1. Berilgan birliklardan faqat bog’lovchilar ko’rsatilgan javobni toping. A uchun, singari, hamda b faqat, hamda, chunki


Download 14.39 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi14.39 Kb.
#1287243
Bog'liq
MAJBURIY BLOK


MAJBURIY BLOK (Ona tili)
1. Berilgan birliklardan faqat bog’lovchilar ko’rsatilgan javobni toping.
A) uchun, singari, hamda B) faqat, hamda, chunki C) xuddi, chunki, haqida D) agar, hamda, ammo
2. Qaysi gapda tinish belgilarini qo’llash qoidalariga amal qilingan?
A) Hozir Humoyunning fil yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda.
B) Asli qiyofangni ko’rsatishdan qo’rqishing, demak, o’zingdan nafratlanishingni bildiradi.
C) Qaysi ishni qilmoqchi bo’lsang eng avvalo, o’z ko’ngling bilan kengashib ko’rgin.
D) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o’sha cho’qqida quchganman zafar.
3. Qaysi gapda fe’l turkumiga oid so’z imloviy jihatdan xato yozilgan?
A) Shovilladi tun bo’yi shamol, Qaldiroqlar ko’chdi larzakor.
B) Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mard-u maydonlaring bor.
C) Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar – Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor.
D) Qayinbarglar yopib qaro ko’zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
4. Qaysi javobda “zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to’g’risidagi fan” ma’nosini beruvchi atama berilgan?
A) menejment B) menejer C) monitoring D) strategiya
5. Lekin men bu gapnio hech kimga aytmagan edim.
Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan?
A) 3 B) 1 C) 2 D) 4
6. Qaysi javobda “igna ustida o’tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan?
A)shoshib qolmoq B)gumonsiramoq
C)bezovta bo’lmoq D)og’riqni his etmoq
7. Qaysi javobda teng bog’lovchi yordamida bog’langan qo’shma gap berilgan?
A)Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging?
B)Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi.
C)Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narsani boshqalarga ham ravo ko’rma.
D)Xalqni qo’rqitgan emas, balki dardiga sherik bo’lgan odam marddir.
8. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so’z ishtirok etgan?
A)Mevasini ko’tarolmagan shox qarsillab sindi.
B)Yomg’irli kunlar tez-tez iliq kunlar bilan almashinib turadi.
C)Bu yerda qattiq a’yoz kunlar kam bo’ladi.
D)Shahar ko’chalarida, bog’larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi.
9. Berilgan qaysi fe’llar qatorining oldidan tushum kelishigi shaklidagi so’zlarni qo’llash mumkin?
A)olmoq, sezmoq, tuymoq B)kelmoq, bermoq, uzmoq
C)yurmoq, bormoq, jilmaymoq D)topmoq, cho’zmoq, zo’raymoq
10. Qaysi gapda ega ishtirok etgan?
A)Yomonda or bo’lmas, Yaxshi xor bo’lmas.
B)Yomonni tanqid qil, Yaxshiga – taqlid.
C)Arqog’ini ko’rib bo’zini ol, Onasini ko’rib – qizini.
D)Avval o’ylash kerak, so’ngra soz’lash kerak.
Tuzuvchi: SH O N
Download 14.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling