7-maruza: bo’shliqichlilar (coelenterata) tipi


Download 51.81 Kb.
bet3/11
Sana13.04.2023
Hajmi51.81 Kb.
#1350691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-MARUZA

Dengiz gidroid poliplari. Dengiz gidropoliplari juda ko’p individlardan iborat koloniya hosil qiladi (36-rasm). Koloniya kurtaklanish orqali hosil bo’ladigan yosh poliplarni ona polipdan ajralib ketmasdan uning o’zi ham kurtaklanib, yangi poliplar hosil qilishi tufayli vujudga keladi. Bunday yo’l bilan hosil bo’lgan koloniya daraxt yoki butaga o’xshaydi. Koloniya umumiy poyadan va juda ko’p shoxlardan iborat. Har bir shox uchida alohida individ - gidrant joylashgan. Koloniyadagi har bir individ gidraning bitta kurtagiga o’xshab ketadi. Gidrantlar gastral bo’shlig’i koloniya poyasi va shoxlari orqali o’tadigan bo’shliqqa tutashib ketadi. Shuning uchun har bir gidrant tutib olgan oziq koloniya individlari o’rasida tekis taqsimlanadi. Koloniya poyasi yupqa, pishiq pust- periderma bilan qoplangan. Ayrim gidroidlarda periderma gidrant tanasigacha yetsa, boshqalarida pust gidrantni o’rab olgan kosacha - teka hosil qiladi. Bu belgiga asosan gidroid poliplar tekasiz va tekali turkumlarga ajratiladi. Teka polip koloniyasini mustahkam bo’lishini ta’minlaydi.
Gidropoliplar koloniyasi kurtaklanish orqali gidrantlar va blastostil ,ya′ni meduza hosil qiladigan individlarni hosil qiladi. Blastostil shaklan o’zgargan gidrant bo’lib, undan paypaslagichlari va og’iz teshigining bo’lmasligi bilan farq qiladi. Blastostil periderma o’ralgan. Uning uchki qismida qopqoqchasi bor. Blastostil kurtaklanish orqali jinsiy nasl- meduzalarni hosil qiladi. Obeliya koloniyasida meduza ana shunsday hosil bo’ladi. Ko’pchilik gidroidlarda gidrantlar kurtaklanib meduzalar hosil qiladi. Obeliya blastostillarida hosil bo’lgan meduzalar qopqoqcha ochilishi bilan suvga chiqib suzib ketadi. Meduzalar - ayrim jinsli, tanasi soyabon shaklida bo’ladi. ularda jinsiy hujayralar shakllanadi.
Meduzalar nerv sistemasi poliplarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Tanasida tarqoq joylashgan nerv hujayralari bilan birga soyabon chetida nerv hujayralar to’plamidan iborat nerv tugunlari - gangliylar bo’ladi. Nerv gangliylari nerv hujayralari o’simtalari bilan birga yaxlit nerv halqasini hosil qiladi. Nerv halqasi soyabon yelkanchasi muskullari va sezgi organlari ishini boshqaradi.
Meduza soyaboni chetida muvozanat saqlash - statotsistlar va ko’zga o’xshash sezgi organlari joylashgan (37-rasm). Muvozanat saqlash organlari tashqi epiteliyni tana ichiga botib kirishidan kelib chiqqan chuqurchalaridan iborat. Odatda chuqurchalar ektodermadan ajralib chiqib, yopiq pufakcha - statotsistni hosil qiladi. Pufakcha devori sezgir epiteliy hujayralar bilan qoplangan. Pufakcha ichiga bitta yoki bir necha ohak toshchalar - statolitlar ajralib chiqadi. Sezgir hujayralarining sezgir qilchalari toshchalar ta’sirida qo’zg’aladi. Meduzalarning sodda ko’zchalari oddiy ko’z dog’chalari va ko’z chuqurchalari shaklida bo’ladi. Ko’zchalar ko’z chuqurchasi tubida pigmentlashgan hujayralar joy- lashgan.
Meduzalar- ayrim jinsli; jinsiy bezlar soyabon ostida radial naylar yaqinida, yoki og’iz poyachasida ektoderma bilan mezogleya oralig’ida joylashgan hujayralardan iborat. Meduzalar suv oqimi yordamida yoki soyabon cheti va yelkanida joylashgan muskul tolalarining qisqarishi tufayli suzib yuradi. Soyabon va yelkan muskullarining birdaniga qisqarib bo’shashi natijasida soyabon chuqurchasidan suv chiqariladi va unga suv kiradi. Suv soyabon ostidan siqib chiqarilganida meduza qavariq tomoni bilan oldinga suzib ketadi.
Jinsiy ko’ payishi va nasl almashinish. Gidromeduzalar faqat jinsiy yo’l bilan ko’ payadi. Yetilgan jinsiy hujayralar meduza tanasi devorini yorib suvga chiqadi va urug’lanadi.Urug’langan tuxum hujayradan planula lichinkasi chiqadi. Planula oval shaklda; tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Planula suvda bir qancha vaqt suzib yurgach, kiprigini yo’qotib, suv tubidagi presdmetlarga yopishib oladi. Tanasi oral tomonida og’iz teshigi va paypaslagichlar shakllanishi bilan planula polipga aylanadi. Polip o’sib, kurtaklanish orqali yangi koloniya hosil qiladi. Organizmlar hayot siklila jinssiz va jinsiy naslining gallanishi metagenez deyiladi.
Ayrim gidroidlarda nasl almashinuv teskari tomonga yo’nalgan bo’lishi mumkin. Bunday turlarda meduza nasl gidroid nasldan ustun turadi. Gidrozoylar orasida polip stadiyasidan iborat vakillari (gidra) bilan bir qatorda faqat meduzalar holida hayot kechiradigan turlari (Trachylida turkumi) ham bo’ladi. Bunday meduzalar planulasi polipga aylanmasdan yana meduzani hosil qiladi.
Gidrozoylar sinfi bir necha turkumlarni o’z ichida oladi.


Leptolida turkumi vakillari tropik va mo’ ‘tadil iqlimda keng tarqalgan. Nasl almashinishi orqali ko’payadi. Dengiz tubida, suv o’tlari va chig’anoqdar ustida kalin bo’lib o’sadi. Tanasi uzunligi 1 mm dan 1 m gacha bo’ladi. Ko’pchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda (Limnomeduzae turkumi va Graspedacusta avlodi) uchraydi. Yapon dengizi va Kurill orollari yaqinida tar-qalgan butli meduza Gonionemus juda zaharli hisoblanadi. Ayrim o’troq yashovchi turlari korall poliplarga o’xshash ohak skeletga ega bo’ladi.
Trachylida turkumi vakillarining hayot siklida faqat meduza nasli bo’ladi, nasl almashinmaydi. Bu turkumga hamma okeanlarda keng tarqalgan Adlantha avlodi turlari kiradi. Ayrim turlari (masalan, Gunina) Leptolida turkumi turlari hosil qiladigan meduzalarda parazitlik qiladi. Polypodium hydriforme osyotrsimonlar tuxumida parazitlik qiladi.
Hydrida gidralar turkumiga yakka yashaydigan poliplar kiradi. Gidralar nasl almashinmasdan ko’payadi.



Download 51.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling