Oʻzbek tili leksemalarning ishlatilish doirasi Reja: Kirish. Asosiy qism


Download 31.52 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi31.52 Kb.
#1164708
Bog'liq
O zbek tili leksemalarning ishlatilish doirasi Reja Kirish. Aso


Oʻzbek tili leksemalarning ishlatilish doirasi
Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

  1. Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot.

  2. O`zbek tili leksikasining ishlatilish doirasi.

  3. Qo’llanilish doirasi chegaralangan leksika: dialektal, terminologik leksika, jargon va argolar.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.



O`ZBEK TILI LEKSIKASINING ISHLATILISH DOIRASI
Reja:
1. Hozirgi o‘zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal sostavi haqida ma’lumot.
2. Umumxalq leksikasi va dialektal leksika.
3. Kasb-hunar leksikasi; terminologik leksika.
4. Jargon va argonlar.

Tayanch so‘zlar:


1. Ҳozirgi o‘zbek tilining lug’at tarkibini o‘rganish tilni yaxshi bilishdir.
2. Ҳozirgi o‘zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibini bilish – adabiy tildan foydalanish imkoniyatini belgilab beradi.
O`zbek tili leksikasi shu tilda gaplashuvchi kishilar tomonidan bir xilda qo`llanmaydi. Ayrim so`z keng jamoatchilik tilida qo`llansa, ba’zilari esa ma’lum territoriyada yashovchi yoki ma’lum kasb-hunar bilan shug`ullanuvchi kishilar nutqida ishlatiladi. SHunga ko`ra o`zbek tilidagi so`zlar ikki guruhga ajratiladi:
1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika.
2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika.
O`zbek tili lug`at tarkibining asosiy qismini ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika tashkil etadi.
O`zbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qo`llanadigan so`zlar ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’iy nazar barcha o`zbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga ko`ra ular umumiste’moldagi so`zlar deb ham yuritiladi. Umumiste’moldagi so`zlarning ma’nosi hammaga tushunarli bo`ladi. Bu so`zlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha so`z turkumlariga oid bo`ladi. Umumiste’moldagi so`zlarning ko`p qismini umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar tashkil etadi.
Boshqa tillardan kirgan so`zlar ham o`zbek xalqining barchasiga tushunarli bo`lsa, ular ishlatilish doirasiga ko`ra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan o`zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag`rur, hafa, maqol, hayot, millat, hikoya so`zlari; tojik tilidan o`zlashgan go`sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so`zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, tsirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so`zlar umumxalq tilida qo`llanadi.
Demak, ishlatilish doirasi chegaralanmagan so`zlar o`z qatlamga ham, o`zlashgan qatlamga ham oid bo`lishi mumkin.
Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. Tildagi so`zlarning umumxalq tomonidan ishlatilmaydigan qismi ishlatilish doirasi chegaralangan leksika deyiladi. Bunday so`zlarning ishlatilishi ma’lum sabablarga ko`ra chegaralangan bo`ladi. Ishlatilish darajasi chegaralangan leksikaga dialektal so`zlar, atamalar, jargon va argolar kiradi.
Dialektal leksika ishlatilish territoriyaga ko`ra chegaralangan so`zlar bo`lib, ular adabiy tilga kirmaydi. Ma’lum bir xududdagi kishilar nutqida qo`llanib, ulargagina tushunarli bo`lgan so`zlar sheva so`zlari deyiladi. SHeva so`zlari yig`indisi dialektizm deb yuritiladi. Dialektizm – grekcha so`z bo`lib, dialektos – «tilning mahalliy ko`rinishi» demakdir. SHuning uchun dialektizm umumtilning mahalliy ko`rinishi bo`lgan dialektlarga xosdir.
Misollar: qorinja (chumoli), g`o`z (yong`oq), karvich (g`isht) – Xorazm; norbon (narvon), bodrak (varrak), poku (ustara) – Buxoro; mishiq (mushuk) - Farg`ona; inak (sigir), mo`rcha (chumoli), pishak (mushuk) - Samarqand shevasida.
SHevadagi ba’zi so`zlar adabiy tilda ham bo`lishi mumkin. Lekin ular boshqa-boshqa ma’nolarni bildiradi. Masalan: kosa so`zi Xorazm shevasida «piyola» ma’nosini, adabiy tilda «suyuq ovqat soladigan idish», lagan so`zi Xorazm shevasida kir yuvadigan tog`ora, adabiy tilda «quyuq ovqatlarni soladigan idish» ma’nosini bildiradi.
YOzuvchilar badiiy asarda mahalliy koloritni berish, qahramonning nutqini individuallashtirish, uning qaerlik ekanini, tilidagi xususiyatlarni ko`rsatish maqsadida sheva so`zlardan foydalanadi.
Kasb-hunar leksikasi. O`zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug`ullanib keladi. SHuning uchun O`zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulochilik, qashshoqlik, kashtachilik, duradgorlik, terimchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so`zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi. Hozirgi o`zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so`zlarga boy. Masalan: kulolchilikda dog`chil (xum yasashda ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yog`och, bandak, bog`ich (idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so`zlar, suvoqchilik sohasida bozi (tokcha yoki), andava (asbob), loykash (kishi), mola gazcho`p (asbob) kabi maxsus so`zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo`llanadi va ular uchun tushunarlidir.
YOzuvchilar badiiy asarlarda qahramonlarning mehnat faoliyatini ko`rsatishda kasb-hunarga doir so`zlardan foydalanadilar.
Atamalar. Fan-texnika, xalq xo`jaligi, qishloq xo`jaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so`zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qo`llanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, o`xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir. Hozirgi kunda dunyoda fanning 500 dan ortiq tarmoqlari bor, ular har tomonlama taraqqiy etmoqda. Bu tilda atamalarning boyib borishiga olib keladi. Atamalar ilmiy nutqda qo`llanadi va ular bir ma’noli bo`ladi.
Ba’zi atamalar o`zbek tilida so`zlashuvchi barcha kishilar nutqda qo`llanib ommalashib ketishi mumkin. Bunda ular ishlatilish doirasi chegaralanmagan umumxulq so`ziga aylanadi. Masalan, o`qituvchi, kitob, daftar, dars kabi.
Jargon va argolar. O`tmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab yuruvchi gadoylar, o`g`rilar, firibgarlar o`z niyatlarini xalqdan yashirish uchun o`zlariga tushunarli so`z va iboralardan foydalanganlar.
Tilda sinfiy ayirmalikni ko`rsatib turadigan bunday so`zllar «sinfiy dialektning so`zlari» - jargonlar deb yuritiladi.
Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan dabdabali so`z va iboralar jargonlar deyiladi. Masalan, oftobi olam (podsho), husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe’ qiling (bildiring), mal huz emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang (umid bilan kuting), tanzil (foyda).
O`g`rilar, qimorbozlar orasida qo`llanadigan so`zlar argolar deb yuritiladi; loy (pul), xit (militsioner), bedana (to`pponcha), xitola (o`g`irla), zamri (jim tur), atamri (gapir), atanda (qoch) kabi.
Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo`lgan: yakan (pul), joyi (yo`q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz (ming so`m), saru nimsar (bir ming besh yuz so`m), kapara (olti ming so`m).
Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha. So‘z tilning asosiy va markaziy birligi hisoblanib, tildagi so‘zlarning jami leksikani (luғat tarkibini) tashkil etadi. Tilshunoslik fanining til leksikasini o‘rganuvchi bo‘limi leksikologiya (grekcha lexis-«so‘z»va logos-«ta`limot») deyiladi.
Tilning luғat tarkibiga aloqador barcha birliklar (mas., so‘zlar, frazeologizmlar) luғaviy birliklar deyiladi. Luғaviy birliklar anglatgan ma`nolarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, ma`lum tematik turlarga bo‘linadi. Bunda asosiy vazifani birliklarning luғaviy ma`nosi bajaradi. Leksik ma`no esa, yuqorida ta`kidlanganidek, umumlashtirish xususiyatiga egadir.
Leksikologiyada so‘zlar quyidagi xususiyatlari bo‘yicha o‘rganiladi:
1. So‘zning semantik qurilishi.
2. So‘zlarning shakl va ma`no munosabatlari.
3. Leksikadagi so‘zlarning o‘z yoki o‘zlashgan so‘z ekanligi.
4. Qo‘llanishiga ko‘ra so‘zlarning umumiy yoki chegaralanganligi.
5. Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi.
6. So‘zlarning emotsional-ekspresiv bo‘yoq yoki stilga munosabati.
Boshqacha aytganda, tilning leksikologiyasini o‘rganish juda keng soha bo‘lib, u so‘zlarning hosil bo‘lishi, luғat tarkibining boyishi va nutqi, ishlatilishi, ma`nolarning o‘zgarishi, torayishi va kengayishi, turli atamalarning qo‘llanilishi kabi bir qator masalalarni qamrab oladi. SHu tufayli leksikaning turli tomonlarini o‘rganuvchi alohida sohalar mavjud.
O‘zbek tilidagi luғaviy birliklarning ayrim tematik turlarini ko‘rib o‘tamiz.
Semasiologiya til birliklari (til ishoralari)ni ma`no jihatdan o‘rganadi. Til birliklarining, birinchi navbatda, leksik birliklarining semantik qurilishini va u bilan boғliq masalalarni o‘rganuvchi soha semasiologiya deyiladi. YA`ni u tilning barcha ma`no anglatuvchi birliklarini o‘rganadi.

Leksikografiya tilshunoslikning luғat tuzish ishi bilan, uning nazariy masalalari bilan shuғullanuvchi bo‘limi hisoblanib, unda til tarkibidagi so‘zlarni ma`lum tartib va maqsad asosida (alfavit tarkibida, nutqda ishlatilish darajasi va shu kabilarga ko‘ra) yozma ravishda to‘plab luғat tuzish masalalarni o‘rganadi.

Onomasiologiya leksikologiyaning luғaviy birliklarini nomlash va tushuncha anglatish printsiplari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘limi bo‘lib, narsa va hodisalarga nom berish jarayonini qamrab oladi.

Etimologiya so‘zlarning kelib chiqishi masalalari bilan shuғullanadi. YAsama, qo‘shma so‘zlar va xorijiy tillardan o‘zlashtarilgan ma`nolar bilan ham qiziqadi. etimologiya so‘zning har ikki tomonini, ya`ni shakli va ma`nosini hisobga oladi. So‘zlarning «biografiyasi»ni, kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi soha etimologiya (grekcha etymon-haqiqiy, logos-ta`limot) deyiladi.


So‘zlarning haqiqiy va birinchi asl ma`nolari va shakllari til tarixi, boshqa tillar va dialektlardagi shu so‘z to‘ғri kelgan o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar bilan qiyoslash asosida aniqlanadi. Bunda so‘zlarning avvalgi ma`nosi va formalari chuqur o‘rganiladi. So‘zlarning kelib chiqish tarixi tarix, arxeologiya, geografiya, antrapologiya, madaniyat va san`at kabi qator fanlar yordamida aniqlanadi.
«Etimologiya» termini tilshunoslikda ikki ma`noda ishlatiladi. Leksikologiyaning ma`lum tilda so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi sohasi ma`nosida hamda biror so‘zning birinchi asl ma`nosi va shakli ma`nosida.
YAngi so‘zlarning kelib chiqishini aniqlash oson, lekin eski so‘zning qachon paydo bo‘lgani va qaysi tildan yoki shevadan olinganini bilish ancha qiyin. Biror so‘zning kelib chiqishini aniqlashda shu so‘z qardosh tillardagi so‘zlarning tovush qurilishi va ma`nolari bilan qiyoslanadi. Misollar: arxitektor-quruvchi-haykal quruvchi va binoning loyihasini chizuvchi.
Tilning luғat tarkibiga faqatgina so‘zlar emas, balki turғun bo‘lib qolgan so‘z birikmalari ham kiradi. Tarkibi ancha murakkab bo‘lgan turғun birikmalar frazeologizmlar yoki frazeologik birikmalar (iboralar) deb ataladi.
Tilshunoslikning frazeologizmlarni ilmiy tadqiq qiluvchi sohasi frazeologiya (grekcha phrasis-ibora, logos-so‘z, tushuncha, ta`limot) deyiladi
Frazeologizmlar ham tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi doirasida o‘rganiladi
Frazeologizmlarning tarkibida nechta so‘z ishtirok etishiga qaramasdan, ular yagona umumiy ma`no bilan birlashada va emotsional-ekspressiv ma`no ifodalaydi. Frazeologizmlar badiiy adabiyotlarda obrazli va ta`sirchan ifoda vositasi sifatida mahsuldor qo‘llaniladi.
Frazeologizmlar uch xil bo‘ladi:
- frazeologik qo‘shilmalar
- frazeologik butunliklar
- frazeologik chatishmalar.
Tarkibidagi bir so‘z to‘ғri, ikkinchi so‘z esa ko‘chma ma`noda bo‘lib birikkan iboralar frazeologik qo‘shilmalar deyiladi: hordiq chiqarmoq, so‘zida turmoq, holdan toymoq kabi.
Tarkibidagi so‘zlarning ma`nosi va grammatik jihati birikib, umumiy ko‘chma ma`no beruvchi iboralar frazeologik butunliklar deb ataladi: ko‘kka ko‘tarmoq-maqtamoq, eti suyagiga yopishgan-ozғin kabi.
Tarkibidagi so‘zlarning ma`nolari bilan ibora ifoda etgan ma`no o‘rtasida hech qanday leksik aloqa sezilmagan frazeologizmlar frazeologik chatishmalar deyiladi: sichqonning inini ijaraga olmoq, sichqonning ini ming tanga bo‘lmoq, oyoғini tirab olmoq kabi.
Frazeologik qo‘shilma va butunliklar so‘zlarni o‘zaro biriktirish yo‘li bilan yasalgan yaxlit iboralar bo‘lib, ularning tarkibidagi ba`zi komponentlarni almashtirish mumkin. Biroq frazeologik chatishmalarning komponentlarini almashtirish mumkin bo‘lmaydi.
Xuddi leksikada bo‘lgani kabi, frazeologiyada ham omonimiya, sinonimiya, antonimiya kabi hodisalar mavjud. Omonimiya: boshiga ko‘tarmoq; sinonimiya: kayfi buzuq-ta`bi tirriq; antonimiya: ko‘ngli joyiga tushmoq-yuragiga ғulғula tushmoq kabi. Polisemiya: o‘ziga kelmoq, xushiga kelmoq; qo‘lga tushmoq-asr tushmoq kabi.
Frazeologizmlar semantik tomondan umumlashgan ko‘chma ma`no ifodalasa, grammatik tomondan ularning butunligi komponentlarning o‘zaro birikuvi va gapda ham shu tartibni saqlab qolish uchun izohlanadi.


Onomastika atoqli otlarni o‘rganadigan fan bo‘lib, antroponimika (odamlarning ismini ilmiy jihatdan o‘rganadi), toponimika (geografik nomlarni o‘rganadi), etnonimika (millatlarning nomlarini o‘rganadi)dan tarkib topadi.

Terminologiya. Tilda shunday so‘zlar borki, ular fan, texnika, adabiyot, san`at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir ma`noda ishlatiladi. Bunday so‘zlar terminlar deb ataladi. Har bir sohaga oid terminlar birlashtirilib terminologiya deb yuritiladi. Mas., tilshunoslik fani o‘z terminlariga ega: unli, undosh...
Terminlarning ko‘p ma`noda ishlatilishi fan uchun ijobiy xususiyat sanalmaydi. CHunki bir terminning turli fanlarda har xil ma`nolarda qo‘llanishi ba`zan noaniqliklarga olib kelishi mumkin.
Terminlarning asosiy (ma`nolari) belgilari ularning bir ma`noliligi (monosemantik ekanligi), neytral, alohida emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega emasligi, biror fan va texnika sohasiga tegishli ekanligi bilan izohlanadi. Ba`zan terminlar badiiy asarlarda stilistik talabga ko‘ra ishlatilishi mumkin.
Termin uchun kontekstning bo‘lishi shart emas.
Har bir fanning o‘z terminlar tizimi mavjud.
Terminlar bir-ikki so‘zdan va so‘zlar birikmasidan iborat bo‘lishi mumkin.
Kelib chiqishi jihatdan terminlar har bir tilning ichki resurslariga xos va boshqa tillardan o‘zlashgan bo‘lishi mumkin. Ichki resurslarga misol: to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol.
O‘zbek tilida chet tillardan o‘zlashgan terminlar juda ko‘p. Mas., meditsina, biologiya, ximiya, fizika... sohalarida.
Ko‘pgina terminlar ular ifodalaydigan tushuncha va jismning nomi bilan butunlay boғlanmaydi. Mas., gagarinit, iravdit.
Har bir fan va texnika sohasiga tegishli alohida terminologik luғatlar mavjud: tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fan sohalarida. Ular bilan tilshunoslikning leksikografiya sohasida atroflicha tanishiladi.
Tilning hozirgi holati va uning tarixiy bosib o‘tgan yo‘li jihatdan leksikologiya 2 turga: sinxronik (zamonaviy) va diaxronik (tarixiy) leksikologiyaga ajratiladi.
Tilning luғati tasnifiy va qiyosiy o‘rganilishi mumkin. Ayrim olingan tilning luғat boyligini har tomonlama o‘rganish tavsifiy leksikologiya, ikki yoki undan ortiq tillarning luғat boyligini qiyosiy o‘rganish qiyosiy leksikologiya deb yuritiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.


1. U.Tursunov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Toshkent. O‘zbekiston. 1992. 126-141 betlar
2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980. 110—118 betlar.
3. M.Mirtojiyev. O‘zbek tilida polisemiya.Toshkent. FAN. 1975. 29—45 betlar.
4. H.Ne’matov. R.Rasulov. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent. O‘qituvchi. 1995. 32-36, 84-105 betlar.
5. O‘zbek tili leksikologiyasi.Toshkent. FAN. 1984. 255—293 betlar.
Download 31.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling