Urdu tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 203-guruh


Download 21.81 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi21.81 Kb.
#1306404
Bog'liq
Mavzu


UrDU tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya yo’nalishi 203-guruh
talabasi Sa’dullayeva Dilnozaning
O’simliklar fiziologiyasi fanidan
Mustaqil ishi.

Mavzu: Hujayraning kimyoviy tarkibi. Asosiy zaxira moddalar va ularning moddalar almashinuvidagi vazifasi.



Reja:
1.Hujayraning paydo bo’lish tarixi.
2.Hujayraning kimyoviy tarkibi.
3.Anorganik va organik moddalar

Hujayra nazariyasi - barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri boʻlib, unga binoan hujayra bakteriyalar , zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra nazatiyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi Ch.Darvinning evolyutsion taʼlimoti va energiyaning oʻzgarishi qonuni bilan bir qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir. Hujayralarning kashf etilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tarixan bir davrga toʻgʻri kelmaydi. Oʻsimlik hujayrasi tuzilishini dastlab tirik oʻsimlik poyasi va poʻkaklardan tayyorlangan kesmada ingliz olimi Robert Guk oʻzi yasagan mikroskop orqali kuzatgan va tadqiqot xulosalarini "Mikrografiya" nomli asa-rida bayon etgan (1665). Ingliz bota-nigi N.Gryu hujayra qobigʻi xuddi mato (gazlama)ga oʻxshash tolalardan tashkil topganligini taxmin qilgan. 18-asr falsafiy gʻoyalar taʼsirida fanda tirik tabiatning birligi haqidagi fikrlar paydo boʻla boshladi. K.Volf oʻsimlik va hayvonlarning tuzilishidagi qandaydir umumiylikni aniklashga harakat qildi. Uning "hujayra", "donachalar" va "pu-fakchalar" kabi tushunchalari, shuningdek, nemis olimi L.Okenning organizmlar "pufakchalar" yoki "infuzoriyalar" dan tashkil topgan , degan fikrlari fanda hujayra nazariyasi toʻgʻrisidagi dastlabki tushunchalar boʻlgan. 19-asr boshlarida oʻsimliklarni mikroskop yordamida oʻrganish borasida erishilgan yutuqlar tufayli hujayra — oʻsimlik moddalari umumiy massasining boʻshliq qismi emas, balki oʻz qobigʻiga ega boʻlgan va birbiridan ajralib turadigan strukturaviy tuzilma ekanligi aniqlandi. 19-asrning 30-yillari oxirida oʻsimliklarning deyarli barcha organlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi aniklandi va nemis olimi F.Meyenning "Botanika" (1830) kitobida hujayra oʻsimlik toʻqimalarining umumiy tuzilish birligi sifatida eʼtirof etildi. Lekin shundan keyin ham hujayra bu bir boʻshliq, asosiy qismini qobiq tashkil qiladi; uning ichidagi narsalar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi toʻgʻrisidagi tushuncha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Oʻsimlik hujayrasi yadrosi ingliz olimi R.Braun tomonidan kashf etilgan (1831), ammo nemis olimi M.Shleyden yadroni hujayrani hosil qiluvchi yaʼni sitoblast deb hisoblagan. Shleyden taʼbiricha donador substansiyadan yadrocha hosil boʻlib, uning atrofida esa hujayra vujudga keladi; keyinchalik hujayraning hosil boʻlishi jarayonida yadro yoʻq boʻlib ketadi. 19-asrning 2-choragi boshlarida chex olimi Ya.Pur-kine maktabining tadqiqotlari hayvon organizmi toʻqimalarining mikroskopik tuzilishi boʻyicha juda koʻp maʼlumotlar berdi. Lekin Ya.Purkine oʻzining "donachalar nazariyasi"da "donachalar" (u hujayrani shunday deb atagan edi), yadro va boshqa qismlardan tashkil topganligini yozadi. Hujayra nazariyasini rasmiylashtirishda T.Shvann (1839) xizmatlari juda katta. U oʻzi olgan maʼlumotlar, Shleyden va Ya. Purkine maktabi va boshqa olimlarning tadqiqotlariga asoslanib, hujayra nazariyasini yaratdi oʻsimlik va hayvon toʻqimalari tuzilishini taqqoslab ular uchun umumiy hisoblangan hujayraviy tuzilish tamoyillarini koʻrsatib berdi. Ammo Shvann ham xuddi Shleyden singari hujayraning asosiy qismi uning poʻsti va hujayra strukturasiz shiradan hosil boʻladi, deb hisoblagan. Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi protoplazma va hujayra boʻlinishining kashf etilishi bilan bogʻliq. Nemis olimi R.Virxov (1958) "Hujayra patologiyasi" asarida hujayra nazariyasini patologik hodisalarga tatbiq etib, yadro hujayrada yetakchi ahamiyatga ega ekanligiga eʼtibor qaratdi va hujayraning boʻlinish yoʻli bilan koʻpayish tamoyilini (har bir hujayra hujayradan hosil boʻladi) asoslab berdi. 19-asrning 70—80 yillarida barcha hujayraviy tuzilishga ega boʻlgan organizmlar uchun universal hisoblangan hujayraning boʻlinish usuli. yaʼni mitoz, asr oxirida esa hujayra organoidlari kashf etiladi (https://muhaz.org/himoyaga-ruxsat-etiladi-tasviriy-sanat-kafedrasi-mudiri-b-m-qu.html); hujayra protoplazmaning oddiy yigʻindisi emasligi tan olinadi. Hujayraviy tuzilish haqidagi tushunchalar rivojlanishining dastlabki davrlaridanoq hujayra bilan organizmning bir butunligi haqidagi muammo paydo boʻlgan. Bu muammoning yechimi 2 yoʻnalishda rivojlandi. mexanistik tushunchalarga koʻra individning hayot faoliyati oʻz vazifasini bajaruvchi hujayralar yigʻindisidan iborat. Vitalistik konsepsiya nuqtai nazaridan esa organizmning maqsadga muvofiq yashashi sifat jihatidan oʻzgacha ("yaxlitlik qismlarning yigʻindisiga teng emas") va "hayotiy kuch" ga bogʻliq deb tushuntirilgan. Hujayraning mitotik boʻlinishini, hujayra organoidlarining kashf etilishi, keyinchalik esa biokimyo va molekulyar biologiyaning rivojlanishi tufayli hujayraning strukturasi va funksiyasi tirik tabiat iyerarxiyasida hujayraviy pogʻonaning mavjudligi haqidagi tushunchalarning shakllanishiga olib keldi. Zamonaviy Hujayra nazariyasi koʻp hujayrali organizmlarni muayyan vazifani bajaradigan va bir-biriga taʼsir koʻrsatib turadigan hujayralardan tashkil topgan murakkab, integ-ratsiyalashgan sistema sifatida eʼti-rof etadi. Organizm qancha murakkab tuzilgan boʻlsa, uning bir butunligi shuncha aniq namoyon boʻladi. Hujayraning asosiy strukturaviy elementlari shakllangan yadroga ega boʻlgan eukariot organizmlar hamda yadrosiz prokariotlar uchun ham tegishli. Mustaqil hayot kechirishga moslashmagan hujayra parazitlari hisoblangan viruslarning mavjudligi tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi universal ekanligini koʻrsatadi. Tirik organizmlar hujayraviy tuzilishining mushtarakligi hujayralarning kimyoviy tarkibi va metabolitik jarayonlarning oʻxshashligi bilan ham tasdiqlanadi. Nuklein kislotalar va oqsillar kabi muhim hayotiy komponentlar, ularning hosil boʻlishi va almashinib turishi barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal xarakterga ega. Keyingi 150 yildan ortiqroq davr mobaynida hujayrani oʻrganish yanada chuqurlashib bordi. Hujayradagi barcha asosiy organoidlarning maʼlum vazifani bajarishga moslashganligi aniqlandi; elektron mikroskop yordamida hujayraning yanada nozikroq boʻlgan ultrastrukturalari oʻrganildi; ularning molekulyar tuzilishi ochib berildi.Organik va noorganik dunyo atom va molekulalardan tashkil topib tarkibi boyicha bir-biridan katta farq qilmaydi. Tiriklik oz molekulalarini sintezlashda atomlarni noorganik dunyodan oladi. Osimlik va hayvonlar organizmlari tarkibida D.I.Mendeleyev davriy jadvalidagi elementlarning 70 tasi aniqlangan. Jadvaldagi elemetlardan kislorod, uglerod, vodorod, azot, kalsiy, fosfor, kaliy, oltingugurt, xlor, natriy, magniy, rux, temir, mis, yod, molibden, kobalt va selenlar hujayra tarkibida har doim uchrab, ular ferment, gormon, vitaminlar sintezi uchun zarur hisoblanadi. Miqdoriy jihatdan kimyoviy elementlar turli xil organizmda turlicha boladi. Hujayrada uchraydigan kimyoviy elementlarni asosan tort guruhga ajratish mumkin:
Makrobiogenli elementlar: kislorod, uglerod, azot, vodorod; ularning miqdori organizmda 1% va undan ortiq boladi.
2. Oligobiogenli elementlar; ularning miqdori 0,1 dan 1% atrofida bolib, ularga kalsiy, xlor, fosfor, kaliy, oltingugurt, magniy, temirlar kiradi.
3. Mikrobiogenli elementlar: ularning miqdori 0,01% dan kam bolib, ular sink, marganets, kobalt, mis, brom, yod, molibdenlardir.
4. Ultramikrobiogenli elementlar: ularning organizmdagi miqdori 0,000001% dan oshmagan ularga litiy, kremniy, kadmiy, selin, titan, vanadiy, xrom, nikel, kumush, oltinlar kiradi.
Ultramikrobiogenli elementlarning hayotiy jarayonlarda biologik ahamiyati aniqlangan, ayrimlari esa hali aniqlanmagan. Atrof-muhitning ifloslanishi ayrim kimyoviy elementlarning organizmda akkumulyatsiyaga olib kelishi mumkin. Organizmning asosiy qismini, ya'ni 98 – 99 % ini vodorod, kislorod, azot va fosfor tashkil etadi. Ushbu elementlarning aksariyati qoshbog hosil qilishi atomlar hajmining ihchamligi, ulardan hosil bolgan molekulalarning oziga xosligi va atomlararo masofaning nisbatan qisqaligi bilan farq qiladi. Mazkur xossalari tufayli ular biokimyo metabolizmida yetakchi orin egallaydi. Fosfor va oltingugurt atomlari yana qoshimcha energetik vazifani ham bajaradi.Barcha biologik moddalarni sodda va murakkab tuzilishiga qarab joylashtirsak, ular hujayrada muayyan pogonali strukturani tashkil qiladi. Hujayra komponentlarining birinchi pogonasida kichik molekulali birikmalar tashkil qilib, ularga suv, karbonat angidrid, molekulyar kislorod ,azot, noorganik ionlar va qator kimyoviy elementlar kiradi. Ikkinchi orinda orta komponentli kimyoviy birikmalar tashkil qilib, ularning asosini ammiak, organik kislotalar, ularning hosilalari, karbamilfosfat, riboza va boshqalar tashkil etadi. Birinchi va ikkinchi pogonali birikmalardan hayotiy jarayonlarda biologik monomerlar, ulardan esa biopolimerlar va bolak makromolekulalar hosil boladi. Organizmdagi monomer makromolekulalar orasidan joy olgan birikmalarga vitaminlar va kofermentlar kirib, ularning molekulyar massasi monomerlarga yaqin bolib, biopolimerlar uchun qurilish materiali sifatida ishtirok etmaydilar.Biopolimerlar va yuqori massali molekulalar ozaro bir-birlari bilan boglanib, murakkab makromolekulalarni (lipoprotein, nukleoprotein, glikoprotein, glikolipid va boshqalar) hosil qiladi. Sodda va murakkab makromolekulalarning ozaro boglanishidan molekulyarli strukturalar, ular esa yuqori (multienzim) bolgan tizimlarni tashkil qiladi. Нujayra tarkibining navbatdagi pogonasi uning organoidlari (mitoxondriya, yadro, ribosoma, lizosomalar va hokazolar) hisoblanadi. Organoidlar tizimi esa hujayrani tashkil qiladi.Tirik organizm tarkibidagi molekulalarning ierarxik holatini muxtasar ravishda ko`rib chiqamiz.Hujayra asosan protoplazmadan , ya’ni yadro hamda sitoplazmadan iborat. Ularda umumiy uxshashlik bo’lsada, o’simlik yoki xayvon umuman tirik organizmlarda bo’lmasin, o’zining tuzilishi va barcha xususiyatlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. O’zining tuzilishi va shakli bajaradigan vazifasiga bo’liq bo’ladi, kelib chiqishi, morfologiyasi, kimyoviy tarkibi bilan xam farqlanadi. Mikroskop ostida hujayrani tekshirib ko’rsak, unda bir necha tarkibiy kismlar: organoidlar, kiritmalar va boshqalarni aniqlaymiz. Ular tarkibida turli mikdorda xar xil iturdagi elementlar va ularning birikmalari, suv, tuzlar, eritmalar, organik moddalr bor. Ular moddalar almashinuvida turli fiziologik prosesslarda muxim axamiyatga ega. Anorganik tarkib xam hujayra xayotida muxim axamiyatga ega.Umuman olganda, hujayra tarkibida Mendeleev jadvalidagi 110 elementdan 60 tasi borligi aniqlangan. Jumladan: O(65-70), N(8-10), S(15-18), N(1.5-0.4), K(0.15-0.4), R(0.02-1.0), Se(0.05-0.10), Md(0.02-0.3), Na(0.02-0.3),Sa(0.04-2.0), Fe (0.01-0.15). shuningdek, turli xildagi mikroelementlar: Md, Fe, Si va boshqalardan umumiy miqdori taxminan 0.01% ni tashkil qiladi. Ular hujayra tarkibida 40 dan ortik sonda uchraydi. Malumki, xar bir o’simlik va xayvon organizmi, o’zining maxsus biologik xususiyatlariga ega bo’lib, tashki muxit bilan chambarchas bo’liq xolda ularda modda almashinuvi prosessi bo’lib turadi. Shu bilan birga ular o’zining normal xayoti uchun organizmga kerak bo’lgan moddalarni tanlab uzlashtiradi. Binobarin tabiatdagi tirik organizmlar xayoti jarayonida barcha kimyoviy moddalar turli mikdorda sarflanadi va xar xil vazifani bajaradi. Bu moddalar asosan mikroelementlar xisoblanadi, tirik organizmlartarkibiy kismini deyarli 99.9%ni tashkil qiladi. Ular asosan 20ga yakin, ya’ni: C, O, H, P, Ca, Mg, Na, Fe, lardan iborat. Organizmda mikroelementlar deyarli 0.1% ni tashkil etadi. Ular asosan Si, Co, Mg, P, Mo, Ba, U, A. V, Fe, F va boshqa moddalardan iborat.
Mikroelementlarning organizmda mikdori oz bo’lgani uchun axamiyat oz deyish mutlaqo notug’ri. Ulardan tirik organizmlar uchun xayotiy axamiyatga ega. Masalan: buqoq bezida, rak to’qimalarida va hakazolarda bo’ladi.Umuman tirik moddalardan tarkibini xar tomonlama aniqlash xaligacha nixoyasiga etgani yuk. Lekin shu narsa aniqki xar bir organizmni tashkil etuvchi moddalar tashqi muxitni o’zlashtirgan xolda undan tarkibiy kismini tashkil qiladi, shu bilan birga o’ziga xos
yangi xossalarga ega bo’lib, o’zgarishlarga uchraydi. Tirik moddalarda yuz
beradigan kimyoviy prosesslar jadval va qat’iy tartib asosida boradi.Umuma
olganda ulardan asosiy kismini suv bilan mineral tuzlar tashkil qiladi. Hujayradagi
suv natriy konsentrasiyasi bilan bo’liq. Suv hujayradagi muxim erituvchi bo’lishi
bilan bir katorda modda almashinuvi kalloid sistemani tashkil qilishda dispers
muxit sifatida uning roli katta. Suv xar xil hujayralarda turli mikdorda bo’ladi,
urtacha hujayra 80—90 ogirligini tashkil qiladi. Odam va xayvon embrioni
hujayrasidagi suv mikdori uning 95% ogirligiga tug’ri keladi. Urta yoshli
odamlarda esa 80%, kari kishilarda 60% ga tengdir. Miya hujayrasidagi suv 85%
bo’lsa, moy hujayrasida urtacha 40% atrofida.Umuman, hujayra tarkibida suvning
ko’p bo’lishi uning normal faoliyatiga muxim sharoit yaratadi. Aniqlanishicha, suv
modda almashinuvi prosessini jadal kechishida aktiv ishtirok etadi. Olimlarning
kuzatuvicha, inson tanasida ogirligiga nisbatan 20% suvning yukotishi uning
ulimiga olib keladi. Suv hujayrada yuz beradigan turli kimyoviy reaksiyalarda.
Barcha prosesslarda ishtirok etadi. Jumladan, suv, oqsil, moy va uglevodlarning
parchalanishida hamda organizmda issoklikning tarkalishida va hujayraga singishida katta rol o’ynaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Genkel P.A. Fiziologiya resteniy. M. 1975 g
2.Lebedov S.I. Fiziologiya resteniy. M. 1988 g
3.Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y
4.Xujayev J.X O’simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mehnat” 2004
Download 21.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling