Mavzu: Bolalar oziq-ovqati doʻkoni ochish


Bizning asosiy qadriyatimiz bu sifat va tabiiylik


Download 174.8 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi174.8 Kb.
#1462335
1   2   3
Bog'liq
Annabayev Rustam biznis reja

Bizning asosiy qadriyatimiz bu sifat va tabiiylik
Men har doim oʻz farzandlarim uchun ishlatishim mumkin boʻlgan yuqori sifatdagi tibbiy mahsulotlarni taklif etaman. Va buni qattiq nazorat qilib boraman. Oshxonamiz bu biznesimiz yuragi. Men uchun u yerdagi sistema va sifat nazorati birinchi oʻrinda turadi. Bosh oshpazimiz biznesning eng boshida men bilan uyimdagi oshxonada ish boshlagan ayol boʻlib, u mana koʻp yillardan buyon biz bilan hali ham ishlab kelmoqda. Bizning qadriyatlarimizni, maqsadlarimizni tushunadigan va biznesni oʻsishida manfaatdor boʻlgan ishchilar men uchun juda muhim.
Biznesning kengayishi
Mahsulotlarimizga boʻlgan talabning oshishi bizni yana boshqa nuqtalarda ham doʻkonlarni ochishga undadi. Shu tariqa biz ikkinchi doʻkonimizni ishga tushirdik. Bu yangi nuqtadagi mijozlar va qoʻshimcha talabni qondirishga yordam berdi. Shu tariqa biz bir nechta yangi doʻkonlarni shaharning turli nuqtalarida ochishni boshladik. Umumiy hisobda 11 ta doʻkon ochgan boʻlsak, hozirda ularning 6 tasi faoliyat yuritib kelmoqda. Bunga sabab baʼzi nuqtalardagi binolarning yopilishi, ijarachilar bilan kelishmovchiliklar, pandemiya va albatta notoʻgʻri joylashuvlarni tanlash boʻlgan.
Shu oʻrinda biznesni kengaytirishda bilishingiz zarur boʻlgan tamoyillar bilan boʻlishaman:
• Eng avvalo talabni oʻrganish va bunga toʻliq tayyorligingizni his qilgandagina kengaytirish va yangi filiallar ochish qarorini qabul qilish.
• Bitta nuqtani va bir nechta filiallarni boshqarish bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun biznesingizni toʻliq sistemalashtiring. U sizning toʻliq aralashuvingizsiz ham sifatli faoliyat yuritishiga koʻzingiz yetgandagina uni kengaytiring. Sifatning tushib ketishi brendingiz obroʻsiga putur yetkazishi va talabning keskin tushishiga olib kelishi mumkin.
• Savdo nuqtalarini tanlayotganda ehtiyotkorlik bilan yondashing. Oʻz maqsadli auditoriyangizni yaxshi oʻrganing va ularning istiqomat qiladigan va koʻp tashrif buyuradigan joylarida yangi nuqtalarni oching.
• Ijara shartnomasini tuzayotgan barcha shartlarni va vaziyatlarni diqqat bilan oʻrganing. Turli vaziyatlarni oldindan koʻrishga va qanday yoʻl tutishni yaxshilab oʻylab chiqing.

Download 174.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling