Biznesning yangi yoʻnalishlari. Yangi uslubdagi “Welcome Baby” doʻkonini ochilishi
Doʻkonimizga tashrif buyuruvchilar va ijtimoiy tarmogʻimiz obunachilari tahlili bizga shuni koʻrsatdiki, asosiy mijozlarimiz, farzandi 6 oylikdan oshgan ota-onalar. Shu oʻrinda bizda, yangi maqsadli auditoriyani ham jalb qilish istagi tugʻildi. Bu homiladorlik bosqichida va farzandi bir yoshga toʻlmagan onalar. Bu qatlamdagi mijozlarni jalb qilish bizga “Kids Plate” uchun potensial mijozlarni eng boshidan sodiqligini oshirishga biz bilan boʻlishlariga erishish edi.
Bu qatlamdagi xaridorlar asosan yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun zarur boʻladigan kiyim kechak, gigiyena vositalari, shuningdek, texnika va yotoq mebellari bilan qiziqadi. Shu tarzda bizda yangi formatdagi “Welcome Baby” doʻkonini ochish ishlari boshlanib yuborildi. Biz yosh onalar va homiladorlik bosqichida boʻlgan ayollar uchun zarur barcha narsalar sotuvini yoʻlga qoʻydik.
Ushbu yoʻnalishda biz hali yangimiz va bu yoʻnalishda raqobat juda katta. Oʻrganadigan narsalarimiz koʻp. Lekin yangi boʻlishimizga qaramasdan, allaqachon yetarlicha mijozlar bazasiga va sodiq mijozlarga egamiz. Bu biz uchun katta koʻrsatgich. Bu shuningdek, strategik kengayish uchun qoʻyilgan muhim va toʻgʻri qaror deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |