7-maruza: bo’shliqichlilar (coelenterata) tipi


Ko’ payishi va rivojlanishi


Download 51.81 Kb.
bet6/11
Sana13.04.2023
Hajmi51.81 Kb.
#1350691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-MARUZA

Ko’ payishi va rivojlanishi. Ko’pchilik sifoid meduzalar ayrim jinsli. Jinsiy bezlar taqasimon shaklda, oshqozon kameralari devorida joylashgan. Yetilgan tuxumlar va spermatozoidlar gastrovaskulyar sistema orqali suvga chiqadi. Tuxum hujayralar suvda urug’lanadi. Urug’langan tuxum hujayra to’liq va bir tekis bo’linadi. Gastrulyatsiya invaginatsiya orqali sodir bo’ladi. Gastrulyatsiyaning bu xili yuksak bo’shliqichlilar, ya’ni ko’pchilik stsifoid meduzalar va olti nurli korall poliplar uchun xos. Urug’langan tuxumdan planula lichinkasi chiqadi. Lichinka substratga yopishib, mayda polip ssifistomni hosil qiladi (40-rasm). Stsifistomda asta-sekin paypaslagichlar hosil bo’ladi. Ssifistom kurtaklanib yangi ssifistomlar yoki ayrim turlarda kurtaklar ajralib ketmasdan koloniya hosil qilishi mumkin. Ssifistom ko’ ndalangiga kurtaklanib strobilaga aylanadi. Strobila chetlari chuqur kesilgan bir necha diskdan iborat. Disklar birin-ketin strobiladan ajralib chiqib, yosh meduzalar- efiralarga aylanadi. Efiralardan mayda meduzalar rivojlandi.
Klassifikatsiyasi. Ssifomeduzalar 5 turkumga bo’linadi. Stavromeduzalar (Stauromedusae) turkumiga o’troq yashovchi bir necha tur kiradi. Meduzalar poya-chasi yordamida substratga yopishib yashaydi. Hayot siklida nasl almashinishi bo’lmaydi. Planula lichinkasi bevosita yosh meduzaga aylanadi. Asosiy vakillaridan lyutsernariya (Lucernaria) va Haliclystusni ko’rsatish mumkin.
Kubomeduzalar (Cubomedusae) — mayda meduzalar, soyaboni chetida to’ rttadan ropaliyalari va paypaslagichlari joylangan. Iliq suvli dengizlarning uncha chuqur bo’ lmagan joylarida uchraydi. Ayrim meduzalar, masalan, Avstraliya va Indoneziya qirg’oqlari yaqinida tarqalgan Chiropsalmus meduzasi odam uchun xavfli, uning "kuydirishi" o’limga sabab bo’ lishi mumkin.
Coronata turkumi turlari ko’ p emas, dengizning chuqur qismida uchraydi. Soyaboni halqa egat orqali markaziy diskka va periferik "toj"ga bo’lingan.
Semaeostomeae turkumi soyaboni disksimon yassi, soyabon chetida juda ko’p paypaslagichlari bor. Turkumga deyarli hamma dengizlarda keng tarqalgan aureliya (Aurelia aurita), shimoliy dengizlarda tarqalgan qutb meduzasi (Cyanea capillata) kiradi. Ayrim vakillari (Pelagia) qorong’ida kuchli nur taratadi.
Ildizog’iz meduzalar (Rhizostomida) turkumiga ancha yirik, tropik dengizlarda keng tarqalgan meduzalar kiradi. Soyaboni chetida paypaslagichlari bo’lmaydi. Ozig’ini xartumi orqali filtrlab oladi. Qora dengizda ildizog’iz meduza Rhizostoma pulmo uchraydi. Ayrim turlari tuzlangan holda iste’mol qilinadi.

Download 51.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling