Uchastka stansiyasi ishini tashkil etish
Stansiya jarayonlari texnologiyasi
Download 0.87 Mb.
|
latifjondocx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Poyezdlarni tarqatish va tuzishga sarflanadigan vaqtlarni me’yorlash
- Tarkibni tortish yoʻllarida tarqatishga sarflanadigan vaqt
- Bir guruhli tarkibning (uchastka yoki oʻtib ketuvchi poyezdning) tuzilishini tugallashga sarflanadigan vaqt sarfi
Stansiya jarayonlari texnologiyasi
3.1. Qabul qilish-joʻnatish parkida poyezdlarga ishlov berish texnologiyasi Stansiyaning qabul qilish-joʻnatish parkida tarkiblarga ishlov berish davomiyligini aniqlash uchun quyidagi turdagi poyezdlarga ishlov berish texnologik grafigini tuzib olish lozim: stansiyada lokomotivini almashtirib oʻtuvchi tranzit poyezdlari, telegamma-natur varagʻi mavjud boʻlgan qayta ishlovga kelayotgan poyezdlar (uchastka hamda oʻtib ketuvchi poyezdlar); telegramm-natur varagʻi mavjud boʻlmagan stansiyaga qayta ishlovga tushuvchi poyezdlar (terma poyezdlar); stansiyada tuzilgan poyezdlar. Qayta ishlovga keluvchi tarkiblarning texnik koʻrigiga sarflanadigan vaqt ushbu poyezdga ishlov berish davomiyligini aniqlab beradi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi. daqiqa daqiqa bu yerda - bir vagonning texnik koʻrigiga sarflanadigan oʻrtacha vaqt; (,014÷0,016); mc - poyezd tarkibidagi vagonlar soni; x - brigadadagi texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi guruhlar soni (x=3); a – tayyorlov- tugallash jarayonlariga sarflanadigan vaqt (a=1÷2). Tarkiblarga ishlov berish boʻyicha jarayonlarning bajarilish tartibi va ularni bajarilishiga sarflangan vaqt me’yorlari 3.1-rasmda keltirilgan.
3.1-rasm. Qayta ishlovga kelgan poyezdga TGNL mavjud boʻlgan holda qabul qilish parkida ishlov berish texnologik grafigi. Tranzit va stansiyada tuzilgan poyezdlar uchun texnik hamda tijoriy koʻriklar tugallanganidan soʻng, poyezd lokomotivi ulanadi, tormoz tizimi 10 daqiqa davomida toʻliq sinab koʻriladi va poyezd joʻnashiga ruxsat beriladi. Ushbu jarayonlarning ichida eng koʻp vaqt sarfi tarkibning texnik koʻrigi va vagonlarning ta’mirlanishiga ketadi. PTO brigadalari tomonidan texnik xizmat koʻrsatishga sarflanadigan vaqt davomiyligi quyidagiga teng: , daqiqa. daqiqa.
bunda tarkibdagi vagonlarning tarkibdan uzmasdan ta’mirlanishini talab etuvchi tarkib ulushi (); tarkibdagi vagonlarni tarkibdan uzmasdan ta’mirlash vaqtining oʻrtacha davomiyligi (trem=0,2); x – brigadadagi texnik xizmat koʻrsatuvchi guruhlar soni (x=3) Stansiyada tuzilgan poyezdlarning tarkiblariga ishlov berish tartibi va uning vaqt me’yorlari 3.2-rasmda keltirilgan.
3.2-rasm. Joʻnatish parkida stansiyada tuzilgan poyezdga ishlov berish texnologik grafigi. 3.2. Poyezdlarni tarqatish va tuzishga sarflanadigan vaqtlarni me’yorlash Ushbu kurs loyiha ishida tarkibni tarqatishga, bir guruhli (oʻtib ketuvchi, uchastka poyezdlari) va koʻp guruhli (terma) poyezdlarning tuzilishini tugallashga sarflanadigan vaqt me’yorlarini aniqlash lozim. Tarkibni tortish yoʻllarida tarqatishga sarflanadigan vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi: bunda vagonlarni saralashga sarflanadigan vaqt, daqiqa; vagonlarni surishga sarflanadigan vaqt, daqiqa. Tortuv yoʻlidan vagonlarni saralashga sarflanadigan texnologik vaqt quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi: , bunda A va B – me’yoriy koeffitsiyentlar boʻlib, ular saralash usuli, tortuv yoʻli va strelka zonasining nishabligi hamda manyovr lokomotivining turiga bogʻliq va u daqiqalarda oʻlchanadi; mc – tarkibdagi vagonlar soni; 63 qo – qabul qilinayotgan tarkibdagi uzilmalarning oʻrtacha soni (topshiriqning 17 punktiga mos ravishda). Q=12 , Vagonlarning yigʻilish yoʻlida vagonlar orasidagi oraliqlarni toʻldirish uchun qoʻshimcha vaqt quyidagi ifoda orqali hisoblanadi: bunda 0,06 – bitta vagonni surish uchun sarflanadigan lokomotiv-daqiqalarni hisobga oluvchi oʻrtacha koeffitsiyent. Tarkibni tortish yoʻllarida tarqatishga sarflanadigan vaqt Kurs loyiha ishida vagonlarni saralash teplovoz yordamida turtki usuli boʻyicha amalga oshiriladi, tortuv yoʻlining nishabligi 6 punktda berilgan. Bir guruhli tarkibning (uchastka yoki oʻtib ketuvchi poyezdning) tuzilishini tugallashga sarflanadigan vaqt sarfi quyidagi ifoda orqali hisoblanadi: daqiqa bunda ТПТЭ - TFQ talablari boʻyicha vagonlarni tahlash bilan bogʻliq jarayonlarni bajarishga sarflanadigan texnologik vaqt; Tподт – tortuv yoʻli tomonidan saralash parki yoʻllaridagi oraliq boʻshliqlarni bartaraf etish uchun vagonlarni tortib chiqish.
Ushbu vaqt quyidagi formula orqali aniqlanadi:
ТПТЭ = В + Е∙ mc, daqiqa ТПТЭ = 3.04+ 0,19∙ 63=15.01 , daqiqa bunda В, Е – tuzilayotgan tarkibning bitta vagoniga toʻgʻri keladigan vagonlarni uzish (po) boʻyicha amallarning oʻrtacha soniga bogʻliq boʻlgan me’yoriy koeffitsiyentlar. Vagonlarni uzish boʻyicha jarayonlarning oʻrtacha soni topshiriqning 11 punktida berilgan boʻlib, В hamda Е koeffitsiyentlari ilovaning 2-jadvalida keltirilgan. daqiqa. daqiqa. bunda 0,08 – bitta vagonni tortib chiqishga sarflanadigan lokomotiv-daqiqalarni hisobga oluvchi koeffitsiyent. daqiqa Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling