Zoologiya test 8-13-mavzular
Download 11.9 Kb.
|
7 kl chuvalchang
ZOOLOGIYA TEST 8-13-mavzular 1.Planariyaning ayrish sistemasi nimadan iborat? A) anal teshigidan B) qisqaruvchi vakuoladan C) tana satxidagi maxsus teshikchalardan D) uchi berk naychalar 2. Gidra tanasining ostki tomoni (a) deb ataladi. Tovonning qarama-qarshi tomonida (b) bilan o‘ralgan og‘iz teshigi bor. A) a-oyoq, b-kipriklar B) a-tovon, b-kipriklar C) a-tovon, b-paypaslagichlar D) a-tovon, b-qilchalar 3. Oq planariya qanday hayvonlar bilan oziqlanadi? 1.sodda hayvonlar 2.chuvalchanglar 3.qisqichbaqasimonlar 4.hasharotlarning lichinkalari 5.baliqlarning uvuldiriqlari A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,4,5 4. Yassi chuvalchanglar ichida eng qadimgisi berilgan javobni toping. A)kiprikli chuvalchanglar B) ichaksiz kiprikli chuvalchanglar C) so’rg’ichlilar D) tasmasimon chuvalchanglar 5. Oq planariya nerv sistemasini aniqlang. A) halqa shaklida nerv tolasi, 2 ta nerv B) 1 ta yirik nerv tuguni, ko'p nervlar C) nerv hujayralari, nerv tolasi D) ikkita nerv tuguni, bitta nerv tolasi va mayda nervlar 6. Yassi chuvalchanglarga xos xususiyatlarini belgilang. 1.tanasi nursimon simmetryali 2.tanasi ikki tomonlama simmetryali 3.tana bo’shlig’i yo’q 4.tana bo’shlig’ bor 5.oldingi uchida boshchasi bor 6.boshchasi yo’q 7.ovqat hazm qilish sitemasining uchlari berk 8.ichak uchlari berk emas A) 1,3,6,7 B) 2,3,5,7 C) 2,4,5,8 D) 1,3,5,7 7. Jigar qurti bilan oq planariyaning o’xshashlik belgilarini aniqlang. A) ko’payish va rivojlanishi B) ovqat hazm qilishi C) nerv sistemasi D) ichaklari shoxlanishi 8. Tanasi yassi bargsimon shaklda ikki so’rg’ichli parazit hayvon qaysi sinf qaysi tipga kiradi? A) kipriklilar sinfi, to’garaklilar tipi B) so’rg’ichlilar sinfi, yassi chuvalchanlar tipi C) tasmasimonlar sinfi, yassi chuvalchanglar tipi D) so’rg’ichlilar sinfi, halqali chuvalchanglar tipi 9. Quyidagi berilgan parazit chuvalchanglarning oraliq xo’jayinlari qaysi hayvonlar bo’lishini aniqlang? 1. jigar qurti 2. exonikokk 3.qoramol tasmasimon A) tuyoqli hayvonlar B) suv shillig’i C) qoramol A) 1-A 2- B 3-C B) 1-B 2-A 3-C C) 1-D 2-C 3-B D) 1-B 2-A 3-D 10. Ikki shoxga ajralgan ichakning bo’lishi qaysi hayvonda uchraydi? A) oq planariya B) jigar qurti C) qoramol tasmasimon D) exinokokk 11. Olti ilmoqli lichinka qaysi organizmda rivojlanadi? A) qoramolda B) yirtqich hayvonlarning jigarida C) odam ichagida D) chuchuk suv shillig`ida 12.Askaridaning rivojlanish siklining ketma ketligi to’g’ri berilgan javobni toping. 1. tuxum 2. lichinka 3. namtuproq 4. lichinkali tuxum 5. odamning ichagi 6. qon 7. og’iz bo’shlig’i 8. o’pka A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,3,4,5,2,6,8,7 C) 1,4,5,7,8,6,3,2 D) 1,5,3,4,5,6,8,7,5 13. So’rg’ichli chuvalchanglarning tasmasimon chuvalchanglardan asosiy farqini ko’rsating. A) hazm qilish sistemasining bo’lishi B) nerv sistemasining bo’lishi C) oraliq xo’jayinining bo’lishi D) qon aylanish sistemasining bo’lishi 14. Bo`rtma nematodasi qaysi o`simlika katta ziyon yetkazadi? A) olma, nok, bodring, kanop, qovun B) anjir, anor, olma, bodring, qovun C) kanop, kartoshka, qovun, pomidor, bodring D) baqlajon, piyoz, kartoshka, g`o`za, kanop 15. Olti ilgakchali lichinka hosil qiladigan parazit chuvalchang? A) jigar qurti B) bolalr gijjasi C) askarida D) qoramol tasma 16. Voyaga yetgan qoramol tasmasimoni odam organizmining qaysi qismida parazitlik qiladi? A) qonda B) jigarda C) ingichka ichakda D) o’pkada 17. Qoramol tasmasimon chuvalchangining har bir bo’g’imida qanday jinsiy sistema bo’ladi ? A) bitta tuxumdon, bir juft urug’don, bitta bachadon B) bir juft tuxumdon, bitta bachadon, bir juft urug’don C) bir juftdan bachadon, tuxumdon, juda ko’p urug’don D) bir juft tuxumdon, bitta bachadon va juda ko’p urug’don 18.Tasmasimon chuvalchanglar sinfining vakillari berilgan qatorni belgilang 1.exinokokk 2. qoramol tasmasimon 3.oq planariya 4.jigar qurti 5.cho’chqa tasmasimoni 6.askarida A) 1 2 4 B) 1 3 5 C) 2 3 4 D) 1 2 5 19. Qoramol tasmasimon chuvalchangining oraliq xo’jayini qaysi qatorda berilgan? A) qoramol B) odam C) cho’chqa D) baqachanoq 20. Tasmasimon chuvalchanglar uchun xos xususiyatlarni belgilang. 1. so’rg’ichi to’rtta 2. so’rgichi boshida joylashgan 3. so’rgichi qorin qismida joylashgan 4. ovqat xazm qilish sistemasi rivojlanmagan 5. tanasi bo’g’imlarga bo’lingan 6. jinsiy sistemasi xar bir bo’g’imda takirorlanadi 7. tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan 8. ovqat hazm qilish sistemasi rivojlangan A) 1,2,4,5,6 B) 1,2,6,7,8 C) 2,5,6,7,8 D) 1,3,6,7,8 21. Jigar qurti lichinkalari qachon uchinchi lichinkalik bosqichiga aylanadi? A) tuxumdan chiqqach B) kipriklarini tashlagach C) dum paydo qilgach D) siv shillig'i tanasiga kirgach 22. Askaridaning ayirish sistemasi tuzilishi to’g’ri berilgan qatorni belgilang. A) tana bo’ylab ketgan ikkita uzun naydan iborat B) tana bo’shlig’idagi bir uchi berk naychalardan iborat C) naylar tananing oldingi tomonida birlashib, yagona teshik orqalli tshqariga ochiladi D) tana bo’ylab ketgan ikkita uzun naydan iborat. Naylar tananing ortqi tomonida birlashib, yagona teshik orqali tashqariga ochiladi 23. Tanasi kipriklar bilan qoplangan organizmlarni ko‘rsating? 1) nozema 2) evglena 3) tufelka 4) oq planariya 5) volvoks 6) jigar qurtining tuxumdan chiqqan lichinkasi 7) jigar qurtining suv shillig‘i tanasidan chiqqan lichinkasi A) 1,2,3,4 B) 3,4,5 C) 3,4,6 D) 3,4,6,7 24. Tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaruvchi organizmlarni ko‘rsating? 1) oq planariya 2) jigar qurti 3) gidra 4) askarida 5) medusa 6) aktiniya 7) yomg‘ir chuvalchangi A) 1,2,3 B) 3,5,6 C) 3,4,5,6 D) 1,2,6,7 25. Qoramol tasmasimon chuvalchangi oxirgi bo‘g‘imlari o‘rta bo‘g‘imlardan nimasi bilan farq qiladi? 1) ikkita tuxumdonga ega; 2) ko‘p urug‘donlar bo‘ladi; 3) faqat tuxumga to‘lgan bachadonga ega; 4) ko‘p marta shoxlangan ichagi mavjud A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3 D) 3,4 26. Yassi chuvalchanglarning qaysi sinf vakillari erkin hayot kechiradi? A) kipriklilar B) tasmasimonlar C) so‘rg‘ichlilar D) Barchasi parazit 27. Asosiy xo'jayiniga finna orqali yuqadigan organizmning jinsiy sistemasi qanday rivojlangan? A) tanasining oldingi qismida 2 ta tuxumdon va ko'p urug'don B) jinsiy sistemasi yaxshi rivojlanmagan C) ko'p tuxumdon va ko'p urug'don D) 1 ta urug'don juda ko'p tuxumdon 28. Parazit, yassi chuvalchanglar to'g'ri ko'rsatilgan qatorni belgilang: 1) keng tasmasimon; 2) exinokokk; 3) oq planariya; 4) askarida; 5) bolalar gijjasi; 6) nereida; 7) jigar qurti; 8) qoramol tasmasimon chuvalchang A) 1,4,7,8 B) 1,2,7,8 C) 3,4,5,6 D) 5,6,7,8 29. Tasmasiman chuvalchanglarning qaysi organlari reduksiyaga uchragan va qaysilari murakkab tuzilishga ega? A) nerv, ayirish B) ovqat hazm qilish, jinsiy C) ayirish, nerv D) jinsiy, ovqat hazm qilish 30. Ichak dastlab qaysi organizmlarda paydo bo'lgan? A) kiprikli chuvalchanglarda B) to'garak chuvalchanglarda C) tasmasimon chuvalchanglarda D) so'rg'ichli chuvalchanglarda 31. Hazm sistemasi qorin tomonida joylashgan og'iz teshigidan, halqumdan va uch shoxli uchi berk ichakdan tashkil topgan hayvonni aniqlang. A) jigar qurti B) qoramol tasmasimon chuvalchangi C) oq planariya D) exinokokk 32. Yomg‘ir chuvalchangining halqasimon muskullari qisqarganda qanday o‘zgarish kuzatilishini bеlgilang. A) tanasining uzunlashadi va ingichkalashadi B) tanasining orqa uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi C) tanasining oldingi qismi yo‘g‘onlashadi D) tanasining keyingi qismini tortib oladi va o‘ziga yo‘l ochadi 33. Yomg‘ir chuvalchangining qon aylanish sistemasiga xos bo‘lmagan belgi? A) orqa va qorin qon tomirlar mavjud B) yirik qon tomirlar halqa tomirlar orqali o‘zaro tutashgan C) teri va ichak devorida ko‘p kapillyar tomirlar bo‘ladi D) 2 kamerali yurak 34. Yomg‘ir chuvalchangi tanasining yo‘g‘onlashishini qaysi muskullar ta‘minlaydi? A) bo'ylama muskullar bo‘shashishi B) halqasimon muskullar qisqarishi C) bo‘ylama muskullar qisqarishi D) halqasimon va bo‘ylama muskullar qisqarishi 35. Yomg'ir chuvalchangiga tegishli bo'lgan to'g'ri ma'lumotlar soni nechta? 1) tayanch vazifasini bajaruvchi kalta va ingichka tuklar tuklar tananing har bir bo‘g‘imining orqa tomonida to‘rt juftdan joylashgan, 2) ayirish sistеmasining tana bo‘shlig‘iga ochilgan uchi voronkaga o‘xshash naychalar bilan taminlangan, 3) muskullarining ostida bir qavat bo'lib joylashgan hujayralardan iborat ichki epitеliy qavati tana bo‘shlig‘i dеvorini qoplab turadi, 4) pillasidagi tuxumlardan 6-20 kundan kеyin yosh chuvalchanglar chiqadi, 5) qon oq planariyaning qon harakatiga o'xshab orqa tomir bo‘ylab tananing oldingi tomoniga, qorin tomir bo‘ylab orqa tomoniga oqadi, 6) yomg‘ir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi bor A) 4 B) 1 C) 3 D) 2 36. Quyida bеrilgan hayvonlar qaysi sinfga mansub? 1) oq planariya, 2) exinokokk 3) yomg‘ir chuvalchangi, 4) nеrеida a) kam tukli halqali chuvalchanglar sinfi. b) ko‘p tukli halqali chuvalchanglar sinfi, v) tasmasimon chuvalchanglar sinfi, g) kiprikli chuvalchanglar sinfi A) 1-a; 2-b; 3-b; 4-v B) 1-b; 2-v; 3- a; 4- g C) 1-v; 2- a; 3-b; 4-g D) 1-g;2-v; 3-a; 4-b 37. Halqali chuvalchanglarning kelib chiqishi haqida to'g'ri fikrni ayting. A) ko'p tukli halqali->kam tukli halqali B) halqali chuvalchang->erkin yashovchi qadimgi yassi chuvalchang B) kam tukli halqali->ko'p tukli halqali C) parazit yassi chuvalchang->erkin yashovchi qadimgi yassi chuvalchang D) erkin yashovchi halqali->yassi->kam tukli halqali->ko'p tukli halqali 38. Zuluklarga tegishli bo'lgan javobni toping. 1) umurtqali hayvonlar qonini so'radi; 2) umurtqasiz hayvonlar qonini so'radi; 3) yirtqich hayot kechiradigan vakillari mavjud; 4) halqali chuvalchanglar tipiga mansub, 5) qon aylanish sistemasi yopiq; 6) qon aylanish sistemasi ochiq, 7) ayirish sistemasi ikki uchi ochiq naychalarda iborat; 8) ayirish sistemasi bir uchi berk A) 1,3,4,5,7 B) 1,2,4,5,7 C) 1,4,6,8 D) 1,3,4,6,7 39. O’simliklarda (A) faqat odamlarda (B) odam va hayvonlarda (C) paraztlik qiluvchi chuvalchanglarni juftlab ko’rsating 1.gijja 2.askarida 3.bo’rtma nematoda 4.exinokokk 5.jigar qurti A) a-3, b-4,2, c-1,5 B) a-3, b-1, c-2,4,5 C) a-3, b-2, c-1,4,5 D) a-3, b-1,2, c-4,5 40. Quyidagilardan qoramol tasmasimon chuvalchangi uchun xos bo’lmagan qismni ko’rsating. A) germafrodit bo’g’im B) tuxumga to’lgan bo’g’im C) bo’yin D) ayrim jinsli bo’g’im Download 11.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling