6-mavzu: Ta’mirlash bo’yicha ishlar hajmini hisoblash metodlari va texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha ishlar hajmini hisoblash va taqsimlash


Download 133.5 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1085660
  1   2   3
Bog'liq
6-ma\'ruza


6-MAVZU: Ish rejimi va vaqt fovdi; ta’mirlash bo’yicha ishlar hajmini hisoblash metodlari va texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha ishlar hajmini hisoblash va taqsimlash


Reja:

1. Texnik xizmat ko`rsatish, joriy ta`mirlash va yordamchi ishlarning yillik ish hajmimini hamda ishchilar sonini hisoblash


2. Mehnat sarfi me`yorlarini tanlash va berilgan sharoit uchun to’g’rilash.
3. TXK va JT mehnat xajmini ishlarning turi va bajarilish joyi bo’yicha taqsimlash.

ATK bo’yicha umumiy ish hajmi TXK, JT va yordamchi ishlar hajmidan tashkil topadi. KXK, TXK-1, TXK-2, MXK bo’yicha yillik mehnat hajmi shu turdagi xizmat ko’rsatishning yillik sonini har qaysisining ish hajmiga ko’paytirish orqali aniqlanadi.


JT bo’yicha yillik ish hajmi avtosaroy avtomobillarining yillik yurgan yo’lining har 1000 km ga to’g’ri kelgan JT solishtirma ish hajmiga ko’paytirish orqali aniqlanadi.

Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mir ishlarining me’yoriy hajmini tanlash
ATK bo’yicha TXK va JT me'yoriy ish hajmi «O'zbekiston Rcspublikasi avtomobil transporti harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’miriash to’g’risida Nizom» ga (1999 yil) asosan yoki Nizomda avtomobil rusumi keltirilmagan bo’lsa, qaysi turkumga kirishiga qarab yoki avtomobil ishiab chiqargan zavodning tavsiyasi O’z R avtomobil va daryo transporti agentligi, Respublika davlat standarti yoki boshqa tashkilot tomonidan sifatining me’yoriy talabiarga mosligi haqidagi xulosasiga asosan tanlab olinadi.
Istiqboliy avtomobillar uchun korxonalar loyihalashda 10-jadvalda keltirilgan «Texnologik loyihalash umumittifoq me’yorlari TLUM-01-91» dagi TXK va JT ish hajmi me’yorlaridan foydalaniladi.
Yillik ish hajmini aniqlashda loyihalanayotgan ATK uchun TXK va JT sh hajmi me’yorlari tanlab olinib, ular muayyan sharoit uchun koeffitsiyentlar yordamida to’g’rilanadi.
Respublika ATKlarida ishlatilayotgan ko’pchilik avtomobillaring TXK va MT ish hajmi me’yorlari 1-jadvaIlarda keltirilgan. Ular quyidagi sharoitlarga mos:
I - ishlatish sharoiti I toifa (K1= 1,0);
II - asosiy (bazaviy) avtomobil (K2= 1,0);
II - Respublikanmg issiq, quruq iqlimiy kichik tumani;
IV - tajovuzkor bo’lmagan atrof-muhit (K3= 1,0):
Avtomobilning yurgan yo’li mukammal ta’mirgacha yuriladigan yo’l me’yorining 50...75% ni tashkil etadi (K4= 1,0);
ATKdagi avtomobillar soni — 200...300. texnologik mos almashuvlar soni 3, (K5= 1.0).


Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling