Glyukoza katabolizmi va glyukoneogenez. Pentozafosfat yo’lining ahamiyati Reja
Download 23.92 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glyukozaning katabolizmi
- Uglevodlarning aerob yo‘l bilan oksidlanishi va uning fiziologik ahamiyati
Glyukoza katabolizmi va glyukoneogenez . Pentozafosfat yo’lining ahamiyati Reja: l. Jigarda glikoliz va glikoneogenezni boshqarilishi. 2. Katexolaminlarvaglyukokortikoidlarninguglevodlar almashinuviqa ta'siri Glyukozaning katabolizmi Glyukoza to‘qimada asosan kislorod ishtirokida hamda kislorodsiz sharoitda parchalanishi mumkin. Buning uchun glyukoza avvalo geksokinaza fermenti ta’sirida, ATF sarflanishi bilan glyukoza-6- fosfatga aylanadi. Faollashgan glyukoza-6-fosfatni taxminan 65% to‘qimada parchalanadi; 30% yog‘ga, 5% esa glikogenga aylanadi. Glyukozaning parchalanishi 3 xil yo‘l bilan yuz beradi: a) aerob (kislorodli) parchalanish; b) anaerob (kislorodsiz) parchalanish; d) pentozofosfat (apotomik) parchalanish. Uglevodlarning aerob yo‘l bilan oksidlanishi va uning fiziologik ahamiyati Aerob (kislorod ishtirokida) parchalanishning oxirgi mahsuloti CO2 , I bosqich – Glikolitik bosqich – glyukozaning pirouzum kislotasiga parchalanishi; II bosqich – Piruvatning oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi va atsetil KoA hosil bo‘lishi; III bosqich – Krebsning uch karbon sikli va elektronlar o‘tkazish zanjiri. Birinchi bosqich glyukoza katabolizmining individual parchalanish yo‘li bo‘lib, II va III parchalanish bosqichlari «modda almashuvining umumiy yo‘llari» deb yuritiladi. Modda almashuvinig umumiy yo‘llari avval mukammal o‘tilgan. I bosqich sitozolda, II va III bosqichlar mitoxondriyalarda kechadi. Aerob oksidlanish glyukozaning asosiy parchalanish yo‘li, chunki inson va hayvonlar aerob organizmlardir; hamda energetik nuqtai nazardan bu yo‘l eng samaralidir. Bir molekula glyukoza aerob oksidlanishida 38 molekula ATF hosil bo‘ladi. Buning 8 molekulasi – glikolitik (I) bosqichda; 6 molekula – piruvatning oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanish (II) bosqichda; 24 molekulasi esa – Krebs sikli (III) bosqichda yuzaga keladi (57-rasm). Download 23.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling