DORI VOSITALARI VA YORDAMCHI MODDALARGA QO’YILGAN TALABLAR
Dori vositalari samaradorligi ularning dori shakliga bogʼliq. Shuning uchun ham dori shakllariga quyidagi talablar qoʼyiladi:
-
davolash usuli bilan dori shakli oʼzaro mutanosib boʼlishi;
-
dori moddasini aynin shu dori shaklida yuqori biosamaradorlikka ega boʼlishi;
-
maqsadga muvofiq boʼlgan farmakokinetikani namoyon qilishi;
-
dori moddalarini yordamchi moddalar tarkibida teng taqsimlanishi;
-
aniq dozalarga boʼlinishi;
-
saqlash jarayonida yuqori turgʼunlikni namoyon qilishi;
-
mikroblar kontaminatsiyasi va ularning meʼyorlariga toʼgʼri kelishi;
-
kerak boʼlganda konservatsiyalash imkoniyatlari mavjud boʼlishi;
-
qabul qilishdagi qulay boʼlishi;
-
dori moddasining noxush taʼmi va hidini yoʼqotish imkonini boʼlishi;
-
ixcham va qulay boʼlish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |