Mavzu: ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarda birinchi yordam ko‘rsatish yopiq va ochiq shikastlanishlar va ularda birinchi yordam ko‘rsatish reja


Paylarning cho‘zilishi va uzilishi, birinchi tibbiy yordam


Download 21.96 Kb.
bet2/5
Sana04.05.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1423906
1   2   3   4   5
Bog'liq
Мавзу 5. 1 ISHLAB CHIQARISHDAGI SHIKASTLANISHLARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH

Paylarning cho‘zilishi va uzilishi, birinchi tibbiy yordam.
Paylarning cho‘zilishi tashqi kuch ta’sirida to‘qimalarning haddan tashqari zo‘riqishi natijasida ro‘y beradi. Tashqi kuch ta’sirida bo‘g‘im yuzalari vaqtincha fiziologik me’yordan chiqqan holda bir-biridan uzoqlashadi va bunda bo‘g‘im xaltasi va uni ushlab turuvchi pay va muskullar zararlanmaydi. Ko‘pincha boldir-tovon bo‘g‘imi paylari cho‘ziladi. Paylar cho‘zilganda ularning anatomik butunligi buzilmaydi, qon tomirlar uzilishi mumkin. Natijada bo‘g‘im atrofida shish va aseptik yallig‘lanish ro‘y byeradi. Dastlabki vaqtlarda qon quyilishi bilinmasligi mumkin, keyinchalik esa tqq ko‘kimtir dog‘lar paydo bo‘ladi. Bo‘g‘im harakati yo‘qolmasa ham, harakat vaqtida og‘riqni zo‘rayishi harakatni chegaralaydi.
Birinchi tibbiy yordam xuddi lat eyishdagiga o‘xshash bo‘lib, qon quyilishini kamaytirish maqsadida dastlab (muz xaltasi, sovuq jismlar, sovuq kompress) bosiladi. Uchinchi kundan boshlab, iliq muolajalarga o‘tiladi. Bemor tinch yotgan holatda oyoqlari ko‘tarilgan bo‘lib, siqib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi. Ko‘rilgan choralar taxminan 10 kunlardan keyin bemor yurishiga imkon yaratadi. Mushak, pay va boylamlarning uzilishi to‘satdan bo‘ladigan keskin harakat natijasida ro‘y beradi. Muskul, pay va boylamlarning uzilishi qisman yoki to‘liq bo‘lishi mumkin, boylamlar suyak to‘qimasining bo‘laklari bilan uzilib ketishi ham mumkin. Muskul, pay va boylamlarning uzilish belgilari engil, o‘rta darajada va og‘ir formada namoyon bo‘lishi mumkin. Hamma darajaga xos bo‘lgan umumiy belgilar: boylam va paylarning suyakka birikkan joyida va muskulning uzilgan joyida kuchli og‘riqni bo‘lishi;bo‘g‘imni o‘rab turgan to‘qimalarga qon quyilishi, yoki bo‘g‘im bo‘shlig‘iga qon quyilishi (gemartroz) oqibatida shikastlanish joyi atrofida gematoma va shish paydo bo‘lishi;bo‘g‘im qo‘lyoki oyoq harakati funksiyasini buzilishi, shikastlangan muskulning funktsiyasini buzilishi. Ko‘pincha bloksimon bo‘g‘imlarning (boldir-tovon, tizza,bilak-panja) kamroq sharsimon bo‘g‘imlarning boylamlari zararlanadi.

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling