan kelajakka tomon uzviy bog‘liqlikka amalga oshadigan harakat to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslangan bilimlar majmui tushuniladi.Bunda o‘tmish o‘zidan keyingi davrni, u esa, o‘z navbatida, kelajakni to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilab beradi. Dunyoning bu taxlit tushuniladigan ilmiy manzarasida go‘yoki xamma narsa hisoblab topilgan, olamdagi cheksiz o‘zgarishlar ham, azaliylikdan iborat o‘tmish ham hattoki benihoya kelajak ham aniq hisoblab chiqilishi mumkin. Mexanika qonunlari va butun olam tortishish qonuni, Kopernikning geleotsentrik nazariyasi kashf qilingan bir davrda dunyoning tuzilishi masalasida hamma narsa aniqdek bo‘lib qolganday.Fiziklar uchun olamning kashf etayotgan qonunlari qolmaganday tuyulgan zamonlar boshlandi. Tabiatshunoslar fizikaning cheksiz imkoniyatlari borligi va o‘z kashfiyotlari ummondan bir tomchi ekanligini anglab yetgan genial ustozlari I. Nyutonning quyidagi so‘zlarini unutib qo‘ygandek edilar: har doim biror yangilik yoki yutuqqa erishganimda, dengiz qirg‘og‘idan qimmatbaho tosh topib olgan yosh boladek suyunib ketman, qarshimda esa cheksiz ummon yastanib yotibdi.Dunyoning postnoklassik ilmiy manzarasi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida tabiatshunoslikdagi o‘zgarishlar va nisbiylik nazariyasi yaratilishi dunyoning manzarasi to‘g‘risidagi qarash hamda tasavvurlarni tubdan qayta ko‘rishga sabab bo‘ldi.Dunyoni noklassik manzarasining grafik tasviri sinusoidaning taraqqiyotni aks ettiruvchi bosh chiqqan cheksiz yaqinlashib borishi tarzida ifodalanadi. Bunda ushbu sistemaning rivoji nazarda tutiladi, ammo uning har bir daqiqadasi ma’lum holati muayyan vaqt doirasida aniq namoyon bo‘lishi shart, deb qaralmaydi. Narsa va voqealar jarayoniga bunday yondashilganida, sababiyat tamoyilining yanada murakkab manzarasi hosil bo‘ladi.Sinergetika o‘ziga taraqqiyotning evolyusion tamoyilini asos qilib oldi. Evolyusiyaga borliqning umumiy qonuni sifatida, inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning ifodasi deb qaraydi, taraqkiyot jarayonida beqaror holat bilan barqaror holat o‘rtasidagi aloqadorlikka alohida e’tibor beradi.G. Xakennnng izdoshlaridan biri — 1917 yilda tug‘ilgan, fizika, kimyo va statistik mexanika sohasida mashhur bryussel maktabining tashkilotchisi I. Prigojindir. U belgiya qirolligi fanlar va adabiyot akademiyasining a’zosi, bryussel erkin instituti professori, texas universiteti qoshidagi termodinamika va statistik fizika instituti direktori, nobel mukofoti laureati (1977)dir.I. Prigojin maxsus tadqiqot ishlari olib borish bilan birga fanning falsafiy muammolari va tarixini chukur o‘rgangan. Xozirgi zamon tabiatshunosligida vaqt (zamon) muammosi bilan shug‘ullangan. 300 yildan buyon hukm surib kelgan vaqt (zamon) makon koordinatiga sifat jihatidan aloqasi bo‘lmagan geometrik parametr, deb kelingan edi. Vaqtga bunday qarash, I. Prigojin fikricha, o‘tmish, xozir va kelajak o‘rtasida mohiyat e’tiboran farq yo‘q, deb qarash doirasida tushunchasi nyutoncha dunyoning manzarasiga oiddir.Vaqtning qaytishi tushunchasi mumtoz tabiatshunoslik darajasining natijasi bo‘lib, vaqtning orqaga qaytmasligining tarkibiy qismidir. Biroq vaqtning orqaga qaytishi xususiy hol bo‘lsada, u universallashtirilgan. Prigojin bu hol nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi vujudga kelishi bilan ham deyarli o‘zgarmay qoldi, deb yozadi. Prigojin vaqtning orqaga qaytmasligini fizik vaqt misolida dunyoning yangi manzarasi asosida isbotlab berdi. XX asr fani vaqtning orqaga qaytmasligini qaytadan kashf etdi. Prigojin hayotda bo‘layotgan o‘zgarishlarni, XX asrning kashf etilgan fundamental yutuqlarini, ular to‘g‘risida qarashlarni o‘zgartirish, qayta ko‘rib chiqish, yangicha fikrlash usuli asosida tahlil qilishni ko‘rsatib berdi.E’tiborinGiz uchun raxmatDownload 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling