7-maruza: bo’shliqichlilar (coelenterata) tipi


Download 51.81 Kb.
bet11/11
Sana13.04.2023
Hajmi51.81 Kb.
#1350691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-MARUZA

betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
Ulardan, ikkita uchi berk naylar halqum ikki yoni boylab og’iz teshigi tomonga yo’naladi. Bitta ingichka nay aboral tomonga ko’tariladi. Bu nay ikki marta shoxlanib, to’rtta kalta va ingichka naylarni hosil qiladi. Ulardan ikkitasining uchi berk, ikkitasi esa ayirish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Yana ikkita oshqozon naylari tana o’qiga perpendikulyar yo’nalishda tarqaladi. Ular shoxlanib, ikkitadan juft va bittadan toq naylarni hosil qiladi. Juft naylar yana bir marta dixotomik shoxlanib sakkizta uchi berk meridional naylarga ochiladi. Meridional naylar taroqsimon plastinkalar ostida joylashgan. Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi.
Nerv sistemasi. Taroqlilar nerv sistemasi ektodermal nerv to’ridan iborat. Nerv hujayralari taroqsimon plastinkalar ostida joylashib, aboral qutbga yo’nalgan nerv zanjirini hosil qiladi. Aboral organ murakkab tuzilgan statotsistdan iborat. Uning statoliti kaltsiy karbonat zarrasidan iborat bo’lib, o’zaro yopishgan kiprikchalardan hosil bo’ lgan to’rtta kamarchaga osilib turadi. Ustki tomondan statolit qopqoqcha bilan bekilgan. Statolit kamarlaridan chiqadigan to’rtta egatcha dixotomik shoxlanib, sakkizta taroqsimon plastinkalarga keladi. Aboral organ tana muvozanatini saqlash va harakatni boshqarish vazifasini bajaradi.
Ko’payishi va rivojlanishi. Taroqlilar - germafrodit hayvonlar; faqat jinsiy ko’payadi. Jinsiy bezlari kolbasasimon, gastrovaskulyar sistemasining meridional naylari endodermasi ostida joylashgan. Yetilgan jinsiy hujayralar endodermani yorib meridional naylarga, u yerdan og’iz orqali suvga chiqadi. Urug’langan tuxumlar to’liq, notekis maydalanadi. Ularda ilk bor uchlamchi embrion qavati - mezoderma mezogleyga botib kirgan butsimon plastinka shaklida paydo bo’ladi.
Taroqlilar metamorfozsiz rivojlanadi.


Klassifikatsiyasi. Taroqlilar tipi paypaslagichlilar (Tentaculata) va paypaslagichsizlar (Atentaculata) kenja sinflariga bo’linadi. Ko’pchilik turlari paypaslagichlilarga kiritiladi. Ayrim paypaslagichlilar tanasi yassi tasmaga o’xshash uzun bo’ladi. Masalan, zuhro kamari Cestis veneris uzunligi 1,5 m ga yaqin. Ayrim Taroqlilarning tanasi tana o’qi boylab yassilashgan bo’lib, ular suzishi va og’iz tomoni bilan o’rmalashi mumkin (seloplana - Coeloplana). Ktenoplana deb ataladigan taroqlining taroqsimon plastinkalari bor.
Paypaslagichsizlarning paypaslagichi bo’lmaydi. Ularga misol tariqasida Shimoliy va Uzoq Sharq dengizlarida keng tarqalgan Beroyoni ko’rsatish mumkin.
Filogeniyasi. Kipriklar yordamida harakatlanish taroqlilarning tuban tuzilish belgilari hisoblanadi. Rivojlanish davrida mezodermaning hosil bo’lishi esa ularni tuiban chuvalchanglarga yaqinlashtiradi. Shu sababdan taroqlilar bo’shliqichlilar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deyish mumkin.
Download 51.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling