3-amaliy mashgulot: Tovarshunoslik tahlilida qollaniladigan meyoriy hujjatlar. Mashg‘ulotning maqsadi


Standartlash sohasida me'yoriy hujjatlarning toifalari


Download 241.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana20.09.2023
Hajmi241.49 Kb.
#1682520
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-3 мавзу

Standartlash sohasida me'yoriy hujjatlarning toifalari.  
Standartni ishlatilishiga qarab standartlash organ va xizmatlari turli 
darajaga bo‘linadi:
xalharo standart (davlatlar aro); milliy standart (davlat ichida) 
davlat standarti; tarmoq standarti. O‘zbekiston Respublikasida 
standartlash ishlarini ―Uzstandart‖ davlat Agentligi olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlash –ob'ektlariga 
nisbatan talablarni belgilaydigan me'yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari 
amal qiladi:
- Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligining xalharo standartlari 
(ГОСТ);
- O‘zbekiston Respublikasi standartlari (O‘z RS);
- texnik shartlar (O‘z TSh);
- birlashmalar, firmalar, kontsernlar, korxona va boshqa 
xo‘jalik sub'ektlari standartlari (O‘z S);
- xorijiy 
mamlakatlar 
(GMP, 
ISO, 
xalharo 
Farmakopeyalar, MEK va boshqalar) ning xalharo mintaqaviy va 
milliy standartlari.
Sobiq SSSRning davlat standartlari (ГОСТ) - MDH davlatlarining 
davlatlararo standartlari- Rossiya va boshqa davlatlar tomonidan qabul 
qiingan milliy standartlash idoralari Farmoishi asosida o‘zgartirilmasdan 
ishlatishga ruxsat berilgan. Masalan: 1973 yilda tibbiy asboblar bo‘yicha 
1926-73 ГОСТ belgilab qo‘yilgan, ya'ni asboblarni sinash usullari, 
rusumlash, qadoqlash qoidalari, tashish va saqlash usullari belgilangan. 
Ommabop bog‘lash ashyolari, kesuvchi va qisuvchi asboblar, bir martalik 
shpritslar va h.k. bo‘yicha ham ГОСТ lar mavjud. O‘zbekiston 
Respublikasining davlat standartlari (Qz‘ Dst) – ommabop mahsulotlar 
uchun belgilanadi, O‘zbekiston Respublikasi hududida (Meditsinskie 
izdeliya , 2003 yil 17 martda joriy etilgan) davlat boshqaruv idoralari, 
xo‘jalik Yurituvchi sub'ektlar tomonidan qo‘llanishga majburdir.


Milliy standartlar- respublika standartlash milliy idorasi tomonidan 
qabul qiingan bo‘lib, ular mahsulot, xizmatlarga ishlab chiqariladi. Milliy 
standartlar toifalariga quyidagilar kiritilgan:
Tarmoq standartlari- ushbu sohaning barcha korxonalari
shuningdek ushbu soha mahsulotlaridan foydalanuvchi korxonalar va 
boshqa tarmoqlarga mansub tashkilotlar uchun majburiydir. Masalan, 
tibbiyot texnikasi tarmog‘i tibbiy-texnik vositalarni ishlab chiqaruvchi 
barcha korxonalarni qamrab oladi.
Korxona standarti- korxona tomonidan tayyorlanadi va qabul 
qilinadi. Tovarni ishlab chiqarish jarayonini o‘ziga xos hususiyatlarini 
aks ettiradigan xujjat bo‘lib, o‘z ichida sifatiga qo‘yiladigan talablarni 
mujassam ettiradi (ГОСТ va tarmoq standartlari talablaridan past 
bo‘lmasligi kerak).
Tayyor tibbiy tovarlar sifatini nazorat qilish amalga oshiriladigan 
asosiy me'yoriy hujjat, bu – Texnik shartlar (O‘z TSh) dir. Tibbiy 
buyumlarga nisbatan TSh da quyidagilar belgilanadi:
a) buyumning vazifasi;
b) toifalah;
v) asosiy o‘lchov-hajmlari;
g) texnik talablar;
d) butlanganlik;
e) qabul qilish qoidalari va sinov usullari;
j) rusumlash, qadoqlash va saqlash.

Download 241.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling