Nerv kletkalarınıń strukturası: dentrit, som, akson, sinaps


Download 254.33 Kb.
bet1/3
Sana06.01.2023
Hajmi254.33 Kb.
#1080808
  1   2   3
Bog'liq
Jasalma 100


  1. Nerv kletkalarınıń strukturası: dentrit, som, akson, sinaps --- Nerv kletkalarining strukturasi: dentrit, som, akson, sinaps. Biologik neyron bu – neyron tanasi (boshqacha, som deb ataladi) dendridlar va aksonlardan iborat nerv hujayrasi bo’lib hisoblanadi. Neyronlar miyaning strukturaviy va funksionla birliklari bo’lib, miyaga keladigan ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyasini bajaradigan maxsus hujayralardir. SOM (yoki hujayra tanasi) – dendritlardan keladigan signallar to’planib qayta ishlanadigan va keyinchalik uzatiladigan joy. Neyron tanasi dendritlar deb deb ataladigan ko’plab qisqa va qalin o’simtalar bilan o’rab olingan. Bu neyron tanasiga ma’lumotlarning kirish nuqtasi bo’lib, ushbu malumotlar neyron to’ridagi mazkur neyrondan oldinroq turgan neyronlardan keladi. Ba’zii neyronlarda dendritlar soni juda ko’p bo’ladi. Shuningdek, faqat bitta dendritga ega bo’lgan neyron ham bor. Impulslarni yoki signallarni o’tkazadigan nerv hujayralarining aloqa nuqtasi kimyoviy yoki elektr signallar o’tkazuvchi sinapslar deb ataladi. Biologik neyronning keying a’zosi akson deb ataladi. U dendritlarga qaraganda uzunroq bo’ladi. Bu neyron tanasidan chiqqan elektrokimyoviy impulsni to’rdagi keying neyronlarga uzatadi. Shunday qilib, neyron ko’pgina dendritlardan kirish signalini oladi, neyron tanasida ular qayta ishlanadi va bitta akson orqali neyron to’rida undan keyin joylashgan neyronlarga uzatadi. Aksonning oxirida chiqish signali bir necha bo’laklarga bo’linib (shoxlanib) undan keying turgan bir nechta neyronlarga uzatilishi mumkin.

  2. Jasalma neyronnıń matematikalıq modeli --- Sun'iy neyron - har qanday sun'iy neyron tarmoqning tashkil qiluvchi tuguni bo’lib, biologik neyronning ancha soddalashtirilgan modelidir. Biologik neyron tarmog'ida sodir bo'layotgan jarayonlarni yaxshiroq tushunish uchun McCulloch va Pitts 1949 yilda neyronning matematik modelini ishlab chiqishgan va u hozir ham qo'llanilmoqda. Matematika jihatidan, sun'iy neyron odatda barcha kirish signallarining chiziqli kombinatsiyasi asosidagi bitta argumentning chiziqsiz funktsiyasi sifatida ifodalanadi. Bu funksiya faollashish funktsiyasi, otish funktsiyasi yoki neyronning uzatish funktsiyasi deb ataladi. Olingan natija neyronning yagona chiqishiga Y yuboriladi. Sun'iy neyronning matematik modeli rasmda ko'rsatilgan.

Bu model amalga oshiradigan funksiya: y = ftrans (∑XiWi + b). Barcha xi kirishlari og'irliklari wi qiymatlariga ko'paytirilib yig’iladi (qo'shiladi) va b qiymati bilan to'ldiriladi. Keyin natija aktivizatsiya funktsiyasi yordamida neyron chiqishiga yuboriladi. Qo’shimcha b-ning qiymati neyronni ishga tushirish uchun ishlatiladi. Yaniy bu koeffisient neyronni faollashish funktsiyasining gorizontal o'q bo'ylab siljishini anglatadi shu sabbab siljitish koeffisenti deb ham nomlanadi va neyronning kirishidagi tasodifiy, o’zgarmas ta’sirni mavjudligini hisobga olib, sezuvchanlik chegarasini shakllantiradi. Siljitishni har doim yuklangan qo'shimcha sinapsdagi signal sifatida qarash kerak (sinapslar - neyronlarning chiqish signallari boshqalarning kirishiga boradigan ulanishlaridir)


  1. Download 254.33 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling