Apellatsiya


Download 1.24 Mb.
Sana23.10.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1717367
Bog'liq
Презентация (2)

Apellatsiya

Apellatsiya o’zi Nima?

  • Apellyatsiya (lot. Appellatio — murojaat qilish; shikoyat qilish; norozilik bildirish) — sud hukmi ustidan shikoyat arizasi berishning bir shakli.
  • Masalan: qonunchilikka ko‘ra Test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan Abituriyentlar Apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Arizalarni qabul qilish Sanasi qachon?

  • Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 5-sentabr kuni 09:00 dan boshlab apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi. Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar 10 kunda davomida onlayn qabul qilinadi.

Ariza berish tartibi

Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan abituriyent dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

Agar abituriyent haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

  • Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi

Apellatsiyaning taqdim etish jarayonlari

  • Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.
  • Apellatsiya shikoyati k'rilayotgan abituriyentga using javoblar varaqasi nusxasi,test topshiriqlari noto'g’ri Bajarilgan Javoblar ro'yxati hamda Test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
  • Taqdim etilgan hujjatlar Asosida abituriyent o’zining Har bir noto’g’ri Deb hisoblagan test topshirig’iga Javoblari yozma ravished bayon qiladi Va qabul qilib olingan barsha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyalariga taqdim etiladi

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish apellatsiya komissiyasi tomonidan 2021-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko’rib chiqiladi.

Abituriyentning yozma javoblari o’z tasdig’ini topmagan bo’lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o’zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Abituriyent murojaat qilganda unga apellatsiya shikoyati bo’yicha qabul qilingan qarordan ko’chirma beriladi.

Ariza qachon ko’rib chiqilmaydi

Abituriyentning javoblar varaqasi test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo’lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o’zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko’rib chiqilmaydi.

Apellatsiya komissiyasining qarori bo’yicha ma’lumot O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish boyicha Davlat komissiyasiga apellatsiya shikoyatlarini ko’rib chiqish to’iq yakunlanganidan so’ng, besh ish kuni ichida taqdim etiladi.

Apellatsiya komissiyasining qarori bo’yicha ma’lumot O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish boyicha Davlat komissiyasiga apellatsiya shikoyatlarini ko’rib chiqish to’iq yakunlanganidan so’ng, besh ish kuni ichida taqdim etiladi.

  • Apellatsiya komissiyasining qarori O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so’ng kuchga kiradi.

E'tiboringiz uchun rahmat❤️

Bajardi: Abdumajtova Diyora Abdumalikovna


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling