Toshkent Davlat Transport Universiteti
“Transport Tizimlari Boshqaruvi” Fakulteti
Kafedra “Transport harakatini tashkil etish”
“Temir yo’ldan foydalanish ishlarini boshqarish” fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Uchastka stansiyasi ishini tashkil etish
.
Bajardi: TF-314 guruh talabasi
Mamajonov I.B.
Tekshirdi: Toxtaxodjayeva M.M.
Toshkent-2020
1. Uchastka stansiyasi ishini tashkil etishning umumiy masalalari
1.1. Stansiya hamda unga tutashgan uchastkalardan texnik foydalanish tasnifi
Stansiyaning texnik tasnifida uchastka stansiyasining maqsad va vazifalari, berilgan stansiyaning turi (parklarning soni, ularning bir-biriga nisbatan joylashganligi – boʻylama, yarim boʻylama, koʻndalang), stansiyada lokomotiv va vagon xoʻjaliklari, SMB va aloqa vositalari, tutashgan peregonlardagi poyezdlar harakati boʻyicha signalizaciya va aloqa vositalarining mavjudligi hamda peregonlardagi bosh yoʻllarning soni va boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi. Stansiyada foydalanish ishlari tasnifida sutkalik tranzit vagon oqimlari, qayta ishlovga keluvchi vagon oqimlari hamda mahalliy vagon oqimlari hajmi keltiriladi.
Bundan tashqari, burchak oqimi boʻyicha tranzit poyezdlar va vagonlar soni hamda stansiyada bajariladigan ishlarning asosiy tavsifi ham keltirib oʻtiladi.
Stansiyaning texnik hamda foydalanish ishlarining tasnifini aniqlash uchun zarur barcha ma’lumotlar kurs loyihasi uchun berilgan topshiriqda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |