Glyukoza katabolizmi va glyukoneogenez. Pentozafosfat yo’lining ahamiyati Reja
Glikoliz vaglyukoneogenezningo‘zarobog‘liqligi (Kori sikli)
Download 23.92 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glyukozaningpentozofosfatsiklida(apotomik yo‘l) parchalanishi va uning fiziologik ahamiyati
Glikoliz vaglyukoneogenezningo‘zarobog‘liqligi (Kori sikli)
Organizmning ayrim to‘qimalarida uglevod almashinuv jarayonlari bir-birlari bilan bog‘liq holatda, ya’ni bir-birlarini to‘ldirib boradilar. Masalan, muskul to‘qimasi faol ishlashi natijasida glikogen laktat kislotasiga parchalanadi. Hosil bo‘lgan laktat qon bilan jigarga boradi va glikoneogenez jarayoni natijasida glyukozaga aylanadi. So‘ng esa glyukoza jigardan, qon orqali yana muskul to‘qimasiga kelib, ma’lum miqdori glyukogenga aylansa, ma’lum miqdori energetik material sifatida muskullarda parchalanadi va laktat hosil qilishi mumkin. Bu to‘qimalararo (organlar) boshqarilish siklini Karl va Gerta Korilar (er-xotin) ochgan bo‘lib, hozirda bu kashfiyot «Kori sikli» deb nomlanadi. Bu ilmiy ishlari uchun ular Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar (61-rasm). So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Kori sikli» anaerob organizmlarda doimiy bo‘lib, inson organizmida juda kam ro‘y beradi. Chunki hosil bo‘lgan laktatni asosiy miqdori muskul to‘qimasi (ish bajarmagan) holatida oksidlanib, glyukoza va so‘ng glikogenga aylanadi. Glyukozaningpentozofosfatsiklida(apotomik yo‘l) parchalanishi va uning fiziologik ahamiyati Glyukozaning pentozofosfat hosil qilish yo‘li bilan parchalanishi hujayra sitoplazmasida yuz beradi. Pentozofosfat sikli yoki apotomik parchalanish yo‘lining ochilishi Varburg, Linman, Dikkens va V.A. Engelgardtlarning nomi bilan bog‘liédir. Ular hayvon hujayrasida (masalan, eritrotsitlarda) geksozafosfatning ikki fosfotriozaga parchalanmasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanishini ko‘rsatib berganlar. Bu yo‘l bilan glyukozaning parchalanishi asosiy – aerob parchalanishdan glyukoza-6-fosfat hosil bo‘lishi bosqichidanoq farqlana boshlaydi. Agar aerob parchalanishda glyukoza-6-fosfat fruktoza-6- fosfatga, bu esa fosforlanib, fruktoza-1,6-difosfatga aylansa, pentozofosfat siklida glyukoza-6-fosfat to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanib, ÑO2 ajratib chiqaradi va pentozofosfatga aylanadi. Shuning uchun, «pentozofosfat sikli»ni «uglevodlarnig to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanishi» ham deyiladi.Uglevodlarning pentozofosfat sikli bo‘yicha parchalanishda birdaniga 6 molekula glyukoza-6-fosfat glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza fermenti (kofermenti NADF+) ta’sirida oksidlanib (6 mol NAD·H2 hosil qilib) 6 molekula 6-fosfoglyukonolaktonga aylanadi. Bu esa fosfoglyukonolaktonaza fermenti ta’sirida 6 molekula H2O biriktirib, 6 molekula fosfoglyukonat hosil qiladi. Fosfoglyukonatdegidrogenaza(kofermenti NADF+) fermenti ta’sirida esa 6 molekula CO2 va 6 molekula NAD·H2 ajralishi natijasida 5 fosfoglyukonat 6 molekula ribuloza-5-fosfatga aylanadi. Bu esa oraliq 3 «C», 4 «C», 7 «C» limetabolitlar (triozalar, tetrozalar, sedageptulozalar) paydo qilib bir molekula H2O biriktirilishi bilan, 2 molekula fosfat kislota va 1 mol pentoza (riboza) hamda 5 molekula glyukoza-6-fosfat bunyod qiladi.Pentoza-6-fosfat siklida uglevodlarning parchalanishi quyidagi maltoza hamda laktozalarning hazmlanishi buziladi. Bu esa sut va sutli ovqatlar iste’mol qilganda ich ketish (diareya), qayt qilish kabi hollarni keltirib chiqaradi. Bu nasliy kasallik bo‘lib, bunda yuqoridagi disaxaridlarni va ularni tutuvchi mahsulotlarni, jumladan, hatto ona sutini ham bolaning kundalik ratsioniga kiritmaslik lozim. Fruktoza va galaktozalarning asosiy qismi geksokinaza, izomeraza (va boshqa) fermentlar ta’sirida glyukozaga aylanadi (63-rasm). Ammo ma’lum miqdor galaktoza va fruktozalar sorilib, qon bilan jigarga va periferik to‘qimalarga o‘tadilar. Ular to‘qimada maxsus yollar bilan almashinib, so‘ng glikolitik parchalanishga qoshiladi. Masalan, fruktoza quyidagi ikki yo‘l bilan parchalanadi. Birinchi yo‘l spetsifik bo‘lmagan keto-geksokinaza fermenti ta’sirida, ATF ishtirokida fruktoza-6-fosfatga aylanadi va so‘ng glikolitik yo‘l bilan.Ikkinchi yo‘l katta fiziologik ahamiyatga ega bo‘lib, bunda fruktoza fosfofruktokinaza fermenti ta’sirida (ATF ishtirokida) fruktoza-1-fosfatga aylanadi, bu fruktoza-1-fosfat aldolaza ta’sirida glitseraldegidi va dioksiatsetonofosfatga parchalanadi, ular ham glikolitik yo‘l bilan parchalanadilar. Agar jigarda fruktoza-1-fosfataldolaza fermentining sintezlanishi kamaysa, qonda fruktozaning miqdori ko payadi va hatto siydik bilan ham ajraladi. Fruktoza-1-fosfatning yigilishi jigarga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Natijada jigar shishadi, splenomegaliya yuz beradi, ba’zan esa sariq kasalligi yuzaga keladi. Bu irsiy kasallik hisoblanib, yosh bolalarda uchraydi va fruktozani singdira olmaslik vujudga keladi. Ammo vaqt o‘tishi bilan, bola organizmi osishi natijasida bu kasallik sekin-asta tuzalib ketishi mumkin. Ungacha esa, saxaroza va fruktoza iste’mol qilish man qilinadi.Galaktoza esa jigarda galaktokinaza ta’sirida fosforlanib (ATF hisobiga) galaktoza-1-fosfat, so‘ng u UDF-glyukoza bilan reaksiyaga kirishib (galaktoza-1-fosfaturidiltransferaza fermenti ta’sirida) UDF- galaktozaga aylanadi. Bu esa UDFglyukoza epimeraza fermenti ta’sirida UDF-glyukozaga aylanadi. Bular glikogen, laktoza, serebrozidlar va glikoaminglikanlar (monosaxaridlar) sintezlashida qatnashadi Galaktoza-1-fosfat uridiltransferaza fermenti ona suti bilan oziqlanadigan bolalarning jigarida bo‘ladi. Katta yoshli insonlar jigarida UDF- galaktozapirofosforilaza fermenti bo‘lib, u UTF ishtirokida UDF- galaktoza hosil bo‘lishini katalizlaydi. Ba’zan organizmda galaktoza almashinuvini tartibga solib turuvchi fermentlar sintezlanishini ta’minlaydigan genlarni mutatsiyaga uchrashi roy berib, bu fermentlar sintezini toxtashiga sabab bo‘ladi. Natijada galaktoza almashinuvi ham buziladi. Bunda deyarli hamma vaqt Galaktozani fosforlanib (galaktolinaza fermenti ta’sirida va ATF sarflanishi bilan) Galaktoza- 1-fosfatga aylanishi katalizlovchi ferment galaktoza-1- fosfaturidiltransferazani sintezlanishi buzilishi natijasida galaktozani miqdoriqondaortishi galaktozemiya deyiladi.Galaktozemiya bola organizmini rivojlanishini buzilishga, sariq kasalligi, jigar sirrozi, aqliy zaiflikka olib keladi. Bu kasallik yosh bolalarda (1-2 yoshgacha) uchrab, bunda galaktozemiyaning ogir oqibatlarini bartaraf etish uchun bolani kundalik ovqati tarkibiga sut qoshmaslik lozim. Galaktozemiyani aniqlash uchun eritrotsit tarkibida spetsifik fermentni faolligini aniqlash lozim. Download 23.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling