Laboratoriya ishi – 9 tvk aijda yuk operatsiyalariga oid hisobotlarni tuzish tartibi


Download 44.46 Kb.
bet10/11
Sana16.01.2023
Hajmi44.46 Kb.
#1096168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 лаборатория иши

Yuklashning asosiy parametrlari:
Stansiya – joylashgan stansiya kodi ko‘rsatiladi (agar foydalanuvchi bir nechta stansiyalarga biriktirilgan bo‘lsa, u xolda tanlash ro‘yxatdan amalga oshiriladi);
Davr – Tushirilgan yuklar ro‘yxatini ko‘rib chiqish uchun xar qanday vaqt intervali ko‘rsatilishi mumkin (yukning tushirilgan sanasi), joriy sutkalar ko‘rsatiladi.
Ob’ekt – ro‘yxatdan tanlanadi
Jo‘natma raqami – jo‘natma raqami bo‘yicha qidirish faqat rasmiylashtirilgan yozuvlar bo‘yicha olib boriladi.
«Yuklash» tugmasi bo‘yicha barcha rasmiylashtirilgan yozuvlar berilgan yuklash parametrlariga mos ravishda ekrangachiqariladi – ushbu yozuvlarning raqamlari mavjud bo‘lib, shu bilan birga berilgan stansiya va ob’ekt bo‘yicha barcha yangi tushirilgan yuklar ro‘yhati chiqariladi – ushbu yozuvlarga xali raqam berilmagan.
Rasmiylashtirilgan yozuvlar bilan ishlash uchun uni marker bilan ajratib olish va “Ochish” tugmasini bosish lozim.Ochilgan oynaga barcha kerakli ma’lumotlar kiritiladi va “Saqlash” tugmasi orqali saqlanadi. Barcha ma’lumotlar kiritilgan yozuv aloxida ajratiladi (Yuk olib chiqib ketilgan).
Agar yuk qabul qiluvchining talabiga ko‘ra yukni qayta tarozidan o‘tkazish amalga oshirilgan bo‘lsa, u xolda marker orqali ajratib belgilash va “Og‘irlik tekshiruvi” tugmasi bosiladi. Paydo bo‘lgan oynada “Izox” maydonida barcha ma’lumotlar kiritiladi va “Saqlash” tugmasi orqali saqlanadi yoki bekor qilish lozim bo‘lsa “Bekor qilish” tugmasi orqali bekor qilinadi. Asosiy oynada aloxida rang bilan belgilangan yukni qayta o‘lchash bo‘yicha (Yuk qayta o‘lchandi) yozuv paydo bo‘ladi. Ushbu yozuvlarga o‘zgartirish kiritish ularni marker orqali ajratib olib “Ochish” tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Agar yuk qayta o‘lchanganligi to‘g‘risidagi yozuvni o‘chirib tashlash lozim bo‘lsa, u xolda ushbu yozuvni ajratib ko‘rsatish va “o‘chirib tashlash” tugmasini bosish lozim. Yukning qayta o‘lchanganligi to‘g‘risidagi yozuv yo‘q bo‘ladi.
GU-44K kitobiga yangi yozuvlarni kiritish va ularga raqamlar berish uchun “Rasmiylashtirish” tugmasini bosish lozim.
Agar “Rasmiylashtirish”bekor qilinishi kerak bo‘lsa, u xolda uni marker yordamida ajratib olib “Bekor qilish” tugmasi bosiladi.GU-44K kitobidan asosiy yozuvlar olib tashlanadi va u rasmiylashtirilmagan yozuvlar ro‘yxatiga o‘tkaziladi va barcha ushbu yukni qayta o‘lchanganligi to‘g‘risidagi yozuvlar o‘chirib tashlanadi. Agar ushbu yozuvning raqami GU-44K kitobining oxirgisi bo‘lgan bo‘lsa, u xoda ushbu raqam unga keyingi rasmiylashtirish uchun beriladi. Agar oxirgisi bo‘lmasa u yo‘q qilinadi.



    1. Download 44.46 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling