3-amaliy mashgulot: Tovarshunoslik tahlilida qollaniladigan meyoriy hujjatlar. Mashg‘ulotning maqsadi
Download 241.49 Kb. Pdf ko'rish
|
4-3 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaning qoyilishi
- Talaba bajara olishi lozim
- Motivatsiya
3-amaliy mashgulot: Tovarshunoslik tahlilida qollaniladigan meyoriy hujjatlar. Mashg‘ulotning maqsadi: olingan bilim va ko‘nikmalar farmatsevtlarni amaliy ish faoliyatida zarur bo‘lib, tibbiyot texnikasi hamda buyumlarini tovarshunoslik tahlilida sifatini aniqlash, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash, ularning toifalari va turlarini, tuzilishi bilan tanishish va foydalanish imkonini beradi. Masalaning qoyilishi: Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fanini oqitishda qollaniladigan meyoriy hujjatlar bilan tanishtirish va ular bilan ishlashni organish. Talaba bilishi lozim: Standart haqida tushuncha. Standartlash maqsadi va vazifalari. Standartlash sohasidagi me'yoriy hujjatlar toifalari, tibbiyot texnikasi buyumlari sifatini aniqlashdagi ahamiyati: - xalqaro standartlar, - davlat standartlari, - milliy standartlar, - tarmoq standartlari, - korxona standartlari. Tibbiyot buyumlarining sifatiga baho berish usullari: - tashqi ko‘rinishi bo‘yicha baholash, - sinash usullari yordamida. Talaba bajara olishi lozim: Tibbiyot texnikasi buyumlarini etkazib berishda tovar formulyarlari va foydalanish hujjatlari, ularning ahamiyatini o‘rganish. Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik: Mashg‘ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik menejment fani ―Farmatsevtika tashkilotlarni boshharishda xujjatlashtirish va ularning turlari‖ mavzusini o‘zlashtirishda foydalanish mumkun. Motivatsiya: Tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladigan katta assortimentdagi (nomenklaturadagi) tovarlarni jamini har bir mutaxassis bilavermaydi. Hayotda ularni ayrim guruhlari yoki guruhlarni ayrim vakillari bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Ushbu mavzu bo‘yicha olinadigan amaliy bilim va ko‘nikmalar tibbiyot texnikasi va buyumlarini tasnifini aniqlash, me'yoriy texnik hujjatlar turlari va ularni tuzilishini o‘rganish asosida ularni sifatini aniqlay olish, hamda tibbiyot texnikasi buyumlari sifatiga baho berish usullarini o‘rganish bilan birga, ularni etkazib berishda ilova etiladigan me'yoriy hujjatlarni tuzilishi va ulardan foydalana bilishni ko‘nikmalarni egallashdan iborat. Download 241.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling