Jigar, va o't yo'llari kasalliklarida bemorlarni tekshirish
Download 410.4 Kb.
|
Jigar
Jigar, va o't yo'llari kasalliklarida bemorlarni tekshirish. Jigarning surunkali diffuz shikastlanishi - surunkali gepatit va jigar sirrozi, hamda xolesistit (toshli va toshsiz ) va xolangit jigar va o't yo'llari kasalliklari ichida eng katta axamiyatga ega. Bundan tashqari jigarning o'choqli shikastlanishlari uchraydi ( exinokokk, jigar absessi, o'sma ), hamda irsiy o'tadigan kasalliklar ham ( gepatoserebral distrofiya, irsiy gemoxromatoz, αl - antitripsin) tanqisligi. Tekshirish. So'rab-surishtirish. Shikoyatlari. O'ng qovirg'a ostida og'riq, yoki og'irlik va bosim sezish. Og'riq jigarni yopib turuvchi qorin pardani ta'sirlanishidan ( perigepatit, perixolesistit ) yoki jigar kapsulasini cho'zilishidan kelib chiqadi. O't yo'llari diskeniziyasida, o't qopining silliq muskul xujayralarining spastik qisqarishida ham og'riqlar kelib chiqadi. Xolestaz bo'lganda teri qichishi kuzatiladi. Qusuqda yoki najasda qon kelishi. Odatda qizilo'ngachning varikoz kengaygan venalari yorilib ketganda qusuq bilan qizil qon keladi, yoki najas qora bo'lib keladi ( melena). Sarg'ayish. Bu jigar kasalligining ko'rinishiga hos belgilardan biri. Bu vaqtda biz bemorga quyidagi savollar bilan murojaat qilishimiz kerak. Qachon sarg'ayish paydo bo'ldi ? Qorinda og'riq, anoreksiya, ko'ngil aynish, qusish bo'ldimi-yo'qmi ? Isitma, qaltirash, teri qichishi, ozish kuzatildimi yo'qmi ? Qanday dori preparatlari va nima maqsadda ichgan ? Siydik va najas rangi qanday ? Bemor ichkilik ichadimi va qancha miqdorda ? Umumiy xarakterga ega bo'lgan shikoyatlariga ishtahaning pasayishi, tez charchash, bosh og'rig'i, impotensiya va x.k. kiradi va bular organizmning zaxarlanishi natijasida yuzaga keladi. ( jigar entsefalopatiyasi ), zaxarlanish kuchayganda uyqu buziladi ( kechasi uxlamay, kunduz kuni uxlaydi ), so'ngra xushini yo'qotadi (jigar komasi). Anamnez. Bemor anamnezida " epidemiologik " anamnezni aniqlash juda zarur. Masalan: virusli " В ", " С ", " D ", " E " va " G " gepatitlarini yuqtirish, qon quyishda, narkomanlarda, tibbiy xodimlarda, operatsiya vaqtida va x.k. Dori preparatlarining ta'sirini bilish katta axamiyatga ega: furadonin, tetratsiklin, metildopa, silga qarshi dorilar ( izoniazid, etambutol) surunkali dorili gepatitga olib keladi. Xolestaz, esterogenlar, ( ayrim kontratseptivlar ) ham gepatitga olib kelishi mumkin. Alkogol ichishini alohida diqqat bilan aniqlash kerak. Oilaviy anamnezi ham katta ahamiyatga ega. Bemorni ko'zdan kechirish Bemorni umumiy ko'zdan kechirishda uning ozib ketganligiga, qorinning kattalashib ketganligiga ( astsit) diqqatni qaratish kerak. Qorin devoridagi kengayib ketgan venalarga ( " Meduza boshi ") ahamiyat berish kerak. Uzoq davom etgan tsirrozda barmoqlar " nog'ora tayoqchasiga " o'xshab qoladi. Yana muhim belgilarni, ya'ni jigar kasalligiga tegishli " jigar belgilarini " ko'rishimiz mumkin. Ular kichik va kattaga bo'linadi. Jigarning kichik belgilari. — Teleangiektaziya ( " tomir yulduzchalari ") — Palmar eritema — Gemorragik sindrom og'iz va burun shilliq qavatlaridan qon oqishi va teridagi qontalashlar. — Ksantoma va ksantelazmalar — Ginekomastiya — Kayzer-Fleysher doirasi, Uilson-Konovalov kasalligi uchun xos. Ko'zning shox pardasi atrofida yashil-jigarrang yoki sariq-yashil pigment xosil bo'ladi. Bu Mis almashinuvini buzilishi bilan bog'langan. Jigarning katta belgilari. Jigarning katta belgilari_sariqlik, gepatomegaliyani o'z ichiga oladi va shu bilan birga asosiy sindromlari -gipertenziya, jigar-xujayra etishmovchiligi, jigar ensefalopatiyasi va gepatorenal sindromlar ham bunga qo'shiladi. Qorin soxasini ko'rish. O'ng qovurg'a ostida jigarning kattalashganligini ko'rishimiz mumkin. Shu bilan birga o'smalar, exinokokk pufagi, hamda o't qopining kattalashib ketganida ko'rish mumkin bo'ladi. Bunda qorinning asimmetriyasi bilinadi. Jigarni tukillatish (perkussiya) Jigarni tukillatib uning o'lchamlari aniqlanadi. Tukillatish timpanik tovushdan boshlanib ( kindik to'risidan yoki undan pastroqdan) bo'g'iq tovush paydo bo'lguncha boriladi. U jigarning pastki chegarasi bo'lib xisoblanadi. Odatda jigar o'lchami Kurlov bo'yicha aniqlanadi. Bunda 3ta o'lcham aniqlanadi: o'rta o'mrov chizig'i bo'yicha, to' sh о'rta chizig'i bo'yicha. Me'yorida ular 9 x 8 x 7 sm. ga teng. Jigarni paypaslash Jigarni paypaslash — fizik tekshirishning asosiy usuli hisoblanadi. Bu Obraztsov qoidasi bo'yicha chuqur sirpanchiq paypaslash usulida olib boriladi. Buning uchun bemorni tayyorlab olinadi, ya'ni u orqasi bilan yotgan xolda oyog'i tizza bo'g'imda buklangan, qo'li yonboshga tushirilgan. Vrach o'ng tomonda o'tirib uning chap qo'li o'ng ko'krak qafasining pastki qismini bosadi, o'ng qo'l kafti qorinning oldingi devorida jigarning pastki qirrasidan pastda bo'lib, panjalar paypaslab chuqur kiradi: nafas olish bilan sinxron xolatda va bemor chuqur nafas olganda panjalar pastga tushayotgan jigar qirrasi bilan to'qnashadi va qo'l ostidan sirpanib chiqib ketadi. Download 410.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling