7-maruza: bo’shliqichlilar (coelenterata) tipi
Download 51.81 Kb.
|
7-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshliqichlilar tipining umuviy tavsifi.
7-MARUZA: BO’SHLIQICHLILAR (COELENTERATA) TIPI (4 SOAT) Ma’ruza rejasi: Boshliqichlilar tipining umumiy tafsifi va klassifikatsiyasi. Gidra misolida gidrapoliplarning tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi. Dengiz gidropoliplari koloniysining tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi. Sifanoforalar, koloniyasining tuzilishi va hayot kechirishi. Scifomeduzalar, aureliya misolida tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi/ Scifomeduzalarning xilma-xilligi va tarqalishi. Korall poliplar sinfi,tuzilishi va hayot kechishi. Korallpoliplarning ahamiyati, rif hosil bolishi. Boshliqichlilarning filogenweyasi. 10.Taroqlilar tipining umumiy tafsifi. Asosiy tushunchalar: radial o’qli simmetriya, otuvchi hujayralar, gastral boshliq, polip, meduza, koloniya, epitelial muskul hujayralar, gidrant, gonangiy, planula, efira, periderma, blastotsel, meduza, gastrovaskulyar sistema, strobila, sifonoglif, mezentral iplar, korall riflari, atolla, septalar. Boshliqichlilar tipining umuviy tavsifi. Bo’ shliqichlilar tipiga 9000 ga yaqin tur kiradi. Ko’pchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi. O’troq, erkin, yakka yoki koloniya bo’ lib yashaydi. Tanasi radial o’qli simmetriyaga ega. Simmetriya soni takrorlanib turadigan organlar soniga bog’liq. Organlar soniga binoan bo’ shliq ichlilar 2, 4, 6, 8 yoki undan ko’ proq simmetriya yuzasiga ega bo’lishi mumkin. Bo’ shliqichlilar - ikki qavatli hayvonlar. Ontogenezda ularning tanasida faqat ikkita qavat, ya’ni tashqi ektoderma va ichki endoderma hosil bo’ladi. Bu ikki qavat mezogleya parda orqali ajralib turadi. Bo’shliqichlilar tanasini odatda bir uchi ochiq, ichi bo’ sh qopga o’ xshatish mumkin. Og’zi bir necha paypaslagichlar bilan o’ralgan. Ozig’i tana bo’shlig’ida hazm bo’ ladi. Hazm bo’lmagan oziq qoldig’i yana og’iz teshigi orqali chiqarib yuboriladi. Embriologiya nuqtai-nazardan bo’ shliqichlilar tanasini gastrulaga qiyoslash mumkin. Hayot kechirish xususiyatiga binoan bo’shliqchililar o’troq yashovchi poliplar va erkin yashovchi meduzalarga ajratiladi. Poliplar odatda koloniya hosil qiladi; meduzalar esa erkin yashaydi. Lekin poliplar orasida ham yakka yashovchi va sekin harakatlanuvchi vakillari bor. Poliplar koloniyasi yangi kurtaklarni ona polipdan ajralib ketmasligi tufayli hosil bo’ladi. Koloniya bir xil poliplardan (monomorf koloniya) yoki har xil poliplar (polimorf koloniya) dan iborat bo’ lishi mumkin. Hamma bo’ shliqichlilarning otuvchi hujayralari bo’ladi. Bo’ shliqichlilar Gidrozoylar, Sifomeduzalar, Korall poliplar sinflariga ajratiladi. Download 51.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling