Davolash muassasasining ichki tartib qoidalariga amal qiling
Download 14.37 Kb.
|
Eslatma
HURMATLI BEMORLAR! Bugungi kunda Siz sog’ligingizni tiklash maqsadida ushbu davolash muassasasiga davolanar ekansiz,sizdan quyidagilarga amal qilishingizni so’raymiz. . Davolash muassasasining ichki tartib qoidalariga amal qiling. . Davo muolajalarini faqatgina davolovchi vrach tavsiyasiga asosan oling. . Muolajalar uchun ishlatiladigan barcha tibbiy anjomlar sizning ko’z o’ngingizda ochilishi va ishlatilishini nazorat qiling. . Imkon qadar barcha muolajalarni aloxida ajratilgan muolaja xonalarida oling va sizga tavsiya etilgan va qo’llanilayotgan har qanday dori vositalari haqida tibbiy xodimdan to’liq ma’lumot oling. . Sizga tavsiya etilgan barcha dori vositalari yangi,ochilmagan bo’lishini nazorat qiling,boshqa bemordan qolgan ochilgan dorilarni qabul qilmang.Shuningdek bitta ampula (flakon) da qolgan dorini o’zingiz va farzandingizga ishlatmang. . Muolajalar davomida ortiqcha harakat qilmang,har qanday nojo’ya harakat tibbiy xodimlarga tibbiy jihozlar (shpris,igna va H.k) bilan jarohat yetkazishi (igna sanchilib ketishi,kesib ketish holler va H.k) mumkin. . Muolajalar davomida ishlatilgan paxtali tamponlarni to’g’ri kelgan joylarga tashlamang,ular muolaja xonasida tashkil qilingan maxsus idishlarda zararsizlantiradi va yo’qotiladi. . Muolaja jarayonida kiyimingiz,choyshab va sochiqlaringiz qon bilan ifloslansa albatta tibbiy xodimlarga murojaat qiling,ularni talab darajasida zararsizlantiradilar. . Ishlatilgan shpris va ignalarni qayta ishlatmang bolalarga o’yinchoq sifatida qo’llariga bermang va tumbochkangizda saqlamang,ularni zudlik bilan muolaja o’tkazgan tibbiy xodim olib ketishi va zararsizlantirib yo’qotishi lozim. . Sizning sog’ligingizni tiklanishiga foyda bermaydigan ortiqcha mushak va tomir ichiga o’tkaziladigan dorilardan voz keching,faqatgina davolovchi vrach tavsiyalariga rioya qiling. Download 14.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling