Laboratoriya ishi – 9 tvk aijda yuk operatsiyalariga oid hisobotlarni tuzish tartibi


Download 44.46 Kb.
bet1/11
Sana16.01.2023
Hajmi44.46 Kb.
#1096168
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 лаборатория иши


Laboratoriya ishi – 9


TVK AIJda yuk operatsiyalariga oid hisobotlarni tuzish tartibi


GU-3 xisobotini tuzish

Mazkur modul GU-3 xisobotini tuzish va jo‘natmalar asosida tuzilgan, lekin hali xisobotga kiritilmagan yozuvlar ro‘yxati bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.


Asosiy rejimlar:
«Yuklash» – filtrlash parametrlariga mos ravishda ekranga xisobotlar ro‘yxati beriladi:
Stansiya – foydalanuvchiga biriktirilish bo‘yicha ro‘yxatdan tanlanadi.
Xisobot davri – o‘tgan sutkaning 17-00 dan joriy sutkaning 17-00gacha - ushbu davr foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Vedomostlar tuziladigan stansiyani o‘zgartirish uchun, stansiyani ro‘yxatdan tanlab olish lozim. Vedomostlar ro‘yxati avtomat tarzda yangilanadi.Ro‘yxat xisobotlar turi bo‘yicha ajratilgan xolda yuklanadi va u “Liniyaviy xududni rostlash” ning “Ob’ektlar” tugmasi bo‘yicha belgilanadi.GU-3 xisobotining raqamlanishi xar bir ob’ekt bo‘yicha alohida “Liniyaviy xududni rostlash” ga mos ravishda olib boriladi.
Qidiruvning qo‘shimcha parametrlari:
- vagon raqami;
- jo‘natma raqami.
Qidiruvni amalga oshirish uchun mos ravishdagi maydonda kerakli jumlani ko‘rsatish va “Yuklash” ni bosish lozim. Ekranda vagon yoki jo‘natma bo‘yicha topilgan yozuv xosil bo‘ladi.
«Bekor qilish» - tuzib bo‘lingan xisobotni bekor qilish FDU-93 ni tuzilgunga qadar va ma’lumotlarni ORS uzatguncha amalga oshirilishi lozim.(ekranda “uzatilgan” degan belgi qo‘yiladi). Xisobotni bekor qilish uchun markerni kerakli yozuvga qo‘yish va “Bekor qilish- F8” ni bosish lozim.
«Chiqish (ESC)» – ishni tamomlash va ilovadan chiqish.
«Ochish» - GU-3 xisobotini tuzish va uni ko‘rib chiqish. Vedomostni tuzish uchun markerni umumiy ro‘yxatdagi kerakli yozuvga o‘rnatish va «Ochish - F4» ni bosish lozim.Shunda ekranga mazkur GU-3 vedomostiga kiritilgan jo‘natishga qabul qilingan yuklar bo‘yicha jo‘natmalar ro‘yxati, ishlatilgan blankalar, yo‘l qog‘ozlar ro‘yxati chiqariladi va buzilgan blankalar aloxida ko‘rsatiladi.
Agar mazkur xisobotdagi yozuvlar o‘chirib tashlanishi lozim bo‘lsa, u xolda ushbu yozuvning ustiga probel bosiladi va yozuv pushti rangga o‘tadi va uni saqlash vaqtida avtomat tarzda xisobotdan o‘chib ketadi va keyingisiga o‘tib qoladi.
Agar xisobotni saqlashgacha bo‘lgan vaqtda uni qayta bosilsa ajratilgan yozuv o‘z o‘rniga qaytadi. Xisobotga o‘zgartirishlar kiritish, faqat u saqlangan yoki unga raqam berilgan vaqtgacha amalga oshirilishi mumkin.
«Saqlash – F5» - GU-3 xujjatlari uchun yagona diapazondan xisobotga raqam avtomat tarzda beriladi.
«Bosib chiqarish – F12» - Xuddi shu ekrandan xisobotni bosib chiqarish.
«Opsiyalar» - alohida ekran shaklida foydalanuvchi ro‘yxatdan izoxlar grafasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan parametrlarni tanlab olishi mumkin.
Keyinchalik keltirilgan parametrlar xisobotni tuzish vaqtida izoxlar grafasida paydo bo‘ladi.O‘zgartirishlar kiritish uchun opsiyalarni to‘g‘irlashni takrorlash lozim.
«Jo‘natma» - mazkur ilovadan chiqmagan xolda xisobotga kiritilgan jo‘natmalarni ko‘rib olish mumkin. Buning uchun jo‘natmalar ro‘yxatida markerni kerakli xujjatga keltirish va “Jo‘natma” tugmasi bosiladi.
«Chiqish» - ekran shaklidan chiqish. “Gu-3” xisobotini ko‘rib chiqish.

Download 44.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling