Uchastka stansiyasi ishini tashkil etish


Poyezd va vagonlar kelishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar


Download 0.87 Mb.
bet3/20
Sana05.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#203716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
latifjondocx

Poyezd va vagonlar kelishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar

Uchastka stansiyasiga oldindan va aniq ma’lumotlar keladi. Oldindan beriladigan ma’lumot stansiyaga smena boshida Yagona Dispetcherlik Markazidan keladi. Unda oldindan 12 soatlik ish hajmi beriladi, ya’ni har bir yoʻnalishdan keladigan poyezdlar soni, ulardan qanchasi qayta ishlanishi, shu stansiyada qancha vagon tushurilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Vaqti-vaqti bilan har 4-6 soat ichida stansiyaga YaDMdan tuzatilgan ma’lumot beriladi. Har bir poyezdning raqami, indeksi, taxminiy keladigan vaqti, umumiy vagonlar soni va poyezd ogʻirligi haqida xabar joʻnatiladi. Qayta ishlovga keladigan poyezdlar uchun tuzish rejasi boʻyicha vagonlar sonini yoʻnalish boʻyicha belgilash hamda berilgan stansiyaga yuk tushirish uchun keladigan vagonlar haqida zarur ma’lumot, toʻliq yoki qisman qayta ishlovga keladigan barcha poyezdlarga telegramma-natur varagʻi shaklida stansiyaga poyezdning kelishi haqida aniq ma’lumot beriladi. Telegramma-natur varagʻida berilgan poyezdlar haqidagi ma’lumot DU-1 shaklidagi natur varagʻini tuzish boʻyicha yoʻriqnomali koʻrsatmalarga toʻliq mos boʻlishi kerak.

Mahalliy vagonlar haqidagi ma’lumot operator-informator tomonidan maxsus kitobga yoziladi va stansiya navbatshisi (manyovr dispetcheri)ga, kelgan vagonlar soni va yuk turini koʻrsatgan holda yuk qabul qiluvchiga uzatiladi.

Oʻz vaqtida va sifatli ma’lumotlarni tashkil etish mas’uliyati stansiya boshligʻiga yuklatiladi.



  1. Download 0.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling