Saralash parkidan qabul qilish-joʻnatish parkiga tarkibni
olib qoʻyish vaqtini me’yorlash
Tarkibni saralash parkidan qabul qilish-joʻnatish parkiga olib qoʻyish vaqti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bunda me’yoriy koeffitsiyentlar boʻlib, olib qoʻyish amallaridagi barcha yarim reyslarning a hamda b koeffitsiyentlarini qoʻshish orqali aniqlanadi;
olib qoʻyilayotgan tarkibdagi vagonlarning oʻrtacha soni.
Tarkibni olib oʻtishdan oldin manyovr lokomotivi tarkibni tuzishni tugallaydi va saralash parkida boʻladi. Shuning uchun tarkibni saralash parkidan qabul qilish-joʻnatish parkiga olib oʻtishda quyidagi yarim reyslar bajariladi:
Birinchi yarim reys – tarkibni tortuv yoʻliga tortish, yarim reysning uzunligi stansiya sxemasi boʻyicha tarkibning uzunligini hisobga olgan 2holda aniqlanadi, a va b me’yoriy koeffitsiyentlar ilovadagi 4-jadval yordamida aniqlanadi.
-
Ikkinchi yarim reys – tarkibni tortuv yoʻlidan qabul qilish-joʻnatish parkiga surib borish, bunda ham masofa va me’yoriy koeffitsiyentlar birinchi yarim reysdagidek aniqlanadi.
Uchinchi yarim reys – manyovr lokomotivning tortuv yoʻliga qaytishi, bunda yarim reysning uzunligi hamda faqat a koeffitsiyenti aniqlanadi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |