10-mavzu: Transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash korxonasining yillik ish faoliyatini aniqlash
Download 122 Kb.
|
10-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATK bo’yicha umumiy ish hajmi
- Yillik ish hajmini aniqlash
- Yillik ish hajmini hisoblash.
- TXK va JT kunlik mehnat sig’imini hisoblash.
- Yillik yordamchi ish xajmini hisoblash
- Nazorat savollari
10-mavzu: Transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash korxonasining yillik ish faoliyatini aniqlash Reja: ATK bo’yicha umumiy ish hajmi Yillik ish hajmini aniqlash TXK va JT kunlik mehnat sig’imini hisoblash Yillik yordamchi ish xajmini hisoblash ATK bo’yicha umumiy ish hajmi TXK, JT va yordamchi ishlar hajmidan tashkil topadi. KXK, TXK-1, TXK-2, MXK bo’yicha yillik mehnat hajmi shu turdagi xizmat ko’rsatishning yillik sonini har qaysisining ish hajmiga ko’paytirish orqali aniqlanadi. JT bo’yicha yillik ish hajmi avtosaroy avtomobillarining yillik yurgan yo’lining har 1000 km ga to’g’ri kelgan JT solishtirma ish hajmiga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mir ishlarining me’yoriy hajmini tanlash ATK bo’yicha TXK va JT me'yoriy ish hajmi «O'zbekiston Rcspublikasi avtomobil transporti harakat larkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’miriash to’g’risida Nizom» ga (1999 yil) asosan yoki Nizomda avtomobil rusumi keltirilmagan bo’lsa, qaysi turkumga kirishiga qarab yoki avtomobil ishiab chiqargan zavodning tavsiyasi O’z R avtomobil va daryo transporti agentligi, Respublika davlat standarti yoki boshqa tashkilot tomonidan sifatining me’yoriy talabiarga mosligi haqidagi xulosasiga asosan tanlab olinadi. Istiqboliy avtomobillar uchun korxonalar loyihalashda 10-jadvalda keltirilgan «Texnologik loyihalash umumittifoq me’yorlari TLUM-01-91» dagi TXK va JT ish hajmi me’yorlaridan foydalaniladi. Yillik ish hajmini aniqlashda loyihalanayotgan ATK uchun TXK va JT sh hajmi me’yorlari tanlab olinib, ular muayyan sharoit uchun koeffitsiyentlar yordamida to’g’rilanadi. Respublika ATKlarida ishlatilayotgan ko’pchilik avtomobillaring TXK va MT ish hajmi me’yorlari 15, 16-jadvaIlarda keltirilgan. Ular quyidagi sharoitlarga mos: ishlatish sharoiti I toifa (K1= 1,0); asosiy (bazaviy) avtomobil (K2= 1,0); Respublikanmg issiq, quruq iqlimiy kichik tumani; IV tajovuzkor bo’lmagan atrof-muhit (K3= 1,0): avtomobilning yurgan yo’li mukammal ta’mirgacha yuriladigan yo’l me’yorining 50...75% ni tashkil etadi (K4= 1,0); ATKdagi avtomobillar soni — 200...300. texnologik mos almashuvlar soni 3, (K5= 1.0). 15-jadval. H ATK bo’yicha umumiy ish hajmi TXK, JT va yordamchi ishlar hajmidan tashkil topadi. KXK, TXK-1, TXK-2, MXK bo’yicha yillik mehnat hajmi shu turdagi xizmat ko’rsatishning yillik sonini har qavsisining ish hajmiga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Yillik ish hajmini hisoblash. a) KX bo’yicha yillik mehnat xajmi Tkxy =Nkxy ∙tkx, o-s b) I — TXK bo’yicha yillik mehnat xajmi T1y =N1y ∙t1, o-s v) 2 — TXK bo’yicha yillik mehnat xajmi T2y =N2y ∙t2, o-s g) MX bo’yicha yillik mehnat xajmi Tmx=Nmx-tmx, o-s d) JT bo’yicha yillik mehnat xajmi Tjy=(Ly∙As/1000) tjt, o-s TXK va JT kunlik mehnat sig’imini hisoblash. a) KX bo’yicha kunlik mehnat xajmi Tkxk = Tkxy / Dty, o-s b) I — TXK bo’yicha kunlik mehnat xajmi T1x=T1y/Dty, o-s v) 2 — TXK bo’yicha kunlik mehnat xajmi T2k = T2y/Dty, o-s r) MX ko’rsatish bo’yicha kunlik mehnat xajmi Tmxk = Tmxy / Dmx, o-s Yillik yordamchi ish xajmini hisoblash Yordamchi ishlarning yillik xajmi ATK dagi TXK va JT bo’yicha yillik ish xajmining 20-30% ni tashkil etadi. Mayda ATK uchun katta qiymatlar va katta ATK uchun qiymatlar qabul qilinadi. Tyord.y=0,2... 0,3 (Tkxy + T1y + T2y + Tmxy + Tjty), o-s ATKda yordamchi ishlar ikkiga bo’linadi: -ATKni o’ziga hizmat ko’rsatish ishlari; -xo’jalik ishlari. a) ATK ni o’ziga hizmat ko’rsatish ishlarining yillik xajmi. Tuz.x.y=Tyordy *dyzx, o-c bu yerda:dx.u=0.4...0.5 ATKdagi o’ziga hizmat ko’rsatish ishlarining ulushi (12). b) Xo’jalik ishlarining yillik ish xajmi. Txiy=Tyordy*d, o-s (65) bu yerda: dxu =0.5...0.6-xo’jalik ishlarining ulushi (12). Katta ATKlarda o’ziga hizmat qilish ishlarini bosh mexanika bo’limining ishchilari bajaradi. Yordamchi ishlarni ish turlari bo’yicha taqsimoti 12-mavzuning 7- ilovasida keltirilgan. Nazorat savollari 1. ATK bo’yicha umumiy ish hajmi 2. Yillik ish hajmini aniqlash 3. TXK va JT kunlik mehnat sig’imini hisoblash 4. Yillik yordamchi ish xajmini hisoblash Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling