MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
MAVZU: Bolalar oziq-ovqati doʻkoni ochish:
Bajardi: Annabayev Rustam
TOSHKENT 2023
Biznes gʻoya: Bolalar oziq-ovqati doʻkoni ochish: “Kids Plate” doʻkoni buni qanday boshlagan va qay tariqa filiallar sonini oltitaga yetkazgan?
Hozirgi kunda doʻkon peshtaxtalarida bolalar oziq-ovqatlari va kundalik mahsulotlari asosan chetdan olib keltirilgan brendlar mahsuloti hisoblanadi. Koʻpchilik yosh onalar oʻz farzandlariga faqat yuqori sifatli mahsulotlarni unchalik qimmat boʻlmagan narxlarda sotib olishni istaydi. Ammo bozordagi takliflar shuni koʻrsatadiki, u yerda mahalliy brendlarning mahsulotlari deyarli yoʻq. Yarim tayyor oziq-ovqatlarni sifatiga esa bolalar uchun sotib olishga shubha bilan qarashadi. Bugungi maqolamizda aynan shu muammo yechimini topgan “Biznes Rivoj” onlayne jurnali uchun bergan maxsus intervyusida, qanday qilib oʻz oshxonasiga ega bolalar doʻkonini ochish gʻoyasi tugʻilgani va uni amalga oshirishdagi oʻz tajribasi bilan boʻlishdi.
Oʻz oshxonasiga ega doʻkon tashkil qilish gʻoyasi paydo boʻlishi
Men har bir mahsulotning tarkibini juda sinchkovlik bilan oʻrganardim. Ularni yaxshi tushunish uchun shu yoʻnalishdagi juda koʻplab kitoblar oʻqidim va kurslarda ham tahsil oldim. Men har bir mahsulotni tabiiy va iloji boricha uy sharoitida yetishtirilgan boʻlishini juda xohlardim. Shu tariqa menda shaxsiy ferma tashkil qilish va u yerda uy tuxumlari, hayvonlar goʻshtini yetishtirish gʻoyasi paydo boʻldi. Ammo men uy hayvonlarga mehrim tufayli ularni soʻyishga ruxsat berolmadim va har bir ishni oʻz ustasi bajargani yaxshi degan fikrga keldim.
Hozirgi kunda yosh onalar kun tartibi juda tigʻiz va ularning har kuni farzandlariga taom tayyorlashga vaqt ajratishlari qiyinlashib bormoqda. Shu tufayli menda ularning ogʻirini yengil qilish uchun faqat tabiiy va organik mahsulotlardan tayyorlangan yarim tayyor, muzlatilgan ovqatlar tayyorlab sotish gʻoyasi tugʻildi.
Avvaliga barcha taomlarni oʻz uyim oshxonasida, oshpazimiz bilan birgalikda tayyorlab sotishni boshladik. Doʻkonimizda onalar talabiga asoslanib yana qoʻshimcha bolalarlar mahsulotlari, gigiyenik vositalarini sotuvini ham asta sekinlik bilan yoʻlga qoʻyib bordim. Bizning asosiy assortimentimiz bu quyon goʻshti, baliq goʻshti va mol goʻshtidan tayyorlangan kotletlar va baʼzi xamir ovqatlar edi. Aynan quyon goʻshtidan tayyorlangan teftel va kotletlarimiz bizni koʻpchilikka tanitgan. Koʻpchilik onalar tomonidan oshxonamiz juda iliqlik bilan kutib olingan. Ular uchun ovqat tayyorlashga boʻlgan vaqtni tejash va qoʻshimcha yumushlarga vaqt ajratish uchun juda katta yordam edi.
Men doʻkonga tashrif buyuruvchilar bolalari uchun zarur boʻlgan barcha mahsulotlarni bir joyning oʻzida sotib olishlarini va ular uchun eng maqbul narxlarni tashkil etishni xohladim. Biz shuningdek, baʼzi bolalar mahsulotlari distributsiyasi bilan shugʻullanganmiz. Ularni butun shahar boʻylab ulgurji narxlarda tarqatamiz. Shu tufayli men oʻz doʻkonlarimizda xaridorlarimiz uchun eng yaxshi narxlarni taklif qilish imkoniyatiga egaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |