Glyukoza katabolizmi va glyukoneogenez. Pentozafosfat yo’lining ahamiyati Reja


Biotin va uning uglevod almashinuvidagi vazifasi


Download 23.92 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi23.92 Kb.
#1331214
1   2   3   4   5
Biotin va uning uglevod almashinuvidagi vazifasi
Biotin (H vitamini) piruvatkarboksilaza fermentining faol markazi
tarkibiga kiradi. Piruvat karboksilaza fermenti piruvatni karboksillanishi
reaksiyasini katalizlaydi va oksaloatsetat hosil bo‘ladi. Biotin fermentga
CO2 biriktirib, «CO2-ning faol shakli» yuzaga keladi.
Biotin karboksilaza fermentining kofermenti vazifasini bajaradi va
piruvat, a-ketoglutarat, aspartat kislotalarining karboksillanishi
reaksiyasida qatnashadi. Shuning uchun, biotin avitaminozida
yuqoridagi kislotalarni karboksillanishi buzilib, ko‘p simptomli
kasalliklar yuz beradi. Masalan: terilarning yallig‘lanishi, soch to‘kilishi,
yog‘ bezlaridan ko‘p miqdorda yog‘ ajralishi (seboreya) va boshqalar.

Glikoliz va glyukoneogenezning allosterik

 boshqarilishi
Glikoliz va glyukoneogenezning tezligi:
1. Birlamchi substratning konsentratsiyasiga.
2. Hujayraning energetik zaryadiga (ATF, ADF, AMF lar miqdori).
3. Ba’zi substrat va metabolitlarga bog‘liqdir.
Glikoliz va glyukoneogenezning allosterik fermentlari bo‘lib, ular
maxsus faollashtiruvchi va ingibitorlar ta’sirida bu ikki jarayonni
regulyatsiya qilib turadilar. Glyukozaning parchalanishi va sintezlanishida
qatnashadigan hujayra regulyatorlariga quyidagi substrat va metabolitlar
kiradi: hujayrada glyukoneogenezning tezligi oksaloatsetatni
konsentratsiyasiga bog‘liq.
Alanin piruvatkinaza fermentining manfiy allosterik modifikatori
bo‘lib, FEP hosil bo‘lishini sekinlashtiradi.
Sitrat fosfofruktokinaza fermentini manfiy allosterik modifikatori,
glikolizning boshlang‘ich bosqichlarini sekinlashtiradi.
Atsetil-KoA piruvatkinazani faolligini susaytiradi va
glyukoneogenezni tezlashtiradi. Yuqori molekulali yog‘ kislotalari
Glyukoneogenezni tezlashtiradi (chunki fruktoza-difosfotaza fermentining
allosterik modifikatoridir) va glikolizni to‘xtatadi (chunki piruvatkinaza
hamda fosfofruktokinazalarning faolligini pasaytiradi).
Fruktoza-1,6-difosfat glikolizni tezlashtiradi, chunki piruvatkinaza
fermentining musbat allosterik modifikatoridir.
Adenilnukleotidlar AMF, ADF, ATF allosterik regulyatorlik vazifasini
o‘taydi, hujayrada ATF-ning miqdori kamayib, ADF va AMF larning
miqdori ko‘payganda glikoliz tezlashadi: glyukoneogenez esa
sekinlashadi. Chunki, AMF va ADF ning miqdori ko‘payishi
fosfofruktokinaza fermentining faolligini oshiradi; ATFning miqdorining
ko‘payishi esa piruvatkinaza fermentlarining faolligini pasaytiradi.
Shunday qilib, hujayrada energiyaning kamayishi glyukoneogenezni
to‘xtatadi va glikolizni tezlashtiradi; aksincha, hujayrada energiyaning
ko‘payishi esa glikolizni to‘xtatib, glyukoneogenezni tezlashtiradi.


Download 23.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling