Uchastka stansiyasi ishini tashkil etish
Stansiya ishi hajmini hisoblash
Download 0.87 Mb.
|
latifjondocx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Stansiya park va yoʻllarini ixtisoslashtirish
Stansiya ishi hajmini hisoblash
Stansiya ishining berilgan sutkalik hajmini tahlil qilish uchun quyidagi shakldagi jadvalni tuzib olish qulay. 1-jadval “N” stansiyasidagi ortish va tushirish ishlari
(Bo’sh vagonlar “I” stansiyaga) Agar barcha yuklash obyektlaridagi tushirish ishlari hajmi yuklash ishlari hajmidan katta boʻlsa, u holda ortiqcha boʻsh vagonlarni topshiriqda belgilangan stansiyaga joʻnatish lozim. Boʻsh vagonlarning harakatlanish yoʻnalishi topshiriqning 14- punktida berilgan. Agar yuklash ishlari hajmi tushirish ishlari hajmidan katta boʻlsa, u holda kerak boʻlgan boʻsh vagonlar saralash parkida yigʻilib turgan yoʻllardan olib beriladi. Chunki bu yoʻllarda ham yukli, ham boʻsh vagonlar yigʻiladi. 2-jadval
Poyezdlarni tuzish rejasi yoʻnalishlari boʻyicha vagon oqimlarini hisoblash
Izoh: * - Stansiyada tuzilgan poyezdlar soni har bir yoʻnalishdan keluvchi vagonlar sonini tarkibdagi vagonlar soniga boʻlish orqali aniqlanadi. ** - har bir stansiyaga tutashgan yoʻnalish uchun terma poyezdlar sonini 1 ta deb qabul qilamiz. Shuni e’tiborga olish lozimki, terma poyezdlar toʻliq boʻlmagan tarkib bilan joʻnatilishi mumkin. 2-jadval boʻyicha har bir yoʻnalishda yigʻilgan vagonlar soni aniqlanadi. Bunda qabul qilingan mahalliy boʻsh yuk obyektlaridan olingan hamda oʻtgan sutkadan qolgan vagonlar soni hisobga olinadi. Stansiyadagi mavjud vagonlarning sonini hamda tarkibdagi vagonlar sonini aniqlab olganimizdan soʻng, sutka davomida stansiyadan joʻnatiladigan, oʻtib ketuvchi, uchastka hamda terma poyezdlar sonini osonlikcha topishimiz mumkin. 3-jadval
“N” stansiyasi poyezd oqimlari
“N” uchastka stansiyasiga tutashgan uchastkalar boʻyicha vagonlar oqimi diagrammasini ishlab chiqish uchun 4-jadval tuzib olinadi. 4-jadval Vagonlar oqimi katakli jadvali
“И” қабул қилиш-саралаш паркидаги йўлларнинг ихтисослашуви
2.6-жадвал “Д, Е” қабул қилиш-жўнатиш паркидаги йўлларнинг ихтисослашуви
2.7-жадвал Саралаш паркидаги йўлларнинг ихтисослашуви
2.2. Stansiya park va yoʻllarini ixtisoslashtirish Stansiya park va yoʻllarini toʻgʻri ixtisoslashtirish stansiya yoʻllarini yanada yaxshiroq rivojlantirish, manyovr va poyezdlar harakatining bir-biriga xalal beruvchi marshrutlarining yuzaga kelish darajasini minimallashtirish va manyovr lokomotivlari oʻrtasidagi ishlarni samarali taqsimlash imkoniyatini beradi. Qabul qilish-joʻnatish hamda saralash parki yoʻllarini ixtisoslashtirishda stansiya ish texnologiyasini hisobga olish lozim. Saralash parkiga yaqin joylashgan qabul qilish-joʻnatish yoʻllari, stansiyaga qayta ishlovga kelgan tranzit poyezdlarni qabul qilish hamda stansiyada tuzilgan poyezdlarni joʻnatish uchun ixtisoslashtirilgan boʻlishi lozim. Bosh yoʻllarga yaqin joylashtirilgan yoʻllar esa tranzit poyezdlarni qabul qilish-joʻnatish uchun moʻljallanishi lozim. Qabul qilish-joʻnatish parklarida bittadan yurish yoʻli lokomotivlarni depoga va depodan qaytish uchun ajratilishi lozim. Saralash parkida har bir yoʻnalish, har bir yuk obyektlari uchun bittadan yoʻl ajratilishi lozim. Vagonlarni ta’mirlash uchun ham alohida bitta yoʻl ajratiladi. Uchastka stansiyasida yoʻlovchi poyezdlari, yuk poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish (alohida juft va toq), lokomotivlarni depoga uzatish va ularni depodan olib chiqish (harakatlanish yoʻllari) va poyezd tarkiblarini tarqatish va tuzish (saralash va tortish yoʻllari) uchun alohida yoʻllar ajratilgan. Bunday ixtisoslahtirish barcha yoʻnalishlardan keluvchi transit poyezdlarni qabul qilishda va poyezdlarni tuzish, tarqatish, tuzilgan harakat tarkiblarini joʻnatish yoʻliga olib chiqish bilan bir vaqtda poyezdlarni qabul qilish va oʻtkazib yuborishda harakat xavfsizligini ta’minlaydi. Lokomotivlarni depoga oʻtkazib yuborish bilan bir vaqtda poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish mumkin. Saralash parki yoʻllari quyidagi vagonlarni yigʻish ixtisoslashtiriladi: poyezd manzillari boʻyicha qayta ishlanadigan tranzit vagonlar, poyezdlar tuzish rejasida belgilangan vagonlar hamda yuk ishlari hududi yoki punktlari boʻyicha mahalliy vagonlar. Stansiyada tuziladigan har bir yoʻnalish uchun alohida yoʻllar ajratiladi. Boisi turli yoʻnalishlardagi vagonlar guruhini bitta yoʻlda birlashtirishda ularni qaytadan saralash talab etiladi. Terma poyezdlar uchun asosan har bir kelib tutashgan yoʻnalishlar uchun bittadan yoʻl ajratiladi. Vagonlar oqimi katta boʻlgan (200 va undan ortiq vagon) yoʻnalishlarga vagonlarni yigʻish uchun uchastka stansiyalarida 2 ta yoʻl ajratish tavsiya etiladi. Agar saralash parkida zaxira yoʻllari mavjud boʻlsa, bir yoki bir nechta yoʻllarni aniq bir yoʻnalishlar uchun ajratib qoʻymaslik lozim. Bu yoʻllardan yuzaga kelgan sharoitdan kelib chiqqan holda park ishini rejalashtirishda foydalaniladi. Ushbu yoʻllar dispetcherlik yoʻllari deb ham ataladi. Stansiyaning mahalliy ishlarini amalga oshirish uchun alohida yoʻllar ajratiladi. Ushbu yoʻllar shunday rejalashtirilishi lozimki, unda yuk obyektlariga vagonlarni berish va olish jarayonlari bajarilayotganda, stansiyadagi boshqa tarkiblarni tarqatish va tuzish bilan bogʻliq manyovr harakatlari toʻxtatilmasin. Bunday yoʻllarning miqdori yuk amallariga kelayotgan vagonlar, ortish tushirish punktlari va shu bilan birga, saralash yoʻllari soniga bogʻliq. Nosoz vagonlar uchun odatda 1-2 ta yoʻl ajratib qoʻyilishi lozim. Ya’ni yoʻllardan biri vagon deposiga beriladigan vagonlar uchun boʻlsa, ikkinchisi vagonlarning joriy ta’mirini bevosita saralash parkining oʻzida amalga oshirish uchun moʻljallangan boʻladi. Qabul qilish-joʻnatish hamda saralash parklari yoʻllarining ixtisoslashtirilganligini jadvallar shaklida keltirish kerak. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling