6-Mavzu. Dasturxon tuzash texnologiyasi


Download 1.55 Mb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1761653
  1   2
Bog'liq
Дастурхон тузаш технологияси

Dasturxon tuzash qoidalari texnologiyasi

  • Reja:
  • 1. Dasturxon tuzash tartibi.
  • 2. Bayram dasturxonini tuzash.
  • 3. Xayit dasturxonini tuzash.

Dasturxon tuzash qoidalari texnologiyasi

Dasturxon bezash-pazandachilik san’ati va mehmon kutish odatining tarkibiy qismi. Tayyor taomlarni did bilan dasturxonga tortish va xо‘rak asboblari (qoshiq, sanchqi, pichoq va boshqalar)ni joy-joyiga qо‘yib, ziyofat uchun qulay sharoit hozirlash ham san’at hasoblanadi. Sharoitga qarab dasturxon chorpoyada, xontaxta yoki stol ustida, sо‘rida tuzatiladigan bо‘lsa, chor atrofiga kо‘rpachalar solinib, yonboshlash uchun, yostiqlar qо‘yiladi. О‘rtaga xontaxta qо‘yilib, ustiga dasturxon yoziladi. Ayniqsa, katta ziyofat, tо‘y, bayram dasturxonlari о‘ziga xos qoidaga muvofiq tuziladi. Stollar maydondagi sharoitga qarab “Г”, “T”, “П”, “Ш” shakllarda joylashtiriladi, atrofiga stullar qо‘yiladi. Yoyiladigan dasturxonning rangi qо‘yiladigan idishlarga mos tushmog‘i lozim.

Дастурхон тузаш тартиби

  • Dasturxon tuzash ma’lum bir ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Turli xil dasturxon tuzashdagi umumiy jihatlaridan biri idish va asboblarni sochiq bilan artib tayyorlanishidir. Tuzashdan avval dasturxonni shunday yozish kerakki, bunda dasturxonning o’rtasi stol markazida bo’lib, stolning barcha tomonlaridan dasturxon bir tekisda tushib turishi kerak.
  • Shundan so’ng dasturxon tuzash boshlanadi: likopcha qoyilib, kerakli asboblar joylanadi. Tuzashdagi har bir element dasturxonda o’z joyiga ega bo’lishi kerak. Masalan, likopchani har bir mehmon uchun stul to’g’risiga stol qirrasidan 2 sm masofada ichkariga qoyiladi.
  • Oshxona asboblari likopchaning o’ng va chap tomonlariga qoyiladi. Pichoqning o’tkir tomoni likopchaga qaratib o’ng tomonga, sanchiqning uchlarini yuqoriga qaratib likopchaning chap tomonga, qoshiqni esa doimo o’ng tomonga qabariq tomonini yuqoriga qaratib qoyiladi. Desert asboblarni likopchaning yuqori tomoniga likopchadan stol markazi tomonga pichoq, sanchiq va qoshiq tartibida qoyiladi. Fujer likopchaning yuqori o’ng tomoniga, qo’l sochig’i likopchaning ustiga chiroyli shakl berilib, qog’oz salfetkalar esa maxsus idishga joylashtiriladi. Maxsus idishdagi ziravorlar stol markaziga yaqinlashtirib qoyiladi.
  • Rangli sochiq-dasturxon komplekti har kuni foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Yuvish va dazmollashdan keyin qolishi mumkin bo’lgan, ko’rinadigan dog’ izlari va yirtilgan sochiq-dasturxonlardan foydalanmaslikka e’tibor berish kerak. Shuning uchun dasturxon va yakka salfetkalardan foydalanganda qo’shimcha qog’oz salfetkalarni ham stol ustiga qoyish tavsiya etiladi.
  • Salfetkalarni taxlash usullari
  • Stollar servirovkasida ishlatilgan dasturxon va salfetkalarning ko’rinishi insonni did bilan dasturxon tuzashga ilhomlantiradi.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling