Glyukoza katabolizmi va glyukoneogenez. Pentozafosfat yo’lining ahamiyati Reja
Glikogenning fiziologik ahamiyati
Download 23,92 Kb.
|
Glikogenning fiziologik ahamiyati
va metabolizmi Glikogen (hayvon kraxmali) glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan polimer bo‘lib, bunda glyukozalar ozaro 1-4 va 1-6 glikozid bog‘lar yordamida bog‘lanadilar va natijada shoxlangan glikogen molekulasi hosil bo‘ladi. Qonda glyukozaning miqdori iste’mol qilingan uglevodlar hisobiga ortganda, glyukozadan glikogen sintezi tezlashadi. Muskul to‘qimasining glikogeni esa jigar glikogeniga nisbatan kechroq parchalanadi. Glikogen deyarli hamma to‘qimalarda (hatto yog‘ to‘qimasida) uchrab, uning parchalanishi va sintezlanishi toxtovsiz davom etadi. Shu glikogenning miqdori jigarda ma’lum turg‘unlikka ega. Och qoldirilgan hayvonlar jigarida 24 soat ichida hamma jigar glikogeni parchalanib ketadi, chunki u asosiy energetik manbadir. Hayvonlar organizmidagi deyarli hamma to‘qimalar glikogen sintezlay oladi, ammo glikogen biosintezi asosan jigar va skelet muskullarida boradi. Bunda glyukoza fosfoglyurokinaza fermenti ta’sirida, ATF ishtirokida (fosforlanish reaksiyasi borib) glyukoza- 6-fosfatga aylanadi: u fosfoglyukomutaza ta’sirida glyukoza-1- fosfatga, so‘ng glyukoza-1-fosfat-uridiltransferaza ta’sirida va UTF ishtirokida (pirofosfat ajratib), UDF glyukozaga: bu esa glikogen sintetaza fermenti ta’sirida va hali sintezlanib bo‘lmagan glikogen ishtirokida (UDF ajratib) glikogenga aylanadi: Download 23,92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling